1445 йил 23 шаввол | 2024 йил 02 май, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Shariat

09:00 / 29.01.2023 2180 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bani Isroil endi hayvoncha yashashdan odamlarcha yashashni boshladi. Ular choʻlda hur, erkin edilar. Endi bu qavm ilohiy bir shariatga muhtoj edi. Toki ular mana shu shariat bilan hukm qilsinlar, hayot yoʻllarini yoritsinlar.
Inson faqat ilohiy shariat va Robbisi nuri ostidagina insondek yashashi mumkin. Olam tim qora zulmat. Bu yerda Parvardigor tomonidan berilgan mashʼala zarur. U Paygʻambarlar qoʻlidagi mashʼaladir. Odamlar u sababli yoʻllarini topadilar. Kimda-kim mana shu nur ortidan ergashmas ekan, hayotda mudom koʻr tuyadek adashib yuradi. Ilohiy nurdan tashqarida turib toʻqilgan aqidalar bolalarga ermak boʻladigan xurofotlardan boshqa narsa emas. Siz mushriku kofirlar, turli adashgan kimsalar aqidalari, xurofotlari va afsonalarini eshitmaganmisiz? Ularning ilmi jaholat, taxmin va shubha-gumon asosiga qurilgan. «Ular faqat gumon-taxminga ergashurlar xolos. Aniq-ki, gumon haqiqatdan biron narsaning oʻrniga oʻtmas!».
Johiliy axloq bu isrof, qosirlik, haddan oshishlik va sustkashlikdir. Paygʻambarlar yoʻliga ergashmagan kimsalar oʻzgalar haq-huquqini bemalol hazm qilib yuborishganini koʻrmaganmisiz.
Ular havoi nafslariga ergashib oʻz chegaralaridan tashqariga chiqib ketishadi.
Hukm yurgizish, siyosat esa zulm, istibdod va kishilar moli-yu haq-huquqlarini toptashdan iborat boʻladi. Allohdan qoʻrqmaydigan, shariatga ergashmaydigan podshohlar oʻz fuqarolari qonini behuda toʻkishlari, haq-huquqlarini poymol etishlari, omonatlarga xiyonat qilishlarini nahot bilmasangiz?! Qancha-qancha kishilar qullik zanjiriga solindi. Insonlar guruh-guruhga ajratib yuborildi. Ayollar tirik qoldirilib erlar qilich tigʻidan oʻtkazildi. Siz birinchi va ikkinchi jahon urushlarida necha million insonning yostigʻi quritilganini bilasizmi?! Dunyo tim qora zulmat.
«(Ular) ustma-ust zulmatlardir. U oʻz qoʻlini chiqarib ( qarasa) koʻrishga yaqin boʻlmas. Kimga Alloh nuri (iymon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur boʻlmas».
Paygʻambarlar insonlarga qanday ibodat qilish kerakligini oʻrgatish bilan bir qatorda ularga oʻzaro muomala-munosabat haqida ham taʼlim bergan. Alloh taolo elchisi din odobidan ham, hayot odobidan ham taʼlim beruvchi muallimdir. U insonlarga barcha odoblarni – yeyish, ichish, oʻtirish, uxlash odoblarini oʻrgatadi. Goʻyo mehribon ota boʻlib oʻzining aziz jigarbandlariga pand-nasihat qiladi. Insonlar Paygʻambarlar qarshisida goʻdak maqomidа turadilar. Ular goʻdaklikda otalari tarbiyasiga qanchalik muhtoj boʻlgan boʻlsalar, ulgʻaygan chogʻlarida Paygʻambar tarbiyasiga shunchalik muhtojdirlar. Nubuvvat taʼlim-tarbiyasidan bebahra qolgan mana shu kimsalar yovvoyi holda oʻsgan daraxtga oʻxshaydilar.
Zero, parvarishsiz katta boʻlgan oʻsimlik qingʻir-qiyshiq, tikonli va yaroqsiz boʻlib oʻsadi.


Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Muso ulg`ayib kuchli yigit bo`lgach, Alloh taolo unga ilm va hikmat ato etdi.Muso zolimlardan nafratlanar, ularni xush ko`rmas edi. Barcha payg`ambarlar kabi mazlum, bechoralarni sevib, hamisha ularning yonini olib yuradi.Hamma o`yinkulgu bilan mashg`ul bo`lgan bir paytda Muso firaposavn shahriga давоми...

1401 14:00 / 17.10.2021
2Yusufning Binyamin ismli tug`ishgan ukasi bor edi. Ya`qub u ikkovini juda yaxshi ko`rar edi. Hech kimni ulardek yaxshi ko`rmas edi. Akalar esa Yusuf va Binyaminga hasad qilardilar va g`azab bilan Nega otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`pa ko`proq yaxshi ko`radi Nega otamiz Yusuf va Binyaminni давоми...

2787 12:10 / 03.03.2019
Bani Isroilga nisbatan Fir`avnning adovatini ko`rgan xalq ham Isroil farzandlariga zulmzo`ravonlik qilishda Fir`avnga yaqinlashdilar. Hatto yosh bolalar Isroil farzandlarini so`kar, mahalla itlari esa oldiga solib quvlar edi. Har kuni yangi bir balo, har kuni tashvishli bir xabar Bani Isroil давоми...

1902 14:00 / 27.06.2022
Alloh taolo aynan Firaposavn qo`rqib ogohlantirayotgan hodisaning amalga oshishini iroda qildi. Kelajakda Firaposavn mulkini yo`q qiladigan ana o`sha go`dak dunyoga keldi. Bani Isroilning Firaposavn qo`lidan ozod bo`lishiga, taqdir qilgan ana o`sha go`dak dunyoga keldi. Insonlarni insonlarga давоми...

2118 13:30 / 15.08.2021
Аудиолар

120738 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42302 14:35 / 11.08.2021