1445 йил 2 зулқаъда | 2024 йил 10 май, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ovqatlanish odoblari

14:10 / 31.01.2019 17172 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Ovqatlanishdan oldin ikki qo‘lni yuvish sunnat. Bunga beparvo bo‘lmaslik kerak.

Dasturxon yerga yozilgan bo‘lsa, o‘ng tizza tik tutilib, chap oyoqqa o‘tiriladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday qilgani rivoyat etilgan.

Avval «Bismilloh» aytilib, ovqatlanish o‘ng qo‘l bilan boshlanadi.

Sahobayi ikromdan ba’zilari so‘rashdi:

«Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Bizga ovqatlanish duolarini o‘rgatsangiz».

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) marhamat etdilar:

«Biz qulmiz, qul kabi odob va arkon bilan ovqatlanishimiz kerak».

Dasturxonning hamma tomoniga uzanavermasdan, taomni oldidan, luqmani kichik olish odobdandir. Og‘izda luqma bo‘lsa, gapirmagan yaxshi. Boshqalarning luqmalariga qaramaslik, ko‘ngilni qoldiradigan harakatlar qilmaslik, qahqaha otib kulmaslik, og‘izni chapillatmaslik, burun qoqmaslik kerak. Bular yomon odat va gunohdir.

Ovqatlanib bo‘lgach, og‘iz va qo‘llarni yuvish sunnatdir. Bu sog‘liq uchun ham juda foydali.

Suv ichayotganda kishi bir nafasda emas, sekin-sekin uch bo‘lib ichish va ichishda, «Bismilloh» aytish kerak. Ichilayotgan suvga tuflamaslik, o‘tirib yoki tiz bukib ichmoq yaxshiroqdir.

Suvni terlab turganda va uyqudan uyg‘onar-uyg‘onmas darhol ichish to‘g‘ri emas. Bu avvalo odobga, so‘ng esa sog‘liqqa to‘g‘ri kelmaydi. Farzandning ota-onasiga, ustoziga, er-xotin bir-biriga, shogird va xalifaning ustasi va piriga suv berishida bir zarar yo‘q, aksincha bu odobdir. Duch kelgan, tasodifiy kishidan suv so‘rash to‘g‘ri emas.

"Ey, farzand!" kitobidan

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Bani Isroil Misrda ancha vaqt mushriklar bilan birga yashagan edi. Qibtiylar Misrda juda kop narsaga siginishlarini Bani Isroil oz kozlari bilan korardilar. Shu bois Isroil farzandlari astasekin shirkdan nafratlanmay qoydilar. Xuddi eski uy devorlaridan suv sizib kirganidek ular qalbiga ham shirk давоми...

1395 09:00 / 12.02.2023
Od qavmining kuchi, o`zlariga va insonlarga zararli bo`lib qoldi. Chunki ular, Allohga va oxirat kuniga ishonib, iymon keltirmadilar. Ularni nima zulmdan va dushmanchilikdan man qiladi Nima uchun insonlarga zulm qilmasinlarki, ular o`zlaridan yuqorida hech kimni kuchli deb ko`rmaydilar. Hisob давоми...

2260 15:00 / 19.12.2020
Ey, farzandTahorat ushatish uchun hojatxonaga borsang, .Bismilloh, deb chap oyog`ing bilan kir. O`tirganda old yoki orqa tarafing qiblaga to`g`ri kelib qolmasin, bunga e`tibor ber. Katta hojat va bavlingga qarama. Hojatxona ichida so`zlama. Ehtiyojing tugamasdan turib ketma, bitgach, uzoq o`tirib давоми...

18468 15:26 / 26.10.2018
Aziz bolajonlar, Payg`ambarimiz alayhissalomning naqadar bolajon bo`lganlarini bilasizmi Bu haqda sizga aytib berishganmi Keling, quyidagi hadisni birgalikda o`rganamiz. Shunda o`zimiz bilib olamiz Rasulimiz bolalarni qanchalar yaxshi ko`rganini.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat давоми...

3304 12:30 / 26.01.2019
Аудиолар

121144 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42683 14:35 / 11.08.2021