1445 йил 27 шаввол | 2024 йил 06 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Payg‘ambarlar qissasi: Zamzam qudug‘i

19:10 / 15.10.2018 9023 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

13

Bir payt Ismoil chanqab qoldi, onasi unga suv ichirishni xohladi. Lekin suv qayerda? Makkada quduq yo‘q edi, Makkada anhor ham yo‘q edi. Hojar suv talabida edi. Safodan Marvagacha va Marvadan Safogacha yurar edi. Alloh Hojar va Ismoilga nusrat berdi va ular uchun suv yaratdi. Suv yerdan chiqdi, Ismoil ham ichdi, Hojar ham ichdi, suv ortib qoldi. Bu Zamzam qudug‘i edi. Alloh Zamzamga barakot berdi. Bu o‘sha insonlar hajga borganida ichadigan va suvini o‘z shaharlariga ham olib ketadigan quduqdir. Sen Zamzam suvidan ichganmisan?

14 − Ibrohim (a.s.)ning tushlari

Biroz muddatdan so‘ng Ibrohim (a.s.) Makkaga qaytib, Ismoil va Hojarni uchratdilar. Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoilni ko‘rib xursand bo‘ldilar. Ismoil kichkina bola bo‘lib, yugurib, o‘ynab yurar va otasi bilan sayr chiqar edi.

Ibrohim (a.s.) Ismoilni juda yaxshi ko‘rar edi. Kechalarning birida Ibrohim (a.s.) Ismoilni qurbon qilayotganini tush ko‘rdilar. Ibrohim (a.s.) haq payg‘ambar edilar, u kishining tushlari ham rost edi. Ibrohim (a.s.) Allohning haliyli edilar, Alloh u kishiga tushda buyurgan narsani amalda qilishni xohladilar.

Ibrohim (a.s.) Ismoilga shunday dedi: “Men tushimda seni so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman, boqib ko‘r, nima deysan?”.

Ismoil: “Ey otajon! Senga amr etilganni bajar, inshaalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan” , dedi.

Ibrohim (a.s.) Ismoilni va o‘zlari bilan birga pichoq oldilar. Ibrohim (a.s.) Minoga yetganida, Ismoilni qurbon qilishni xohladi. Ismoil yerga (uxlashga yotgandek) yotdi. Ibrohim (a.s.) so‘yishni xohladi, pichoqni Ismoilning xalqumiga qo‘ydi. Lekin Alloh Uning halili, O‘zi buyurgan ishni qiladimi yoki yo‘qmi, shuni ko‘rishni yaxshi ko‘rardi. U Allohni ko‘proq yaxshi ko‘radimi yoki o‘g‘linimi? Ibrohim (a.s.) bu imtihondan muvaffaqiyatli o‘tdi. Alloh Jabroil (a.s.)ni jannatdan bir qo‘chqor bilan yuborib, shunday dedi: Sen buni so‘ygin, Ismoilni so‘ymagin. Alloh Ibrohim (a.s.)ning qilgan ishini xush ko‘rdi va musulmonlarga Qurbon hayitida qurbonlik qilishni buyurdi.

Ibrohim Halilullohga Allohning salavoti va salomlari bo‘lsin!

Uning o‘g‘li Ismoilga ham salavoti va salomlari bo‘lsin.

15 − Ka’ba

Ibrohim (a.s.) ketib, so‘ng qaytib keldi va Alloh uchun bir uy qurishni xohladi. Uylar ko‘p edi, ammo Allohga ibodat qilinadigan uy yo‘q edi. Ismoil otasi bilan birga Alloh uchun uy qurishni xohladi. Ibrohim (a.s.) va Ismoil tog‘dan tosh tashidilar. Ibrohim (a.s.) Ka’bani o‘z qo‘li bilan qurar edi. Ismoil ham Ka’bani o‘z qo‘li bilan qurar edi. Ibrohim (a.s.) Allohni zikr qilib, Unga duo qilar edi. Ismoil ham Allohni zikr qilib, Unga duo qilar edi.

“Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sening O‘zing eshituvchi, biluvchi Zotsan”.

Alloh Ibrohim (a.s.) va Ismoildan qabul etdi va Ka’bani barakotli qildi. Biz ham, har namozimizda Ka’baga yuzlanamiz. Musulmonlar haj kunlarida Ka’baga safar qiladilar, Ka’bani tavof qilib, u yerda namoz o‘qiydilar. Alloh Ka’baga barakotlar berdi va Ibrohim (a.s.) va Ismoildan qabul qildi.

Ibrohim (a.s.)ga Allohning salavoti va salomlari bo‘lsin!

Ismoilga ham salavoti salomlar bo‘lsin!

Muhammad (s.a.v)ga ham Allohning salavoti va salomlar bo‘lsin!

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandPayg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.Kim bir mo`min birodarini Alloh roziligi uchun ziyorat etib, qo`l ushlashib uch bora silkitib ko`rishsa, kuzgi daraxt barglari to`kilgandek, har ikkovining gunohlari to`kiladi,.Yana bir hadisi shariflarida Rasululloh sollallohu давоми...

4085 15:03 / 05.11.2018
Ey, farzandTo`y va shunga o`xshash ko`ngilxushlik joylariga borilganda oshkor gunoh qilayotganlar guruhiga qo`shilib, ular bilan birga gunoh orttirmaslik, borarbormas oldingi safda ko`rinishga harakat qilmaslik ma`qul.Jamoat holida bo`lgan yig`inlarda xizmatdan qochmaslik, atrofdagi yebichiladigan давоми...

5009 18:40 / 03.02.2019
Alloh taolo Bani Isroilni kitobsizhidoyatsiz qavmlar kabi adashibuloqib ketishni istamadi. Ularni ko`r tuyadek tentirab yuradigan ummatlardek bo`lib qolishdan asramoqni iroda etdi. Alloh taolo Muso alayhissalomga poklanib 30 kun ro`za tutishni, so`ngra Tur tog`iga kelishni buyurdi. Alloh taolo Tur давоми...

1336 19:00 / 22.11.2022
Musoning haq so`zlariga eapostiroz bildirishdan ojiz qolib, javob topa olmagach Firaposavn munozarada yutib chiqmoqchi bo`ldi Ey Muso Sen aytayotganingni eshitib qoldim, barcha olamlar Parvardigori kim o`ziMuso dediU Muso .Agar anglamoqchi bo`lsangiz, U osmonlaru yer va ularning orasidagi давоми...

1827 13:00 / 02.01.2022
Аудиолар

120916 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42478 14:35 / 11.08.2021