1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Tarozining hikoyasi

15:00 / 09.05.2025 1924 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Avvalo oʻzimni tanishtirsam. Kamina doim xizmatingizga shay tarozi boʻlaman. Biz tarozilar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islomni olib kelgunlaricha ham odamzod boshiga tushgan koʻpgina voqealarga guvoh boʻlganmiz. Halokatli bu hodisalarning sababini ham ozmi-koʻpmi bilamiz. Qaysiki yurtda ikki narsa – tarozi va oʻlchovga xiyonat qilish koʻpaysa, shu yurtning boshiga balo-yu qazo yogʻilgan. Hatto ba’zi qavmlar yer yuzidan tamoman yoʻq boʻlib ketgan. Hammasi odamlar bir-birini aldab, ulugʻ hakam – Alloh koʻrib turishini unutib qoʻyishining orqasidan boʻladi. Shuning uchun ham Nabiy sollallohu alayhi vasallam oʻlchov va tarozi egalariga: «Zimmangizga oʻzingizdan oldin oʻtgan ummatlarning halokatiga sabab boʻlgan ikki narsa yuklatildi», deganlar. Ikki narsaning biri kamina – tarozi, ikkinchisi oʻlchov narsasidir.

Bir kuni bunday boʻldi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkaning bozoridan oʻzlariga kiyim sotib oldilar. Shundoqqina roʻparalarida kamina turgan edim. Mening egam tarozibonlik qilar, shu bilan yuk egalaridan haq olib kun kechirardi. Hazrati Paygʻambarimiz uning oldiga keldilar-da: «Tort va ogʻirroq qil», dedilar.

Men bu barokatli, muborak soʻzlarni eshitib, yayrab ketdim. Qaniydi shunday boʻlsa? Kamina hamisha xaridorlarning yuz-koʻzlaridan sotib olayotgan narsasi bir chimdim boʻlsa ham koʻproq tortilishini istayotganini koʻrib turardim. Ayni paytda mol egasining bir chimdim boʻlsa ham kamroq tortilishini, tarozi oʻzining foydasiga ishlashini xohlayotganini ham payqardim. Mol egasining bunaqa qurumsoqligi menga yoqmas edi. Mana endi Paygʻambarimiz: «Tort va ogʻirroq qil», dedilarmi, u zotning aytganlarini qilish kerak. Qani, mening sohibim nima qilar ekan deb qarab turibman. U yuk egasidan:

– Ogʻirroq qilib tortib bersam maylimi, – deb soʻradi.

– Yoʻq, – dedi u.

– Unda men yukingni tortib bermayman, boshqa tarozibonga olib bor, – dedi mening egam.

Sohibimning harakatidan boshim osmonga yetdi. U ishsiz qolmadi. Boshqa bir yuk egasi ogʻirroq tortib sotishga rozi boʻldi. Bu gap darrovda bozorga tarqadi. Xaridorlar yonimda toʻplanib qolishdi. Sohibimning qoʻli-qoʻliga tegmaydi, deng. Men barokatli taroziga aylanib qoldim.

Asta-sekin boshqa tarozibonlar ham mol egalari bilan kelishuvni yoʻq qilib, sohibimning yoʻlini tutishdi, Paygʻambarimiz hadislariga amal qilishdi. Bozorlarimizga nur va baraka toʻlib ketdi.

Aytmoqchimanki, aziz bolajonlar, siz ham ulgʻayasiz, bozorlarga meva-cheva, Alloh bergan rizqlar, don-dunlar olib kelasiz. Oʻlchab sotiladigan matolar va boshqa narsalar bilan mashgʻul boʻlasiz. Ziqna boʻlmang, saxiy, qoʻlingiz ochiq boʻlsin. Topgan-tutganingizga baraka yogʻilishini oʻshanda koʻrasiz.

Erkin bobo

«Hilol» jurnali 6(63)-son

 

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Qadrli bolajonlar, bir kechakunduzda bir necha marta ovqatlanganimiz kabi uyqu ham kundalik zaruriy odatlarimizdandir. Uyqu sababli hordiq chiqaramiz, ko`zlarimiz va boshqa barcha aaposzolarimiz tiniqib dam oladi. Keling, endi baaposzi uyqu odoblarini o`rganamizImkon qadar xufton namozidan keyin давоми...

8582 15:10 / 22.05.2019
Ey, farzandXastani ziyorat qilish dinimizda juda muhim ibodat hisoblanadi. Xasta ziyoratiga borishingizda eshikka yaqinlashgach, yo`talib yoki tomoq qirib ichkaridagilarni tashrifdan ogoh qilish kerak. Iloji bo`lsa, xasta boshidagilar ziyoratchi ichkari kirmasidan, uning kimligini bilishlari давоми...

5843 16:10 / 27.01.2019
ndash Assalomu alaykum, kaminani ovozimdan tanidingiz, shekillia Ha, ha, men Boriman, Bori Hayron bolmang, kamina ham Paygambarimiz Muhammad alayhissalom haqlarida hikoya qilish niyatidaman. Siz .Qadimda bir Bori bolgan ekan. U qoy boqib, choponlik qilgan ekan,, degan hikoyani eshitganmisiz Osha давоми...

3564 11:00 / 06.08.2023
davomi4Hayit kuni keldi. Odamlar xursand bo`ldilar. Odamlar hayitga chiqishdi, bolalar ham chiqishdi. Ibrohimning otasi ham chiqdi. Ibrohimning otasi Ibrohimga Biz bilan chiqmaysanmirdquo dedi. Ibrohim Men kasalmanrdquo, dedi. Odamlar ketdilar, Ibrohim esa uyda qoldi. Ibrohim butlarning oldiga давоми...

5034 18:36 / 07.10.2018
Аудиолар

223608 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142545 14:35 / 11.08.2021