1445 йил 7 зулқаъда | 2024 йил 15 май, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Do‘stingni Alloh roziligi uchun ziyorat qil!

15:03 / 05.11.2018 4102 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

 Ey, farzand!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Kim bir mo‘min birodarini Alloh roziligi uchun ziyorat etib, qo‘l ushlashib uch bora silkitib ko‘rishsa, kuzgi daraxt barglari to‘kilgandek, har ikkovining gunohlari to‘kiladi».

Yana bir hadisi shariflarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar:

«Zarur holda mo‘min birodarining ziyoratidan uzoq bo‘lgan va jamoatni tark etgan Allohning rahmatidan ham uzoq qoladi».

«Kerak vaqtda mo‘min birodarining ziyoratida bo‘lmagan kishi meni ranjitgan bo‘ladi».

Hazrati Umar roziyallohu anhu marhamat etadilar:

Rasulullohdan sollallohu alayhi vasallam ziyoratga munosib vaqtlarni so‘radim. Menga shunday dedilar:

«Ey, Umar! Ertalab va asr vaqtlarida ziyoratda bo‘lmoqni menga Makkayi Mukarramadagi paytimda Jabroil alayhissalom o‘rgatdilar. Bir kun birodarini Alloh roziligi uchun ziyorat etgan kishi Hizr alayhissalomni ziyorat etgan kabidir».

Mo‘minlar bir-birini ziyorat etishlarining savob va fazilatlarini sanab ado qilib bo‘lmaydi.

Har xil bahonalar bilan ziyoratdan qochmaslik kerak. Chunki uch toifa inson Alloh taolo jamolini ko‘rmoqdan mahrum qoladi:

1. Tanbal kishilar.

2. Kibrlilar va xudbinlar.

3. Behuda, befoyda narsalar bilan o‘ralashuvchilar, sir saqlashni bilmaydigan ezma, vaysaqilar.

Ey, farzand!

Aslo musofaha (qo‘l ushlashib ko‘rishish)ni tark etma.

Janob Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida shunday marhamat etadilar:

«Uchrashgan mo‘min birodari bilan musofaha etmoq (qo‘l ushlashib ko‘rishmoq)dan qochgan (o‘zini tortgan) kishi bizdan emas».

Musofaha paytida marhumlarni, mo‘min-musulmonlarni duo qilish kerak. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga alohida salovat aytish lozim.

“Ey, farzand!” kitobidan

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
1 РамазонБугун уйда ажойиб бир ҳолат. Ҳамма жимгина ишига, ўқишига кетмоқда. Ойижоним .Зайнаб, келақол қизим, сенга нонушта тайёрлаб берай,, ndash деди. Ҳеч ким ҳеч давоми...

3106 15:00 / 23.05.2020
Baaposzilarning Solih alayhissalomga moyil bo`layotganini ko`rgan boybadavlat kimsalar o`zlarining boshliqliklaridan ajrab qolishdan qo`rqib, tipirchilab qolishdi. Ular dedilar.Bu sizga o`xshagan bashar, xolos. Siz yegan narsadan yeydi, siz ichgan narsadan ichadi. Agar o`zingizga o`xshagan basharga давоми...

2095 13:17 / 11.04.2021
Aziz bolajonlar, Payg`ambarimiz alayhissalomning naqadar bolajon bo`lganlarini bilasizmi Bu haqda sizga aytib berishganmi Keling, quyidagi hadisni birgalikda o`rganamiz. Shunda o`zimiz bilib olamiz Rasulimiz bolalarni qanchalar yaxshi ko`rganini.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat давоми...

3308 12:30 / 26.01.2019
Rivoyatga ko`ra, Hasan Bisriy hazratlari bir haj mavsumida ortida zambil bilan tavof etayotgan bir kishini ko`rdilarndash Orqangizdagi zambilni qo`yib, bemalolroq tavof etsangiz bo`lmaydimi ndashdedilar.ndash Orqamdagi zambil yuk emas, og`irligini men sezmayman. U otam bittasida onam давоми...

10359 15:35 / 10.01.2019
Аудиолар

121361 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42868 14:35 / 11.08.2021