1445 йил 24 шаввол | 2024 йил 03 май, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Fir’avnning xotini

14:00 / 20.06.2022 5885 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

O‘zini aqllarga ham, qalblarga ham-xuddi jasad va tillarga hukmron bo‘lgani kabi hokim hisoblaydigan Fir’avn Misrda biron kishining undan boshqaga iymon keltirishini tasavvur qila olmasdi.

Agar Misr mamlakatining uzoq chekkasidagi bir kishi Muso alayhissalomga iymon keltirsa, o‘sha kuni Fir’avnning jinniligi qo‘zib ketar edi. Goh o‘tirib, goh turib, momaqaldiroqdek guldirab, yashindek chaqnab yonib bezovta bo‘lardi.

- Qanday qilib mendan beso‘roq Musoga iymon keltiradi?!

- Mening mamlakatimda yashab turib menga bo‘ysunmasa! Men bergan rizq-ne’matlarni yeb, yana menga kufroni ne’mat qilsaya!

- Axir, Misrdagi har bir kishiga o‘zidan ham ko‘ra men haqdorroq emasmanmi?!

Lekin Fir’avn o‘zining Alloh yerida yashab turib u zotga isyon qilayotganini o‘ylamasdi. Alloh bergan rizq-ro‘zni yeb, so‘ng yana unga kufr keltirayotganini unutib qo‘ygan edi. Alloh taolo unga o‘z uyida, ahli oilasida bir oyat-alomat ko‘rsatib qo‘ydi. Alloh taolo aqllarga ham, qalblarga ham-xuddi jasad va tillarga hukmron bo‘lgani kabi hokim ekanligini namoyon qildi.

Alloh taolo agar xohlasa kishi bilan ahli oilasi o‘rtasini ajratib qo‘yadi. Xohlasa inson bilan uning qalbi orasiga to‘siq tashlaydi! Iymon Fir’avn xonadoniga ham kirib keldi. Fir’avnning o‘zi hali hech narsadan xabarsiz edi. Uning qo‘lidan biron ish kelmasdi. Eri Misr mamlakatining sultoni bo‘lishiga qaramasdan Fir’avnning ayoli Musoga iymon keltirdi. Fir’avnning eng suyukli va eng yaxshi biluvchi kishisi uning Parvardigorlik da’vosini rad etdi.

Bu yerda shohning chumolidek sezgir, qarg‘adek o‘tkirko‘z jallodlari ham ojiz qoldilar. Ular hech narsani sezmadilar. Eng yaqin kishisining Allohga iymon keltirganidan Fir’avn hanuz bexabar edi.

Xo‘sh, agar xabar topganida nima qila olardi? Chunki uning hukmi jismga o‘tishi mumkin, tillarga tushov solishi mumkin. Lekin, aqllarga va qalblarga aslo hukmronlik qila olmaydi. To‘g‘ri, ayol eriga itoat etishi kerak. Lekin, Allohga isyon bo‘ladigan ishlarda maxluqga itoat qilinmaydi. Farzand ota-onasiga quloq solmog‘i, ularga mehribonmushfiq bo‘lmog‘i lozim. Faqat agar ular shirkka da’vat qilsalar, so‘zlari e’tiborga olinmaydi.

«Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishiga buyurdik (ya’ni ota-ona xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, xoh musulmon, xoh kofir bo‘lsin ularga yaxshilik qilish farzandning burchidir, ammo) agar ular sen o‘zing bilmagan narsalarni (ya’ni soxta «xudo» larni)menga sherik qilishing uchun zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etmagin! (Barchangiz) menga qaytursiz, bas (ana o‘sha kunda) men sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berurman».

Iymon ne’matiga musharrar bo‘lgan ayol Alloh dushmanining uyida turib Allohga ibodat qila boshladi. U Fir’avnning yaramas kirdikorlaridan o‘zini yiroq qilib, Allohga iltijolar qilib talpinar edi.

Alloh taolo Fir'avnning ayolidan rozi bo‘ldi va uni eri hamda uning yomon amallaridan qutqardi. Bu ayol iymoni va shijoati uchun Qur’onda barcha mo‘minlarga namuna qilib Alloh zarbul masal qildi.

«Alloh iymon keltirgan zotlar (va ular o‘zlari haqiqiy mo‘min bo‘lsalar, yaqin odamlarining kofir holda bo‘lishi ularga ziyon qilmasligi) haqida Fir’avnning ayolini misol keltirdi. O‘shanda (ya’ni Fir’avn u ayolning Muso payg‘ambarga iymon keltirganini bilib qolgach azoblagan chog‘ida) u: «Parvardigorim o‘zing men uchun huzuringda-jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir’avn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin», dedi».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

 

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Yangi topilgan va chiroyli bola qasrning quvonchi va xonadonning ovunchog`iga aylandi. Qasrdagi har bir kishi bolani suyub erkalatar hamda yaxshi ko`rib, maqtar edi. Chunki malika bu bolani qattiq yaxshi ko`rardi. Shundan keyin Bani Isroillik jajji go`dakni saroy bekalari va xizmatkorlari qanday давоми...

2088 14:00 / 12.09.2021
23Yusuf Ya`qubni ko`rishga oshiqdi. Qanday ham oshiqmasin, axir ayriliq uzoq cho`zilgan edikuHozir nima uchun toqat qilsin, axir sir oshkor bo`lgankuQanday qilib ovqat va suv uning tomog`idan o`tsin, axir otasining ovqati, suvi, hatto uyqusida ham halovat yo`qkuSir ochilib bo`ldi. Sir aniq bo`ldi. давоми...

1848 21:00 / 27.06.2019
Muso va Horun Firaposavn oldiga keldilar. Saroy aaposyonlari davrasida turib, uni haqqa daaposvat qildilar. Muso alayhissalomning bu juraposatini ko`rib Firaposavn g`oyatdarg`azab bo`ldi va oliy va kibr holida Ey yigitcha Sen kim bo`libsanki, mening majlisimda turib menga aql o`rgatasan Sen давоми...

2768 15:00 / 26.12.2021
Muso Madyan yerlariga yetib keldi. U biror kishini tanimas, biror kishi ham uni tanimas edi. Tunda Musoga kim boshpana beradi U qaerda uxlaydi Mana shu kabi savollar Musoning boshidan kechsada Allohning O`zi madadkor ekaniga zarracha shubha qilmasdi. Muso bir quduqdan molhollarini sug`orayotgan давоми...

2120 15:00 / 21.11.2021
Аудиолар

120774 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42338 14:35 / 11.08.2021