1447 йил 10 шаъбон | 2026 йил 29 январь, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sigir voqeasi

15:00 / 02.01.2023 5545 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Muso alayhissalom Allohga duo qildi. Pok Parvardigor Bani Isrol qavmiga bir sigir so‘yishni vahiy orqali buyurdi. Xuddi mana shu yerda masala chigallashdi. Bani Isroil yana masxaraomuz savollarini boshlagandi.

«Eslang! Muso o‘z qavmiga:

- «Alloh bir sigir so‘yishlaringni buyurdi, deganda ular:

- «Ustimizdan kulyapsanmi?» –dedilar.

Muso dedi:

- «Unday johillardan bo‘lib qolishdan Alloh panoh

berishini so‘rayman».

Yana savol jo‘natib: Ular dedilar:

- «Parvardigoringga duo qil, uning qandayligini bayon qilsin».

(Muso dedi):

- «U zotning aytishicha, u qari ham, yosh g‘unajin ham bo‘lmagan o‘rta bir sigirdir. Endi farmonni ado etinglar».

Ular shu yerda ham to‘xtashmadi. Endi sigirning rangini surishtira boshlashdi.

Ular dedilar:

- «Parvardigoringga duo qil. Uning rangini bayon qilsin».

(Muso) aytdi:

- «U zotning aytishicha, u ochiq-mallarang sigir bo‘lib, ko‘rganlarning ko‘ngli chog‘ bo‘ladi».

Hech qanday savol topa olmaganlaridan keyin umumiy qilib yana bir marta so‘rashdi:

Ular aytdilar:

- «Parvardigoringa duo qil, uning qandayligini bayon qilsin, bu mol bizga ishtibohli bo‘lib qoldi. Inshaalloh, endi yo‘limizni topib olamiz».

(Muso) aytdi:

- «U zotning aytishicha, u shunday bir sigirki, xor bo‘lib yer haydamaydi, u bilan (suv tashib) ekin sug‘ormaydilar, aybu nuqsonsiz, unda o‘z rangidan boshqa rang-bo‘yoq yo‘q».

Ular bu gal muvofiq bo‘ldilar. Chunki ular: «Inshaalloh endi yo‘limizni topib olamiz», deb aytishgan edi. Bas yo‘lni topishdi.

Lekin Bani Isroil so‘rayverib, o‘ziga-o‘zi og‘ir qilib qo‘ygandi. Agar ular to‘g‘ri kelgan bir sigirni so‘yganlarida ham kifoya qilgan bo‘lardi.

O‘zlari qattiq olganidan keyin, Alloh ham ularga qattiq qilib qo‘ydi. Bani Isroil aytilgan ochiq-mallarang sigir, ko‘rganlarning ko‘ngli chog‘ bo‘ladigan yer haydamaydigan, u bilan (suv tashib) ekin sug‘orilmaydigan, aybu nuqsonsiz, unda o‘z rangidan boshqa rang-bo‘yoq yo‘q sigirni uzoq qidirdi. Chunki yuqoridagi sifatlarga ega bo‘lgan sigir juda ham kam uchrardi.

Sigir yo qari yoki yosh bo‘lar edi. Bir sigir o‘rta yoshli bo‘lsada ochiq mallarang bo‘lmas edi. Yana biri o‘rta yoshli va mallarang bo‘lsada lekin ko‘zni quvontirmas edi. Yana biri o‘rta yoshli va mallarang va ko‘zni quvontiradigan bo‘lsada lekin u yer haydardi.

Va yana biri o‘rta yoshli va mallarang va ko‘zni quvontiradigan va yer haydamaydigan bo‘lsada lekin u ekinlarga suv tashirdi. Qidiraverdilar, qidiraverdilar. Nihoyat surishtiraverishning oqibatini tushundilar. U nima? Rangi qanday? U qanaqa? Kabi savollarni beraverib charchashdi.

Alloh taolo bir yetimning baxtini ochdi. Vahiyda ta’riflangan sigir faqat mana shu yetimda bor edi. Bani Isroil sigirni juda qimmat pulga sotib oldilar.

«Bas, uni so‘ydilar. Sal bo‘lmasa, qilmasdilar»

Alloh taolo o‘ldirilgan kishini sigirning bir bo‘lak go‘shti bilan urishni buyurdi. Shunda o‘lik tirilib qotilining nomini aytadi.

Xuddi shunday bo‘ldi....

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Yaaposqub alayhissalom o`z o`g`illari bilan Kanaposondan Misrga ko`chdilar. Chunki, uning o`g`li Yusuf alayhissalom Misrda hokimlik qilib, buyruq va qaytariqlar uning izmida edi. Ular Kanaposonda qo`y boqib, echki sog`ib, jun sotib tirikchilik qilishardi. Misrda esa Yusufning xizmatkorlari ham давоми...

3066 15:00 / 20.06.2021
Avvalo ozimni tanishtirsam. Kamina doim xizmatingizga shay tarozi bolaman. Biz tarozilar Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islomni olib kelgunlaricha ham odamzod boshiga tushgan kopgina voqealarga guvoh bolganmiz. Halokatli bu hodisalarning sababini ham ozmikopmi bilamiz. Qaysiki yurtda ikki давоми...

1949 15:00 / 09.05.2025
Hud qavmi ichida turib, daaposvat qilgan holda .Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q,, Aaposrof surasi, 65oyat dedi. Qanday qilib, yaratgan zotga ibodat qilmay, toshlarga ibodat qilasizlar Ey qavmim Bu toshlarni sizlar kechagina yasagan bo`lsangiz va bugun давоми...

3410 15:00 / 09.01.2021
Ey, farzandAlloh Xoliqi Zul Jalol avval aqlni yaratdi. Bu haqda Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.Alloh aqlni yaratib, uni nur ichiga qo`ydi. Ilmni aqlning taniga kiydirdi. Fahm sezgini aqlning joniga berdi. Zuhd va taqvoni unga joylashtirdi. Ixlosni yuziga berdi. Xasislik давоми...

12115 18:01 / 25.11.2018
Аудиолар

225990 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

144821 14:35 / 11.08.2021