1447 йил 9 шаъбон | 2026 йил 28 январь, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Jazo-uqubat

11:00 / 18.12.2022 2817 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Alloh taolo Musoga qavmining Somiriy sehri bilan fitnalanganini maʼlum qildi.
Muso gʻoyat xafa boʻlib, gʻazablanib qaytdi. U Alloh uchun qavmiga va ogʻasi Horunga gʻazab qildi. «(Muso qaytib kelgach) dedi:
- «Ey Horun, sen ularning yoʻldan ozganlarini koʻrgan paytingda mening ortimdan borishingdan (va menga bu haqda xabar berishingdan) seni nima toʻsdi?! Mening amrimga itoatsizlik qildingmi?!»
Horun uzr aytib:
«Men (agar buzoqqa sigʻinayotganlarni qoʻyib, yoʻldan ozmagan kishilar bilan sening ortingdan borsam) mening soʻzimni kutmay, Bani Isroilni boʻlib yuboribsan, deyishingdan qoʻrqdim».
«Bu qavm meni xoʻrlab, oʻldirishlariga oz қолди».
(Muso) dedi:
- «Parvardigorim, meni va birodarimni oʻzing magʻfirat qilgaysan va bizni oʻz rahmatingga dohil qilgaysan. Oʻzing rahm qilguvchilarning rahmlirogʻisan».
Soʻng Muso Somiriyga yuzlandi:
- Ey Somiriy! Bu nima qilganing?!
Somiriy oʻz gunohiga iqror boʻlib:
«Menga nafsim ana shunday qilishni chiroyli koʻrsatdi», dedi. (Muso) dedi:
- «Bas yoʻqol! Endi sen uchun hayotda «Menga tegmanglar», deyishgina bordir, (yaʼni umringning oxirigacha yakkamoxov boʻlib qolursan)».
Muso uni shunday yakkamoxov qilish bilan jazoladi.
Endi Somiriy to ajali yetgunicha vahshiy hayvonday odamlardan yiroqda bir oʻzi yuradi va bir oʻzi yashaydi. U ulfat boʻlmaydi va unga ulfat ham boʻlinmaydi.
Inson uchun bundan ham qattiq jazo bormi dunyoda?!!
Minglab kishilarni shirk balchigʻi ila bulgʻatgan kimsadan hazar qilmoq lozimdir. Alloh bilan bandalari oʻrtasini ajratmoqchi boʻlgan kimsa yakkamoxov qilinmogʻi shart.
Alloh yerida turib unga oʻzgalarni sherik qilishga chaqirgan gunohkor kimsa uchun butun yer yuzi zindon boʻlmogʻi kerak.
Muso Somiriy yasagan laʼnati buzoqqa qarab, uni oʻtda yondirib, soʻng kulini dengizga sochib yuborishni buyurdi. Bani Isroil oʻzlariga maʼbuda boʻlgan buzoqning oxir-oqibat bir hovuch kul ekanini hamda zaifligiyu, ojizligini koʻrdilar.
Muso Bani Isroilga qarab xitob қилди:
«Qavmim, sizlar buzoqqa ibodat qilish bilan oʻzingizga zulm qildingiz. Endi oʻzingizni (bir-biringizni) oʻldirish bilan sizni bor qilguvchi zotga tavba qilasiz. Bor qilguvchi zot nazdida mana shu ( qatl) sizlar uchun xayrliroqdir».
Buzoqqa sigʻinmagan kishilar buzoqqa sigʻinib ketganlarni qatl qildilar. Alloh taolo ular tavbasini mana shunday qabul etdi.
Alloh taolo dedi:
«Shubhasiz, buzoqni («xudo» qilib) ushlagan kimsalarga Parvardigorlari tarafidan gʻazab va hayoti dunyoda xorzorlik yetar. (Alloh shaʼniga) yolgʻon toʻquvchi kimsalarni mana shunday jazolaymiz».
Buzoqqa qul boʻlgan kimsalarning holi, shuningdek, mushriklarning holi to qiyomatga qadar mana shunday boʻladi.


Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Assalom alaykum, men ham Allohning haq Paygambari Muhammad alayhissalom haqlarida sizlarga hikoya qilib bermoqchiman. Avvalo ozimni tanishtiray, men Xandaqman. Ba`zilar meni bilmasligi mumkin. Biz xandaqlar qadimda juda mashhur bolganmiz. Kattakatta shaharlar va qal`alar atrofini dushmanlardan давоми...

2714 14:58 / 24.10.2023
davomi10 Shaharda juda katta va juda zolim podshoh bor edi. Odamlar o`sha podshohga sajda qilardilar. Podshoh eshitdiki, Ibrohim a.s. Allohga sajda qiladilar va Undan boshqa hech bir zotga sajda qilmaydilar. Podshoh bundan g`azablandi va Ibrohim a.s.ni chaqirishni buyurdi. Ibrohim a.s. uning oldiga давоми...

8391 15:16 / 12.10.2018
Bani Isroil Misrda ancha vaqt mushriklar bilan birga yashagan edi. Qibtiylar Misrda juda kop narsaga siginishlarini Bani Isroil oz kozlari bilan korardilar. Shu bois Isroil farzandlari astasekin shirkdan nafratlanmay qoydilar. Xuddi eski uy devorlaridan suv sizib kirganidek ular qalbiga ham shirk давоми...

2585 19:00 / 10.12.2022
Imom G`azzoliy haqlarida bir necha so`zHujjatul islom Imom G`azzoliy hazratlari bir necha asrlarda bir keladigan buyuk islom mutafakkirlaridan biri sanaladi. Hijriy 450 m.1058 yilda Eronning Xuroson viloyati, Tus shahrida dunyoga kelib, hijriy 505 m. 1111 yilda shu yerda vafot etganlar. Hayratda давоми...

7744 17:39 / 22.10.2018
Аудиолар

225873 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

144708 14:35 / 11.08.2021