1445 йил 24 шаввол | 2024 йил 03 май, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Haq va botil

13:00 / 27.02.2022 2917 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

«Muso ularga dedi: «Sizlar tashlaydigan narsangizni tashlangizlar».

«Bas (sehrgarlar) iplari va asolarini tashladilar va «Fir'avn izzatiga qasamki, albatta biz g‘oliblardirmiz», dedilar».

Shunda kishilar g‘alati narsaning guvohi bo‘ldilar. Maydonda ilonlar sudralib yurardi. Odamlar dahshatga tushdi. Hamma «Ilon, ilon» deya qichqirib o‘zini orqaga otdi.

Ayollar baqirdi, yosh bolalar yig‘ladi va maydonda “ilon, ilon”, degan qichqiriqlar baland bo‘ldi. Muso ham odamlar ko‘rayotgan narsani ko‘rib ajablanar edi. «(Ular qo‘llaridagi aso va iplarni tashlagan edilar) banogoh iplari va asolari sehr qilganlari sababli (Musoga) yurib ketayotgandek tuyuldi».

Musoning qalbiga qo‘rquv kirdi. Axir qanday qilib ham qo‘rqmasin?!

Bu kun yechim-sinov kunidir. Imtihon soatlarida kishi yo hurmat topadi va yo xorlanadi. Xudo ko‘rsatmasin, agar sehrgarlar g‘olib chiqsa-chi?! To‘satdan Muso mag‘lub bo‘lib qolsa-ya?! –Alloh bunga izn bermasin. Unda nima bo‘ladi?! Alloh asrasin!!!

Musoning g‘alabasi bir kishining g‘alabasi emas. Balki u podshoh Fir'avn ustidan qozongan g‘alabasidir. Balki botil oldidagi haqning g‘alabasidir. Mag‘lublikni Xudo ko‘rsatmasin va izn ham bermasin.

Lekin Alloh o‘z nabiysiga dalda berib: «Qo‘rqmagin. Albatta sen o‘zing g‘olib bo‘luvchisan. Qo‘lingdagi narsani (ya'ni asoyingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagan narsalari faqat bir sehrgarning makri-hiylasi xolos. Sehrgar esa qaerda bo‘lmasin zafar topmas».

Muso dedi: «(Mana shu) sizlar qilgan ish sehrdir. Albatta Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzg‘unchi kimsalarning ishini o‘nglamaydi. Va garchi jinoyatchi kimsalar istamasalar-da, Alloh o‘z so‘zlari (ya'ni amru farmonlari) bilan haqiqatni ro‘yobga chiqarur».

So‘ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u ularning uydirmalarini yuta boshladi. Bas, haqiqat qaror topdi, ularning qilgan harakatlari esa botil bo‘ldi».

Endi sehrgarlar dahshatga tushib, esankirab qolishdi:

- Bu nima o‘zi?! Sehr nimaligini, uning aslini va turlarini biz yaxshi bilamiz.

- Sehr qilishda bizning oldimizga tushadigani yo‘q! Biz shu sohaning ustozi va peshvolarimiz!

- Muso ko‘rsatgan narsa sehr emas!

- Sehr emas!

- Agar sehr bo‘lganida, biz ham unga qarshi sehr qilardik, sehrga sehr bilan javob berardik!

- Bizning hunarimiz uning oldida chilparchin bo‘ldi. Xuddi quyosh qarshisida namlik qurib bitganidek butkul yo‘qoldi.

- Bu qaerdan bo‘lishi mumkin?!

- Bu Alloh tomonidandir!

Sehrgarlar Muso alayhissalomning payg‘ambarligiga va Alloh tomonidan unga mo‘'jiza berilganiga to‘la amin bo‘ldilar. Hamda baqirgan va qichqirgan holda:

«Horun va Musoning Parvardigoriga iymon keltirdik», deyishdi.

«Sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga tashlanib«Barcha olamlarning Parvardigoriga – Muso va Horunning Parvardigoriga iymon keltirdik», dedilar».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

 

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Бир дугонам хабар ёзиб жўнатибди .Ҳақиқатдан ҳам болаларингга бақирмайсанми,Болаларимизга нега бақириб гапирмасликни ва уларга бақирмаслик учун бир неча давоми...

3662 10:40 / 20.07.2019
8Alloh insonlarga qattiq g`azab qilib, ularni laaposnatladi. Nima uchun Alloh insonlarga g`azab qilib, ularni laaposnatlamasin Ularni shuning uchun yaratganmi Shuning uchun ularga rizq berganmiAllohning yerida yurib, uning ustida Allohga kufr keltiradilarAlloh bergan rizqni yeb, Allohga shirk давоми...

4627 19:30 / 20.10.2019
Bani Isroil endi hayvoncha yashashdan odamlarcha yashashni boshladi. Ular cholda hur, erkin edilar. Endi bu qavm ilohiy bir shariatga muhtoj edi. Toki ular mana shu shariat bilan hukm qilsinlar, hayot yollarini yoritsinlar.Inson faqat ilohiy shariat va Robbisi nuri ostidagina insondek yashashi давоми...

2183 09:00 / 29.01.2023
Aziz bolajonlar Siz, albatta, bobobuvilaringizni, otaonangizni, akaopalaringizni, umuman, yoshi kattalarni hurmat qilish zarur ekanini bilasiz. Bu ishingiz tahsinga loyiq. Bu bilimingizga amal qilish esa ko`plab savob keltiradi.Musulmonlar o`z otaonalariga hurmat ko`rsatish borasida hammaga давоми...

6886 11:00 / 05.02.2019
Аудиолар

120777 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42342 14:35 / 11.08.2021