1445 йил 20 шаввол | 2024 йил 29 апрель, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Qabr ziyorati

11:10 / 20.02.2019 8240 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Qabristonda kulish harom. U yerda kulganga Alloh uhud tog‘i og‘irligicha gunoh yozadi. Qabristonda gunohlarini eslab, ichkin-ichkin yig‘lagan kulib-kulib jannatga kiradi. Qabristondan ibrat olib, marhumlar holiga achingan kishi jahannamdan qutiladi.

Ey, farzand!

O’tgan kunlar o‘tmishda yashaganlarniki. Ertangi kunlar ham bizniki emas. Kun bugungi kundir. Bu kunni qadrlash, qadrini bilish, umrni bandalik xizmatidan uzoq, nafs amri va xizmatida o‘tkazmaslik kerak. Har kecha-kunduz hol tili bilan bizlarga shunday hayqirmoqda:

«Ey, Odam farzandi! Fursatni qo‘ldan berma. Xizmatingdamiz. O’tgan kunning bir daqiqasini ham qaytarib bo‘lmaydi. Ko‘zingni och! Kun kelib, sen ham ismi-jismi unutilganlar orasiga kirasan. Ketib, nelarni ko‘rajaksan? Har ishing, har narsang bilan o‘limga hozirmisan»?

Ey, farzand!

Qiyomat kunida mahshar yeriga qarab azob farishtasi chiqib keladi. Ko‘rganlar qo‘rquvdan qotib qolishadi. Jabroil alayhissalom undan so‘raydilar:

– Ey azob farishtasi! Qayerdan kelyapsan?

– Jahannamdan kelyapman, – deydi .

– Maqsading nima? – deb so‘raydilar Jabroil alayhissalom.

– Besh toifa insonni talab qilaman, – deydi.

– Ular kimlar? – deb so‘raydilar Jabroil alayhissalom. Farishta ularni navbati bilan sanaydi:

1. Besh vaqt farz namozlarini tark etganlar.

2. Mast qiluvchi ichimlik ichganlar.

3. Boyligidan zakot bermaganlar.

4. Ota-onasini ranjitganlar.

5. Masjidlarda dunyoviy so‘zlarga muhabbat qo‘yganlar. Va mahshargohda shu besh xil insonlarni bir-bir yutib, to‘g‘ri jahannamga kirib ketadi.

Ey, farzand!

Odam qancha ko‘p yashasa ham, baribir o‘ladi. So’nggi nafasida iymon bilan ketish-ketmaslik, qabr, mahshar... va hokazo. Yo‘l tahlikalarga to‘la. Tutib qolish mumkin bo‘lgan narsa – Alloh rizosi uchun qilgan qullik xizmatidir. Yana Allohning yaratganlariga bergan yordam – insoniy xizmat ham ko‘makka kelishi mumkin. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Har qanday kishi o‘lib, ruhi tanini tark etgach, shunday bir ovoz keladi:

«Sen dunyoni tark etdingmi yo dunyo seni?

Sen dunyo yig‘dingmi yo dunyo seni yig‘dimi?

Sen dunyoni o‘ldirdingmi yo dunyo seni o‘ldirdimi?»

Yuvmoq uchun taxtaga olishganda uch marta ustma-ust shunday ovoz keladi:

«Kuch-quvvatli taning bor edi. Uni bu qadar zaif qilgan nima? Juda shirin tiling bor edi. Chiroyli so‘zlar aytarding, go‘zal-go‘zal suhbatlasharding. Endi seni kim jim qildi?

Qancha-qancha sen sevgan dunyoviy do‘stlaring bor edi. Qani ular? Endi qaydalar? Seni nechun bunday yolg‘iz tashlab ketdilar?» Kafanga o‘ralganda shunday bir tovush keladi: – «Xarjliksiz, oziqsiz uzun yo‘lga chiqilurmi? Borsa kelmas uzoq yo‘lga chiqqaningni bilajakmi? Ey, oxirat yo‘lchisi! Agar Alloh rizosini qozonib, bu yo‘lga chiqqan bo‘lsang, senga mujdalar bo‘lsin! Agar uning g‘azabiga loyiq holda bunday yo‘lga chiqqan bo‘lsang, holingga voy bo‘lsin!» Tobut qabr chetiga qo‘yilganda shunday bir ovoz keladi: «Ey, Odam farzandi! Kelib joylashajaging bu qabrdagi uy uchun qanday xozirlik ko‘rding? Bu qorong‘u joy uchun nur-yorug‘lik keltirdingmi?»

Qabrga qo‘yilgach, yana bir ovoz keladi:

«Ey, inson farzandi! Ustimda kulib yurarding, Endi ichimda yiglayapsan, Ustimda bulbulday sayrarding. Endi qornimda jimsan».

Dafn ishi tugab, xalq qabrdan uzoqlashgach. Alloh taolodan bir nido keladi:

«Ey, Mening qulim! Yolg‘iz qolding. Seni bu qorong‘u joyga – qaro yerga do‘stu yoring, tengu to‘shing tashlab ketdilar. Holbuki, ular sening yaqinlaring, qarindoshu do‘stlaring edilar. Bu holga tushmasliging uchun hech kimning biror foydasi bo‘lmadi. Sen esa, Mening amrlarimga doim qarshi chiqarding. Qilingan nasihatlarni tinglamasding. Endi esa haqiqatlar bilan yuzma-yuzsan.

Seni bu qaro yerda – qorong‘u joyda yolg‘iz qoldirmoq Mening sha’nimga yarashmas. Izzatim va Jalolim haqqi Men senga shafqatla, rahmatla muomalada bo‘laman. Endi senga ota-ona farzandiga ko‘rsatgan shafqat va marhamatdan ko‘proq shafqat va marhamat ko‘rsataman.

Seni mamnun qilmoqchiman!» deb qabrni jannat bog‘laridan bir bog‘ holiga aylantiradi va ichkarisini qiyomatga qadar do‘stu yorlik qiladigan hurlar va g‘ilmonlar bilan to‘ldiradi. Qiyomatgacha birga jannat ne’matlaridan foydalanadilar».

Ey, Odam farzandi!

Seni yo‘qdan bor etgan Alloh taoloning buyukligiga, shafqat va marhamatiga boq! U naqadar buyuk Sultondirki, bunday gunohkor qullarining gunohini kechiradi va U na qadar marhamatli bir Zotki, har kun minglarcha martalab qullarining ishlarini ko‘rib, berkitadi. Biror kishining gunohini, aybini yuziga solmas!

Uning ishlari O’z sha’niga munosib, O’z sha’niga yarashiqlidir. Qulning vazifasi – qullikka munosib bo‘lmoq, qulga yarashganini bajarmoqdir. Qullik mavqeyi – xizmat mavqeyidir! Alloh taologa xizmat!

Yaratganning xurmati uchun, rizoligi uchun yaratganlariga xizmat!

Allohim! Biz ojiz bandalaringni so‘nggi nafasimizgacha O’zingni xizmatingda bo‘lmog‘imizni nasib

va muyassar ayla.

Farzandlarimizni imon va islomda sobitqadam qil.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Lekin uzoq davom etgan qullik Bani Isroilga o`z ta`sirini o`tkazgan, ularning xulqatvori va hayotdan zavq olish hissini buzgan edi.Bani Isroil bola tabiatli bo`lib qolgandi. Ular hech bir narsada uzoq vaqt tura olmasdilar. Besabr, beqaror kishilarga aylanishgan edi. Shukri kam, nolishi ko`p, давоми...

974 16:13 / 24.10.2022
21Nuh Robbiga nido qilib .Robbim, albatta, o`g`lim ahlimdandir, albatta, vaaposdang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan,, dedi. Hud45. Alloh naslnasabga qaramaydi, balki amallarga qaraydi. Alloh shirk keltirganlarda, shafoat o`rtadagi kafolatni qabul qilmaydi. Shirk keltirgan, давоми...

2098 13:05 / 27.01.2020
Ey, farzandOlimlar suhbatida qatnashishga harakat qil, odobdan tashqari so`z va harakatlar qilma. Jamoat huzuriga salom berib kir. So`ngra o`zingga munosib o`rin tanla. Iznsiz to`rga va e`tiborli joyga borib o`tirma.Suhbatni diqqat bilan tingla. Biladigan narsangni so`rama. Bilmaganingni so`rab давоми...

3126 11:00 / 24.01.2019
Ey, farzandRasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar.Har bir kishi azon eshitganda shu duoni o`qishi kerak .Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah. Va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Roziytu billahi robban va bil islami diynan. Va bi muhammadin sallallohu давоми...

12941 17:08 / 18.11.2018
Аудиолар

120564 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42166 14:35 / 11.08.2021