1447 йил 23 жумадис сони | 2025 йил 14 декабрь, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Kirsam maylimi?

14:40 / 01.04.2019 4574 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qadrli bolajonlar, bugun siz bilan birovning uyiga yoki xonasiga kirish uchun ruxsat so‘rashni o‘rganamiz. Siz kimningdir xonadoniga borganda kirish uchun, avvalo uy egasini chaqirish kerakligini bilasiz. Eshik ochiq bo‘lsa ham, ichkaridan uy egasini chaqirmasdan kirib ketish mumkin emas. Buni bilasiz-a? Ha, yaxshi, barokalloh! Birovning uyiga chaqirmasdan kirish u yoqda tursin, hatto ko‘z tashlash, «Ichkarida kim bor ekan?» deb qarab qo‘yish ham mumkin emas. Shuning uchun eshikni taqillatish yoki «Ichkariga kirsam maylimi?» deya uy egasini chaqirish kerak bo‘ladi.

Demak, eshik yopiq bo‘lsa ham, ochiq bo‘lsa ham, ichkariga qaramasdan eshikning ro‘parasida emas, balki uning o‘ng yoki chap tomonida turib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosasiz yoki eshikni uy egalari eshitadigan darajada taqillatasiz. Juda qattiq taqillatib, ularni cho‘chitib yubormaysiz. Lekin juda sekin taqillatsangiz ham, ichkaridagilar eshitmasligi mumkin. Istasangiz, eshikni taqillatmay, balandroq ovozda kerakli kishini chaqirishingiz mumkin. Qo‘ng‘iroqni chalib, eshikni taqillatib yoki ovoz chiqarib chaqirish uch marta bo‘ladi, undan ko‘p chaqirish odobsizlik hisoblanadi. Har bir chaqirishning orasida biroz kutib turasiz. Ichkaridan birov «Kim?» deb so‘rasa, ismingizni aytib, o‘zingizni tanishtirasiz. Mabodo, kirishga ruxsat bo‘lmasa, masalan, «Uyda hech kim yo‘q edi» kabi gaplar aytilsa yoki uch marta chaqirganingizda ham javob bo‘lmasa, indamay qaytib ketishingiz kerak, hatto eshik ochiq bo‘lsa ham, kirib ko‘rishingiz mumkin emas.

Xuddi shuningdek, o‘z uyingizda ham ota-onangiz yoki opa-ukalaringiz o‘tirgan yoki yotgan xonaga ruxsatsiz kirish kerak emas. Bunda ham, hozir aytilganidek, yo eshikni taqillatasiz, yo ovoz chiqarib chaqirasiz. Ruxsat berilsagina, kirasiz.

Bolajonlar, biror joyga kirish uchun ruxsat so‘rash nega buncha muhim ekan, deb o‘ylayapsizmi? Masalan, maktabda biror sinfxonaga ruxsat so‘ramay kirsangiz, darsga xalaqit qilishingiz mumkin. Yoki birovning xonadoniga yo o‘z uyingizda kimningdir xonasiga ruxsat so‘ramay kirsangiz, u yerdagilar kiyim almashtirayotgan bo‘lishi yoxud uxlash uchun yotgan bo‘lishi, yo bo‘lmasa, boshqa turli holatlarda turgan bo‘lishi mumkin. Shunda noqulay vaziyat yuzaga keladi. Mana shunday noxush yoki xijolatli holatlarning oldini olish uchun ruxsat so‘rab kirish kerak.

Yana bir gap – ruxsat so‘rasangiz ham, birovning uyiga yoki xonasiga istagan vaqtingizda boravermang. Masalan, namoz vaqtida, ovqatlanish vaqtida yo kech bo‘lib, uyquga yotish vaqti bo‘lganda bormagan ma’qul.

G‘iyosiddin Yusuf

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Fir`avn tug`yonga kelib g`aflat va qaysarligida qattiq turib olgach, Alloh taolo unga o`zini o`nglab olishi uchun tanbeh bermoqni iroda qildi. U zot bandalarining kofir holda yurishlariga aslo rozi bo`lmas Alloh taolo yer yuzida fasodning yoyilishini yaxshi ko`rmaydi. Fir`avn juda nodon podshoh давоми...

2603 11:00 / 01.08.2022
4 Ya`qubning Yusufga ruxsat berganidan inilari xursand bo`lishdi. Ular o`rmonga bordilar va Yusufni o`rmondagi quduqqa tashladilar. Kichik Yusufga ham, keksa Ya`qubga ham sira rahm qilmadilar. Yusuf kichkina bola edi, uning qalbi ham yosh edi. Quduq chuqur va qorong`i bo`lib, Yusuf yolg`iz o`zi давоми...

2828 16:10 / 14.03.2019
Solih tuyaning so`yib, o`ldirilganini bilgach, afsuslandi va juda xafa bo`ldi. Insonlarga qarata .Diyoringizda uch kun bahramand bo`lib turing. Bu yolg`on bo`lmagan vaaposdadir, Hud surasi, 65oyat dedi.Mana shu yurtda yer yuzida fitnafasod qo`zg`ab yuradigan to`qqizta buzg`unchi kimsa ham yashardi. давоми...

3060 14:53 / 12.06.2021
Odning yebichish, bekorchilik va o`yinkulgudan boshqa ishlari yo`q edi. Birbirlariga, baland qasrlar va keng uylarni qurishda maqtanishar edi. Ularning mollari suvda, loyda va toshlarda zoe bo`lib ketar edi. Biror bo`sh joy yoki baland yerni ko`rsalar, u yerga baland qasr qurardilar. Uylarni, xuddi давоми...

2687 15:00 / 26.12.2020
Аудиолар

213383 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

132602 14:35 / 11.08.2021