1445 йил 22 шаввол | 2024 йил 01 май, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Jazo-uqubat

11:00 / 18.12.2022 1344 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Alloh taolo Musoga qavmining Somiriy sehri bilan fitnalanganini maʼlum qildi.
Muso gʻoyat xafa boʻlib, gʻazablanib qaytdi. U Alloh uchun qavmiga va ogʻasi Horunga gʻazab qildi. «(Muso qaytib kelgach) dedi:
- «Ey Horun, sen ularning yoʻldan ozganlarini koʻrgan paytingda mening ortimdan borishingdan (va menga bu haqda xabar berishingdan) seni nima toʻsdi?! Mening amrimga itoatsizlik qildingmi?!»
Horun uzr aytib:
«Men (agar buzoqqa sigʻinayotganlarni qoʻyib, yoʻldan ozmagan kishilar bilan sening ortingdan borsam) mening soʻzimni kutmay, Bani Isroilni boʻlib yuboribsan, deyishingdan qoʻrqdim».
«Bu qavm meni xoʻrlab, oʻldirishlariga oz қолди».
(Muso) dedi:
- «Parvardigorim, meni va birodarimni oʻzing magʻfirat qilgaysan va bizni oʻz rahmatingga dohil qilgaysan. Oʻzing rahm qilguvchilarning rahmlirogʻisan».
Soʻng Muso Somiriyga yuzlandi:
- Ey Somiriy! Bu nima qilganing?!
Somiriy oʻz gunohiga iqror boʻlib:
«Menga nafsim ana shunday qilishni chiroyli koʻrsatdi», dedi. (Muso) dedi:
- «Bas yoʻqol! Endi sen uchun hayotda «Menga tegmanglar», deyishgina bordir, (yaʼni umringning oxirigacha yakkamoxov boʻlib qolursan)».
Muso uni shunday yakkamoxov qilish bilan jazoladi.
Endi Somiriy to ajali yetgunicha vahshiy hayvonday odamlardan yiroqda bir oʻzi yuradi va bir oʻzi yashaydi. U ulfat boʻlmaydi va unga ulfat ham boʻlinmaydi.
Inson uchun bundan ham qattiq jazo bormi dunyoda?!!
Minglab kishilarni shirk balchigʻi ila bulgʻatgan kimsadan hazar qilmoq lozimdir. Alloh bilan bandalari oʻrtasini ajratmoqchi boʻlgan kimsa yakkamoxov qilinmogʻi shart.
Alloh yerida turib unga oʻzgalarni sherik qilishga chaqirgan gunohkor kimsa uchun butun yer yuzi zindon boʻlmogʻi kerak.
Muso Somiriy yasagan laʼnati buzoqqa qarab, uni oʻtda yondirib, soʻng kulini dengizga sochib yuborishni buyurdi. Bani Isroil oʻzlariga maʼbuda boʻlgan buzoqning oxir-oqibat bir hovuch kul ekanini hamda zaifligiyu, ojizligini koʻrdilar.
Muso Bani Isroilga qarab xitob қилди:
«Qavmim, sizlar buzoqqa ibodat qilish bilan oʻzingizga zulm qildingiz. Endi oʻzingizni (bir-biringizni) oʻldirish bilan sizni bor qilguvchi zotga tavba qilasiz. Bor qilguvchi zot nazdida mana shu ( qatl) sizlar uchun xayrliroqdir».
Buzoqqa sigʻinmagan kishilar buzoqqa sigʻinib ketganlarni qatl qildilar. Alloh taolo ular tavbasini mana shunday qabul etdi.
Alloh taolo dedi:
«Shubhasiz, buzoqni («xudo» qilib) ushlagan kimsalarga Parvardigorlari tarafidan gʻazab va hayoti dunyoda xorzorlik yetar. (Alloh shaʼniga) yolgʻon toʻquvchi kimsalarni mana shunday jazolaymiz».
Buzoqqa qul boʻlgan kimsalarning holi, shuningdek, mushriklarning holi to qiyomatga qadar mana shunday boʻladi.


Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Muso Madyan yerlariga yetib keldi. U biror kishini tanimas, biror kishi ham uni tanimas edi. Tunda Musoga kim boshpana beradi U qaerda uxlaydi Mana shu kabi savollar Musoning boshidan kechsada Allohning O`zi madadkor ekaniga zarracha shubha qilmasdi. Muso bir quduqdan molhollarini sug`orayotgan давоми...

2117 15:00 / 21.11.2021
Бир дугонам хабар ёзиб жўнатибди .Ҳақиқатдан ҳам болаларингга бақирмайсанми,Болаларимизга нега бақириб гапирмасликни ва уларга бақирмаслик учун бир неча давоми...

3661 10:40 / 20.07.2019
Musoning onasi jajji go`dagidan qattiq xavotirda edi. Qandoq ham qo`rqmasinki, yangi tug`ilgan chaqaloqlar dushmani qattiq kuzatuvda bo`lsa Qanday ham qo`rqmasinki, mirshab o`nlab go`daklarni oilasidagi onalari bag`ridan yulqib olgan bo`lsa Chumolidek sezgir, qarg`adek o`tkirko`z jallodlardan давоми...

3211 16:30 / 22.08.2021
Odning yebichish, bekorchilik va o`yinkulgudan boshqa ishlari yo`q edi. Birbirlariga, baland qasrlar va keng uylarni qurishda maqtanishar edi. Ularning mollari suvda, loyda va toshlarda zoe bo`lib ketar edi. Biror bo`sh joy yoki baland yerni ko`rsalar, u yerga baland qasr qurardilar. Uylarni, xuddi давоми...

1881 15:00 / 26.12.2020
Аудиолар

120711 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42281 14:35 / 11.08.2021