1445 йил 7 зулқаъда | 2024 йил 15 май, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Payg‘ambarlar qissasi: Ibrohim butlarni sindiradi

18:36 / 07.10.2018 3590 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

(davomi)

4

Hayit kuni keldi. Odamlar xursand bo‘ldilar. Odamlar hayitga chiqishdi, bolalar ham chiqishdi. Ibrohimning otasi ham chiqdi. Ibrohimning otasi Ibrohimga: “Biz bilan chiqmaysanmi?” dedi. Ibrohim: “Men kasalman”, dedi. Odamlar ketdilar, Ibrohim esa uyda qoldi. Ibrohim butlarning oldiga keldi va butlarga: “Gapirmaysizlarmi? Eshitmaysizlarmi? Bu ovqat va ichimlik! Uni yemaysizlarmi? Ichmaysizlarmi?” dedi.

Butlar sukut qilib jim turar edi. Chunki ular toshdan edi va gapirmas edi. Ibrohim: (Nima uchun gapirmayapsizlar?) dedi. Butlar gapirmasdan jim turishdi. Shunda Ibrohim g‘azab qilib, boltani oldi-da, butlarni bolta bilan urib, ularni sindirdi. Ibrohim katta butni sindirmadi, butunicha qoldirdi va boltani uning bo‘yniga ilib qo‘ydi.

5

Bu kimning ishi?

Odamlar qaytib, butlar bor uyga kirdilar. Odamlar butlarga sajda qilishni istadilar chunki bugun hayit kuni edi. Lekin odamlar taajjubga va dahshatga tushishdi.

Odamlar afsuslanishdi va g‘azabga kelishdi.

59. Ular: «Bizning xudolarimizga kim bunday qildi?! Albatta, u zolimlardandir!» dedilar.

60. Ular: «Ularni eslab yurgan bir yigitni eshitgan edik, uni Ibrohim, deyishardi», dedilar.

61. Ular: «Uni odamlarning ko‘z oldiga olib kelinglar. Toki guvoh bo‘lsinlar», dedilar.

62. Ular: «Xudolarimizga buni sen qildingmi, ey Ibrohim?!» dedilar.

63. U: «Yo‘q, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan bo‘lsalar, ulardan so‘rab ko‘ringlar», dedi. (Anbiyo surasi).

Odamlar bilar edilarki, albatta butlar toshdan edi. Va yana bilar edilarki, tosh eshitmaydi ham, nutq ham qilmaydi. Va yana bilar edilarki, katta but ham toshdan edi. Katta but yurishga ham, harakatlanishga ham qodir emas edi. Va albatta, katta but butlarni sidirishga ham qodir emas edi. Ibrohimga: “Sen bilasanki, butlar gapirmaydi”, deyishgan edi, Ibrohim: “Qanday qilib butlarga ibodat qilyapsizlar? U zarar ham, foyda ham bermasa, nimaga unga ibodat qilyapsizlar? Qanday qilib butlardan so‘rayapsizlar? Axir ular gapirmaydi ham, eshitmaydi ham-ku? Biror narsani anglamayapsizlarmi? Aql yuritmaysizlarmi?” Odamlar sukut qilib, xijolat chekdilar.

6

Sovuq olov

Odamlar to‘planib: “Nima qilamiz? Albatta Ibrohim butlarni sindirib, olihalarga xiyonat qildi”, deyishdi. Ba’zilar: “Ibrohimning iqob va jazosi nima?” deb so‘rashdi. Javob shunday edi:

Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan bo‘lsangiz, xudolaringizga yordam bering!» dedilar.

(Shuningdek: olov yoqinglar va unga Ibrohimni tashlanglar, deyishdi).

Lekin Alloh Ibrohim (a.s.)ga yordam berdi va olovga dedi:

Biz: «Ey olov, Ibrohim uchun salqin va salomatlik bo‘l!» dedik. Shunday ham bo‘ldi, olov Ibrohim (a.s) uchun salqin va salomatlik bo‘ldi. Odamlar ko‘rishdiki, Ibrohim (a.s.)ga olov zarar bermadi. Va yana odamlar ko‘rishdiki, Ibrohim (a.s.) xursand va sog‘-salomat edilar. Odamlar bundan dahshatga tushdilar va hayron bo‘ldilar.

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
15Boylar .Nuh daaposvat qilayotgan narsa haq va xayrli narsa emas,. Nimaga bilasizlarmi Chunki biz barcha yaxshiliklarda oldinlab ketganmiz. Barcha yaxshi taomlar, barcha yaxshi kiyimlar bizda. Odamlar barcha narsada bizga tobedirlar. Biz bilamizki, albatta yaxshilik bizni adashtirmaydi va shaharda давоми...

2650 13:05 / 16.12.2019
1Odam alayhissalomdan keyinAlloh taolo odam alayhissalom zurriyotlariga baraka berdi. Ular ichida ko`plab o`g`il va qizlar bor edi. Odam alayhissalom zurriyotlari tarqalib, ko`paydi. Agar odam alayhissalom qaytib kelib, bolalarini ko`rganlarida, tanimay qolardilar. Agar u zotga .Bu sening давоми...

7597 09:10 / 10.09.2019
Ey, farzandQabristonda kulish harom. U yerda kulganga Alloh uhud tog`i og`irligicha gunoh yozadi. Qabristonda gunohlarini eslab, ichkinichkin yig`lagan kulibkulib jannatga kiradi. Qabristondan ibrat olib, marhumlar holiga achingan kishi jahannamdan qutiladi.Ey, farzandO`tgan kunlar o`tmishda давоми...

8307 11:10 / 20.02.2019
Bani Isroil Misrda ancha vaqt mushriklar bilan birga yashagan edi. Qibtiylar Misrda juda kop narsaga siginishlarini Bani Isroil oz kozlari bilan korardilar. Shu bois Isroil farzandlari astasekin shirkdan nafratlanmay qoydilar. Xuddi eski uy devorlaridan suv sizib kirganidek ular qalbiga ham shirk давоми...

1299 19:00 / 10.12.2022
Аудиолар

121376 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42880 14:35 / 11.08.2021