1445 йил 26 шаввол | 2024 йил 05 май, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Payg‘ambar Ibrohim alayhissalomning qissasi: Butlarni kim sindirdi?

00:06 / 30.09.2018 19313 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Aziz va qadrli bolajonlar! Biz sizlarga Abul Hasan Ali Hasaniy an-Nadaviyning “Payg‘ambarlar qissasi” nomli asarini basma-bas taqdim etib boramiz. Ma’lumki, barcha tengqurlaringiz kabi siz ham qissa-yu hikoyalarga, ularni eshitish va o‘qishga juda-juda qiziqasiz. Sizga, barcha musulmon farzandlariga atab Payg‘ambarlar tarixi yengil uslub bilan bolalar tilida bayon etilgan. Kitob muallif tomonidan imkon qadar bolalar tili va tabiatiga yaqin qilib yozilgan. Sodda, yengil, tushunarli bo‘lishiga, jumlalarning takror-takror kelishiga alohida e’tibor berilgan.

Mazkur asarni Anvar Ahmad arab tilidan tarjima qilganlar.

Bu ishimizda Alloh taoloning O‘zi madadkor bo‘lsin!

Butlarni kim sindirdi?

 

1

Butlar sotuvchisi

Ko‘p va juda ko‘p kunlar avval bir qishloqda juda mashhur kishi bo‘lgan edi. Bu kishining ismi Ozar edi. Ozar butlarni sotar edi. Bu qishloqda bir uy bo‘lib, u juda katta edi. Bu uyda butlar bo‘lib, ular juda ham ko‘p edi. Odamlar mana shu butlarga sajda qilar edilar. Ozar ham mana shu butlarga sajda qilar edi. Ozar ham mana shu butlarga ibodat qilar edi.

 

2

Ozarning bolasi

Ozarning juda ham aqlli bir bolasi bor edi. Bu bolaning ismi Ibrohim edi. Ibrohim odamlarning butlarga sajda qilayotganlarini ko‘rdi. Odamlarning ana shu butlarga ibodat qilayotganini ko‘rdi. Ibrohim bilar ediki, albatta butlar toshdan edi. Va yana bilar ediki, albatta butlar gapirmas edi hamda eshitmas edi. Va bilar ediki, butlar zarar bermas hamda foyda bermas edi. Va ko‘rar ediki, albatta pashshalar unga qo‘nar edi, butlar esa ularni hayday olmas edi. Va yana ko‘rar ediki, butlarning ovqatini sichqon esa, buni man qila olmas edilar. Ibrohim o‘ziga o‘zi: “Nima uchun odamlar butlarga sajda qiladilar?” deb aytar edi. Va yana: “Nima uchun odamlar butlardan (hojatlarini) so‘rashadi?” deb o‘zidan so‘rar edi.

3

Ibrohimning nasihati

Ibrohim otasiga aytar edi: “Ey otajon! Nima uchun bu butlarga ibodat qilasiz?

Ey otajon! Nima uchun bu butlarga sajda qilasiz?

Ey otajonim! Nima uchun bu butlardan (hojatingizni) so‘raysiz? Bu butlar gapirmaydi va eshitmaydi-ku! Bu butlar zarar ham foyda ham bemaydi-ku! Nima uchun ularning oldiga taom va ichimlik qo‘yasiz?

Ey otajon! Bu butlar yemaydi ham, ichmaydi ham-ku!”.

Ozar bundan g‘azablandi (va shunday bo‘lsa-da), Ozar buni anglamas edi. Ibrohim qavmiga nasihat qilar edi. Ko‘pchilik odamlar unga g‘azab qilib, uni tushunishmas edi. Ibrohim o‘ziga o‘zi: “Odamlar ketishganidan keyin men butlarni sindiraman. Shundagina odamlar tushunadilar.

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
11Alloh, Nuhni oaposz qavmiga elchi qilib yuborishni xohladi. Qavmda boylar va boshliqlar bor edi, lekin Alloh oaposz risolati topshirigaposini bajarishga Nuhni tanladi. Ulardan birortasini tanlamadi. Alloh, Oaposz topshirigaposini kim koapostara olishini biladi. Alloh omonatini kim koapostara давоми...

2295 14:03 / 17.11.2019
13Bir payt Ismoil chanqab qoldi, onasi unga suv ichirishni xohladi. Lekin suv qayerda Makkada quduq yo`q edi, Makkada anhor ham yo`q edi. Hojar suv talabida edi. Safodan Marvagacha va Marvadan Safogacha yurar edi. Alloh Hojar va Ismoilga nusrat berdi va ular uchun suv yaratdi. Suv yerdan chiqdi, давоми...

9021 19:10 / 15.10.2018
Misr taxtiga Bani Isroilni haddan ziyod yomon ko`ruvchi Misr firaposavnlari yaaposni, podshohlari kelishdi. Misr taxtiga o`ta zolim bir kishi bo`lib, bani Isroilning payg`ambarlar avlodidan ekanini hamda ularning ulug` Misr shohi Yusuf alayhissalomga qondoshligini tan olmasdi. Hatto ularga rahmat давоми...

3757 16:00 / 25.07.2021
Ey, farzandQo`shniga duch kelganda salom berib, holahvol so`rashish, xasta bo`lsa, ziyoratida bo`lish zarur.Qo`shnini ziyorat etish uchun ruxsat olish, iznsiz uyiga kirmaslik lozim. qo`shnini xafa qiluvchi ishlardan saqlanish kerak.Qo`shni biror narsa so`rasa berish, ishi tushsa bitirishga astoydil давоми...

20202 15:10 / 20.01.2019
Аудиолар

120895 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42463 14:35 / 11.08.2021