1445 йил 2 зулқаъда | 2024 йил 10 май, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Kirsam maylimi?

14:40 / 01.04.2019 3488 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qadrli bolajonlar, bugun siz bilan birovning uyiga yoki xonasiga kirish uchun ruxsat so‘rashni o‘rganamiz. Siz kimningdir xonadoniga borganda kirish uchun, avvalo uy egasini chaqirish kerakligini bilasiz. Eshik ochiq bo‘lsa ham, ichkaridan uy egasini chaqirmasdan kirib ketish mumkin emas. Buni bilasiz-a? Ha, yaxshi, barokalloh! Birovning uyiga chaqirmasdan kirish u yoqda tursin, hatto ko‘z tashlash, «Ichkarida kim bor ekan?» deb qarab qo‘yish ham mumkin emas. Shuning uchun eshikni taqillatish yoki «Ichkariga kirsam maylimi?» deya uy egasini chaqirish kerak bo‘ladi.

Demak, eshik yopiq bo‘lsa ham, ochiq bo‘lsa ham, ichkariga qaramasdan eshikning ro‘parasida emas, balki uning o‘ng yoki chap tomonida turib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosasiz yoki eshikni uy egalari eshitadigan darajada taqillatasiz. Juda qattiq taqillatib, ularni cho‘chitib yubormaysiz. Lekin juda sekin taqillatsangiz ham, ichkaridagilar eshitmasligi mumkin. Istasangiz, eshikni taqillatmay, balandroq ovozda kerakli kishini chaqirishingiz mumkin. Qo‘ng‘iroqni chalib, eshikni taqillatib yoki ovoz chiqarib chaqirish uch marta bo‘ladi, undan ko‘p chaqirish odobsizlik hisoblanadi. Har bir chaqirishning orasida biroz kutib turasiz. Ichkaridan birov «Kim?» deb so‘rasa, ismingizni aytib, o‘zingizni tanishtirasiz. Mabodo, kirishga ruxsat bo‘lmasa, masalan, «Uyda hech kim yo‘q edi» kabi gaplar aytilsa yoki uch marta chaqirganingizda ham javob bo‘lmasa, indamay qaytib ketishingiz kerak, hatto eshik ochiq bo‘lsa ham, kirib ko‘rishingiz mumkin emas.

Xuddi shuningdek, o‘z uyingizda ham ota-onangiz yoki opa-ukalaringiz o‘tirgan yoki yotgan xonaga ruxsatsiz kirish kerak emas. Bunda ham, hozir aytilganidek, yo eshikni taqillatasiz, yo ovoz chiqarib chaqirasiz. Ruxsat berilsagina, kirasiz.

Bolajonlar, biror joyga kirish uchun ruxsat so‘rash nega buncha muhim ekan, deb o‘ylayapsizmi? Masalan, maktabda biror sinfxonaga ruxsat so‘ramay kirsangiz, darsga xalaqit qilishingiz mumkin. Yoki birovning xonadoniga yo o‘z uyingizda kimningdir xonasiga ruxsat so‘ramay kirsangiz, u yerdagilar kiyim almashtirayotgan bo‘lishi yoxud uxlash uchun yotgan bo‘lishi, yo bo‘lmasa, boshqa turli holatlarda turgan bo‘lishi mumkin. Shunda noqulay vaziyat yuzaga keladi. Mana shunday noxush yoki xijolatli holatlarning oldini olish uchun ruxsat so‘rab kirish kerak.

Yana bir gap – ruxsat so‘rasangiz ham, birovning uyiga yoki xonasiga istagan vaqtingizda boravermang. Masalan, namoz vaqtida, ovqatlanish vaqtida yo kech bo‘lib, uyquga yotish vaqti bo‘lganda bormagan ma’qul.

G‘iyosiddin Yusuf

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandPayg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.Kim bir mo`min birodarini Alloh roziligi uchun ziyorat etib, qo`l ushlashib uch bora silkitib ko`rishsa, kuzgi daraxt barglari to`kilgandek, har ikkovining gunohlari to`kiladi,.Yana bir hadisi shariflarida Rasululloh sollallohu давоми...

4092 15:03 / 05.11.2018
Fir`avn tug`yonga kelib g`aflat va qaysarligida qattiq turib olgach, Alloh taolo unga o`zini o`nglab olishi uchun tanbeh bermoqni iroda qildi. U zot bandalarining kofir holda yurishlariga aslo rozi bo`lmas Alloh taolo yer yuzida fasodning yoyilishini yaxshi ko`rmaydi. Fir`avn juda nodon podshoh давоми...

1852 11:00 / 01.08.2022
Arab qabilalarining yetakchisi hisoblangan Quraysh qabilasining boshlig`i Abu Tolib ibn Abdulmuttolibning uyida odatdagidan boshqacharoq holat hukm surmoqda. U kishining bolalari Tolib, Aqiyl, Ja`far, qizlari Foxita va Jumonalar ham nimanidir hayajon bilan kutayotganga o`xshaydilar. Xonadon давоми...

13511 17:02 / 14.01.2019
Ey, farzandOvqatlanishdan oldin ikki qo`lni yuvish sunnat. Bunga beparvo bo`lmaslik kerak.Dasturxon yerga yozilgan bo`lsa, o`ng tizza tik tutilib, chap oyoqqa o`tiriladi. Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday qilgani rivoyat etilgan.Avval .Bismilloh, aytilib, ovqatlanish o`ng qo`l bilan давоми...

17171 14:10 / 31.01.2019
Аудиолар

121131 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42674 14:35 / 11.08.2021