1447 йил 15 жумадис сони | 2025 йил 06 декабрь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sog‘liq ham, boylik ham Allohning sinovi

11:03 / 03.01.2019 9593 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Zuhd va taqvo sohibi bo‘lmoq kerak.

Yahyo ibn Muoz deydilarki:

«Zuhdning ma’nosi – dunyo (ziynati)ni tark etmoqdir».

Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Dunyo sevgisi barcha xatolarning boshidir. Dunyoni zohidlardan boshqasi tark etolmaydi!». Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Sevimli sahobalarim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Siz juda ko‘p sevadigan uch narsa borki, hech biri sizniki emas! Bular:

1. Jon (ruh)ni juda sevasiz, lekin jon – Alloh taoloning bir amridir.

2. Molni (mol-dunyoni) ko‘p sevasiz. Lekin mol – merosxo‘rlarnikidir.

3. Dunyoni ko‘p sevasiz. Holbuki, qisqa bir umr surib, dunyoni tashlab ketasiz!»

Ey, farzand!

Sog‘liq ham, boylik ham Allohning sinovi. Zotan, dunyo – imtihon, sinov maydoni.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga shunday dedilar:

«Ey, Abu Hurayra! Alloh taolodan boshqasiga umid bog‘lama. Unga tavakkul qil, Unga ishon, Unga suyan. Ne muroding bo‘lsa Undan ista, Undan so‘ra. Senga keladigan bir zararni yeru ko‘k ahli bir joyga to‘planib, o‘nglamoqqa kirishsalar ham o‘nglay olmas. Uning amri va iznisiz hech kim senga zarar va yomonlik qila olmas».

Allohning iznisiz hech kim moddiy, ma’naviy homiylik qilolmaydi. Ya’ni Alloh iroda etmaguncha, hech kim moddiy va ma’naviy jihatdan himoyasiga ololmaydi, hatto Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shafoati ham Allohning izniga tobe’dir.

Badandagi har vujud parchasining bir odobi bor.

Ko‘zning odobi – haromga qaramaslik.

Tilning odobi – haromni gapirmaslik.

Yolg‘on, g‘iybat behuda, bekorchi, befoyda, zararli so‘zlar haromga kiradi. Bu haqda ham Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallam ulug‘ so‘zlari bor:

«Foydasiz so‘zlarni so‘zlamagan kishining iymoni nurli bo‘ladi».

Quloqning odobi – haromni tinglamaslik. Eshitilganlardan yaxshi-yomonini ajratish, yaxshi bo‘lganini qabul qilib tinglash, yomonini tinglamaslikdir. Beixtiyor, tasodifan eshitgan so‘zlarga amal qilmaslik lozim.

Oyoqning odobi – haromga yurmaslik. Harom bo‘lgan joylarga bormaslikdir.

Me’daning odobi – harom yemaslik.

Kim shu a’zolarini haromlardan saqlasa, Alloh taolo o‘sha qulining barcha gunohlarini afv etadi. Aksincha harakat qilmagan kimsa o‘z falokati va halokatini o‘z qo‘li bilan hozirlagan bo‘ladi.

Ey, farzand!

Bu nasihatlarni tutsang, Alloh huzurida, payg‘ambarlar oldida, oxir zamon payg‘ambari Hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning yonlarida, avliyolar va barcha insonlar orasida yuzing yorug‘, oq, porloq va darajang yuksak bo‘ladi, Inshaalloh!

Мавзуга оид мақолалар
Alloh Od qavmiga bir elchi yuborishni xohladi. Albatta, Alloh bandalariga kufrni ravo ko`rmaydi va yerda buzuqlikni yoqtirmaydi. Od qavmi, yebichish, bekorchilik, o`yinkulgu va uylar qurishdan boshqa narsaga aqllarini ishlatmasdilar. Ularning aqllari, dinga ishlatmaganlari uchun buzilib ketdi. Od давоми...

5834 15:00 / 02.01.2021
23Yusuf Ya`qubni ko`rishga oshiqdi. Qanday ham oshiqmasin, axir ayriliq uzoq cho`zilgan edikuHozir nima uchun toqat qilsin, axir sir oshkor bo`lgankuQanday qilib ovqat va suv uning tomog`idan o`tsin, axir otasining ovqati, suvi, hatto uyqusida ham halovat yo`qkuSir ochilib bo`ldi. Sir aniq bo`ldi. давоми...

2323 21:00 / 27.06.2019
Qayerdaki uyjoy bolsa, bilingki, unga kiradigan eshigi bor. Hatto qadimda butun boshli shahar va qalalarning ham kirishchiqish darvozalari bolgan. Kerak paytda ochilgan, boshqa paytda yopilgan. Eshigi, darvozasi bolgandan keyin uning qulfi va kaliti ham boladida, togrimi Dunyoda nechta kalit давоми...

3128 15:27 / 27 январь
5Shayton .Ularga bo`lgan mahzunligingiz qanday, degan edi.Ular .Qattiq,, deyishdi.Shayton .Ularga ishtiyoqingiz qanday, degan edi.Ular .Buyuk,, deyishdi.Shayton .Nima uchun ularga har kuni nazar solmaysizlar, degan edi.Ular .Buning yo`li qanday axir ular o`lganku, dedi.Shayton .Ularni rasmlarini давоми...

3485 14:05 / 02.10.2019
Аудиолар

211023 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

130281 14:35 / 11.08.2021