1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Fir’avn xonadonidagi mo‘min kishi

17:00 / 10.04.2022 5771 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Fir’avn Muso alayhissalomni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. «(Shunda) Fir’avn xonadonidan bo‘lgan, o‘zining iymonini yashirib yuradigan bir mo‘min kishi o‘rnidan turib dedi:

«Bir kishini «mening Parvardigorim Allohdir, degani uchun o‘ldirurmisizlar?!» holbuki u sizlarga Parvardigoringiz tomonidan aniq hujjatlar keltirgandir».

Fir’avn oilasidagi to‘g‘ri yo‘ldagi kishi:

- Nima uchun Musoga qarshi chiqyapsiz, unga ozorlar berayapsiz?! Agar iymon keltirmasangizlar ham, mayli, uni tinch qo‘yinglar. Indamanglar, o‘z yo‘lida ketaversin.

«Agar u yolg‘onchi bo‘lsa, yolg‘oni o‘z bo‘yniga».

Agar unga ozor berib, ayblayversangiz-u, u nabiy bo‘lsa unda holingizga voy bo‘ladi. Bordiyu rostgo‘ylardan bo‘lsa va’da qilayotgan (azoblardan) ayrimlari yetib qoladi-ku!

- Aziz og‘alarim! Bu kun siz molu mulkingiz, kuch-quvvatingiz va behisob qo‘shinlaringiz bilan mag‘rurlanib, aldanib qolmangiz.

«Ey qavmim, bugun-ku mulku davlat sizlarniki, mana shu yerda g‘olibsizlar. Endi agar Allohning azobi kelar bo‘lsa kim bizlarga (undan najot topishimiz uchun) yordam berur?!».

Fir’avn javob berib aytdi; «Men sizlarga faqat o‘zim ra’y qilayotgan narsani (ya’ni Musoni o‘ldirishni) maslahatlarinigina ko‘rsaturman va men sizlarni faqat to‘g‘ri yo‘lga yetaklarman».

To‘g‘ri yo‘ldagi kishi qavmini zolimlarning oqibati naqadar yomon bo‘lishini aytib ogohlantirmoqchi bo‘ldi.

To‘g‘ri yo‘ldagi kishi dedi: «Ey qavmim haqiqatan men sizlarning ustingizga ham xuddi Nuh qavmi, Od, Samud(qabilalari) va ulardan keyingi (kufr yo‘lini tutgan) kimsalarning ishi tushib qolishidan qo‘rqurman.

Holbuki, Alloh o‘z bandalariga zulm qilishni istamas (ya’ni Alloh o‘sha firqalarni halok qilishi bilan ularga zulm qilgani yo‘q, balki ular o‘zlarini kufru tug‘yonlari sababli halokatga mustaqiq bo‘ldilar)»

To‘g‘ri yo‘ldagi kishi ularni dahshatli qiyomat kuni bilan qo‘rqitardi.

U Qiyomat kun qanday kun bo‘lishini bilasizmi?!

«U kunda kishi o‘z og‘a-inisidan ham, onasi va otasidan ham, xotinu bola-chaqasidan ham qochur! (Chunki) ulardan har bir kishi uchun u kunda o‘ziga yetarli tashvish bo‘lur».

«Do‘stlar u kunda bir-birlariga dushmandir. Magar taqvo egalarigina (bunday emaslar)».

«U kunda ular o‘rtasida nasablar bo‘lmas va (ular) birbirlaridan so‘ramaslar».

U kunda barcha narsaning egasi, yakka-yu yagona podshoh nido qilur:

«Bu kun mulk-egalik kimniki?!

«Yagona va Qahhor Allohnikidir».

U kunda odamlar dahshat ichida qoladi. Insonlar dod-voy solib bir-birlarini yordamga chaqiradilar, o‘zlaricha do‘zax azobidan qochib qutulmoqchi bo‘ladilar. Lekin, Alloh azobidan asrab-to‘sib qolguvchi biron panoh topilmas!

To‘g‘ri yo‘ldagi kishi: «Ey qavmim, haqiqatan men sizlar haqingizda (kishilar bir-birlariga) nido qilib qoladigan kundan (ya’ni qiyomat kunida do‘zax azobiga duchor bo‘lib, dod-voy qilib qolishingizdan) qo‘rqurman».

«U kunda sizlar (jahannam dahshatlaridan) yuz o‘girib qochursizlar, (ammo) sizlar uchun Alloh(ning azobidan) saqlovchi-to‘suvchi bo‘lmas».

«Kimni Alloh yo‘ldan ozdirsa, bas uning uchun biron hidoyat qiluvchi bo‘lmas».

Alloh sizlarga ne’mat ato etganida, uning fazlini bilib, qadriga yetmadingiz. Qachon o‘sha ne’mat yo‘qolgan edi, afsusnadomat chekdingiz. Mana masalan Yusuf alayhissalom kelganida uni tan olmagan edingiz, qadriga yetmagan edingiz.

Lekin u dunyodan o‘tib ketgach, «Subhonalloh! Unaqa payg‘ambar, unaqa adolatli shoh, unaqa ulug‘ inson yo‘q edi», deya nadomat chekkansiz.

Sizlar «Endi Yusufdaqasi hech bo‘lmaydi. Yusufdaqasi hech kelmaydi», deb pushaymon qilgansiz.

«Darvoqe ilgari Yusuf sizlarga (o‘zining payg‘ambar ekanligini isbotlaydigan) aniq hujjatlar keltirganida ham, u sizlarga keltirgan narsalardan shubha-gumon qilib turib olgan edinglar. To qachon u halok bo‘lganida esa:

«(Endi Yusufdan) so‘ng Alloh hargiz payg‘ambar yubormas, dedinglar». Xuddi shuningdek, mana shu payg‘ambardan keyin ham afsusnadomat qilib qolasizlar.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
11Alloh, Nuhni oaposz qavmiga elchi qilib yuborishni xohladi. Qavmda boylar va boshliqlar bor edi, lekin Alloh oaposz risolati topshirigaposini bajarishga Nuhni tanladi. Ulardan birortasini tanlamadi. Alloh, Oaposz topshirigaposini kim koapostara olishini biladi. Alloh omonatini kim koapostara давоми...

3057 14:03 / 17.11.2019
Aziz bolajonlar, Payg`ambarimiz alayhissalomning naqadar bolajon bo`lganlarini bilasizmi Bu haqda sizga aytib berishganmi Keling, quyidagi hadisni birgalikda o`rganamiz. Shunda o`zimiz bilib olamiz Rasulimiz bolalarni qanchalar yaxshi ko`rganini.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat давоми...

4443 12:30 / 26.01.2019
15Boylar .Nuh daaposvat qilayotgan narsa haq va xayrli narsa emas,. Nimaga bilasizlarmi Chunki biz barcha yaxshiliklarda oldinlab ketganmiz. Barcha yaxshi taomlar, barcha yaxshi kiyimlar bizda. Odamlar barcha narsada bizga tobedirlar. Biz bilamizki, albatta yaxshilik bizni adashtirmaydi va shaharda давоми...

3494 13:05 / 16.12.2019
Od qavmi bularning barchasini eshitdilaru, lekin iymon keltirmadilar. Hudning nasihati va hikmati ular ichida zoe bo`ldi.Ular .Ey Hud dalil va isboting yo`qku Axir, sening yangi so`zingni deb eski ilohlarimizni tark qilmaymizku Otalarimiz ibodat qilib kelgan ilohlarni, bitta so`z bilan tark давоми...

4697 15:00 / 06.02.2021
Аудиолар

223675 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142609 14:35 / 11.08.2021