1445 йил 24 шаввол | 2024 йил 03 май, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Musoning mo'jizalari

15:00 / 09.01.2022 6732 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Fir'avn o‘zining g‘azab o‘qlarini bo‘shatgach, Muso uni Alloh o‘qi bilan otmoqchi bo‘ldi.

«(Muso) dedi» Yoki men senga ochiq-oydin narsa keltirsamchi?!»

«(Fir'avn) dedi: «Agar rostgo‘y kishilardan bo‘lib, oyat mo‘'jiza bilan kelgan bo‘lsang, qani uni keltir».

«Shunda (Muso tutib turgan) asosini tashlagan edi, banogoh u aso rostakam ajdarga aylandi. Keyin qo‘lini (cho‘ntagidan) chiqargan edi, banogoh u qarab turganlarga (kundan ham) oq bo‘lib ko‘rindi. (Holbuki, Muso qoramag‘iz odam edi)».

Fir'avn hamsuhbatlariga aytish uchun yana gap topdi. «(Fir'avn) atrofidagi kishilarga dedi: «Albatta bu bilimdon sehrgardir».

Majlis ahli ham uning so‘zini quvvatlab: «Bu ochiq sehr» dedilar».

«Muso dedi: «Sizlarga haqiqat kelgan vaqtda («Bu sehr»), deysizlarmi?! Sehrmi shu? Axir sehrgarlar muvaffaqiyat qozonolmaydilar-ku?!»

Fir'avn Musoga boshqa o‘q otdi va: «Ular dedilar: «Sen bizlarni ota-bobolarimizni amal qilgan holda topgan dinimizdan burish uchun va ikkovingiz yerimizga ega bo‘lib olish uchun keldingmi?! Biz sizlarga iymon keltirguvchi emasmiz!».

Fir'avn xalqni podshohlar qilig‘i kabi Muso alayhissalomga qarshi qayramoqchi bo‘ldi:

«Fir'avn aytdi: «U sizlarni o‘z yeringizdan chiqarmoqchi, nima deysizlar?»

Shunda kishilar Fir'avnga quyidagicha maslahat berdilar:

- Sen mamlakatingdagi jami o‘tkir sehrgarlarni to‘plagin. Ular Musoni mag‘lub qilsinlar. Shunday qilib butun Misr mamlakati bo‘ylab jarchilar

tarqatildi:

- «Ogoh bo‘lingizkim, kimda-kim sehr (qilish)ni bilsa, shoh huzuriga borsin».

Mamlakatning turli burchaklaridan sehrgarlar yig‘ildi. Ziynat kuni deb atalgan bayram kuni va'dalashilgan vaqt bo‘ldi.

«Odamlarga aytildi: «Sizlar to‘planguvchimisizlar?

Shoyad biz, agar ular g‘olib bo‘lsalar, sehrgarlarga ergashsak».

 

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

 

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandAyniqsa, juma kuni ko`p salovat aytish kerak. Kim juma kuni yuz marta salovat aytsa, Alloh uning yuzta tilakistagini o`rinlatadi. Bu tilaklarning o`ttizi dunyo, yetmishi oxirat uchundir.Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.Har kun yuz marta salovati sharif давоми...

58668 19:20 / 29.12.2018
Assalomu alaykum, azizlar Men odamzotning ajralmas dosti ndash Olov bolaman. Ha, qiyomatgacha inson bilan birgabirga yashash mening taqdirimga yozilgan. Odamzot ovqat pishirmoqchi bolsa otga aylanaman. Tunlarni yoritmoqchi bolsa, chiroqqa aylanaman. Sovqotib qolsa, isitib qoyaman. Bu dostlik давоми...

3396 16:30 / 21.01.2023
4Lekin shayton insonlarni miyalariga kiradigan eshikni topdi. Kishilar Allohdan qo`rqardilar va Allohga kechayu, kunduz ibodat qilardilar, uni ko`p zikr qilardilar. Ular Allohni yaxshi ko`rardilar, Alloh ham ularni yaxshi ko`rar va duolarini qabul qilar edi. Insonlar ham ularni yaxshi ko`rar va давоми...

4973 17:45 / 25.09.2019
Бир дугонам хабар ёзиб жўнатибди .Ҳақиқатдан ҳам болаларингга бақирмайсанми,Болаларимизга нега бақириб гапирмасликни ва уларга бақирмаслик учун бир неча давоми...

3662 10:40 / 20.07.2019
Аудиолар

120782 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42347 14:35 / 11.08.2021