1445 йил 18 Рамазон | 2024 йил 28 март, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
islom.uz-1431

Болаларга ҳақиқатни ўргатайлик

20:43 / 19.04.2017 8624 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ushbu maqolalar www.truthsforkids.com  - bolalar uchun oylik jurnal, 1-sonidan olingan bo'lib sayt rahbariyati ruhsati bilan tarjima qilindi. Barcha tarjimalar qilingandan so'ng saytga o'zbek tilidagilari kiritiladi BiizniAlloh. Bularni tarjima qilishdan niyyatim bolalarimiz bizga bolaligimizda o'rgtilgan yolg'on va noto'g'ri talqin qilingan asl haqiqatlarni o'z vaqtida o'rganib, tafakkur qilib o'ssinlar InshaAlloh.

ALLOH YARATGAN MO’JIZALAR

Bolalar! Hech hayron bo’lib o’ylab ko’rganmisiz?

“Koinot qanday yaralgan?” “Quyosh va oy qanday qilib vujudga kelgan?” ”Qanday qilib rang-barang va biz sevadigan bananlar, olchalar, o’lho’ri va qulupnaylar kabi mevalar qora tuproqdan o’sib chiqadi?” “Ularga bu ranglar va shirin hidlarni kim bag’sh etadi?” “Sizni onangiz dunyoga keltirgan, ammo dunyodagi birinchi insonni onasi yoki otasi bo’lishi mumkinmasku. Shunday ekan dunyodagi ilk inson qanday qilib to’satdan paydo bo’lgan?”

To’g’ri javob qandayligini bilasizlarmi? Atrofingizda ko’rib turgan hamma narsani, jumladan siz o’zingiz, do’stlaringiz, ota-onangiz, yer, quyosh, sevib yeydigan bananlar, olchalar, qulupnaylar, rang-barang atirgullar, binafshalar, ajoyib iforlar, insonlar, mushuklar, itlar, chumolilar, arilar, otlar, qushlar va kapalaklar, qisqasi barchasini Alloh yaratgan.

Evolyutsiya nazariyasi nima?

Allohga ishonmaydigan odamlarning o’z g’oyalari bor. Bu g’oya “evolyutsiya nazariyasi” deb nomlangan. Evolyutsiya nazariyasiga ishonadigan odamlar esa “evolyutsiyachilar” deb ataladilar. 

   Evolyutsiya nazariyasini o’ylab topgan odamning nomi Charlz Darvin bo’lib, u bundan 150 yil avval yashab o’tgan. Darvin barcha tirik mavjudodni Alloh yaratganiga ishonmagan. Uning g’oyasiga ko’ra, hamma narsa o’z-o’zidan tasodifiy tarzda paydo bo’lgan. U mavjudodlar o’z shaklini boshqasiga o’zgartirgan va shunday asnoda barcha mavjudodlar kelib chiqqan deb o’ylagan. Ya’ni, Darvinga ko’ra bir kun baliqlar tasodifan reptiliyalarga o’zgarib qolgan. Boshqa kuni esa reptiliyalar uchishni boshlab qushlarga aylanib qolganlar. Darvin ta’limotiga muvofiq insonlar maymunlardan tarqalganlar. Demak, Darvinni aytishicha sizning ota bobongiz maymun bo’lgan ekan!

Allohning mo’jizalari  

Qur’oni Karim insoniyatga 1400 yil ilgari tushirilgan bo’lsada unga bog’liq ba’zi isbotlarni biz yaqin davrga kelibgina kashf etaoldik.

Alloh butun koinotdagi barcha narsani, jumladan sayyoralaru yulduzlarni, insonlaru hayvonlarni yaratgan Zotdir. Rabbimiz biz anglab yetaolmaydigan narsalarning hammasini biladi va U Qur’oni Karimda ulardan ba’zilarini bizga ma’lum qilgandir. Biz ularni Allohning irodasi bilan o’rgananishimiz mumkin, shundagina Allohning mo’jizalarini anglab yetamiz.

Olam qanday yaratilgan

U osmonlaru yerni yo’qdan Bor Qilguvchi Zotdir…(An’om surasi, 101oyat)

Olam bundan 15 milliard yil avval yo’qlikdan bor bo’lgan. Boshqacha qilib aytganda, olam to’satdan hechnarsadan paydo bo’lgan.

Faqatgina yigirmanchi asr ilm-fani ushbu buyuk hodisani bizga ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Shuning uchun buni ilmiy jihatini 1400 yil ilgari bilishning imkoni yo’q edi. Ammo yuqoridagi oyatda ham ta’kidlanganidek, Alloh bu dalilni bizga Qur’on nozil qilinganida aytgan edi. Bu Qur’on mo’jizasi va u Allohning So’zi ekanligiga isbotning bir bo’lagidir.

Yerning sharsimonligi

Bolajonlar bilasizlarmi, Qur’oni Karim nozil qilingan davrda astronomik tushunchalar dunyoni boshqacha tasvirlar edi. O’shanda bazilar dunyoni yassi tekislik deb o‘ylar va boshqalari esa turlicha faraz qilar edilar. Ammo yerning sharsimon ekanligi haqidagi asos o’shanda ma’lum emas edi. Biroq Muqaddas Qur’onda dunyoning aylana shaklda ekanligiga ishora qilingani anglab yetildi. Quyida bunga muvofiq oyati karima kelgan:

U osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratgandir. U kechani kunduzning ustidan o‘rar, kunduzni kechaning ustidan o‘rar. («Zumar» surasi, 5-oyat)

Ushbu oyatda arabcha “takvir” so’zi «o‘ramoq» deb tarjima qilingan. O’zbekchada “biror narsa ustidan boshqasini aylantirib o‘rash, atrofidan bir necha bor aylantirib joylash”, bog‘lash (Ingliz  tilida bu so‘z “to make one thing lap over another, folded up as a garment that is laid away.”) degan ma’nolarni anglatadi. Kun va tunning bir-birini o‘rashi faqatgina yer sharsimon shaklda bo‘lgan holda  to’g’ri keladi. Ammo yuqorida aytilganidek, arablar bundan 1400 yil ilgari yerni yassi shaklda deb o’ylardilar. Demak, dunyoning aylana ekanligi - yettinchi asrda nozil qilingan Qur’oni Karimdan olingan asosdir. Zotan Alloh insoniyatga haqiqatni o’rgatadi.

Allohning Kitobida  ta’kidlangan bu masala bir necha asrlar o’tib olimlar tomonidan tasdiqlandi. Qur’on Allohning so’zi bo’lgani uchun unda koinotni tasvirlashda eng to’g’ri so’zlar ishlatilgan. Bunday so’zlarni bilish va tanlashga inson ojizdir. Ammo Alloh barcha narsani bilguvchi, U hohlagan vaqtida odamzotga ushbu haqiqatlarni oshkor qilishi mumkin.  

Olamning kengayishi

14 asr ilgari, astronomiya fani hali ibtidoiy bo‘lgan paytda nozil bo‘lgan Qur’onda koinotning kengayishi quyidagi oyatda tasvirlab berilgan edi:

«Biz osmonni kuch-qudrat ila barpo etdik va darhaqiqat, Biz uni muttasil kengaytirib boruvchidirmiz.» («Zariyot» surasi, 47- oyat)

 “Osmon” so’zi Qur’onning turli oyatlarida fazo va koinot ma’nosida kelgan, jumladan ushbu oyatda ham. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, Qur’onda koinot “kengaytirilgani” oshkor qilingan va bugungi kunga kelib ilm-fan aynan shunday hulosaga kelgan.

20 asr boshlariga qadar ilm-fan dunyosida “Koinot o’zgarmas tabiatli va u cheksiz zamondan buyon mavjud” degan birgina qarash mavjud edi. Biroq zamonaviy tehnologiyalar vositasida olib borilgan tadqiqot, kuzatuvlar va hisob-kitoblar koinotning ibtidosi bor va u muttasil “kengayib” borishini isbotlab berdi.

Yo’ldoshlar

Bizning yerimiz va boshqa sayyoralarning yo’ldoshi borligi ko’pchiligingizga ma’lum. Aslida, faqatgina bizning Quyosh tizimidagi sayyoralarning emas, balki koinotdagi boshqa barcha fazoviy jismlarining ham o’zlarining alohida yo’ldoshlari bor.  Shuningdek ular hammasi juda aniq hisobli yo’nalishda harakatlanishadi. Ushbu ilmiy haqiqatni olimlar yaqin davrdagina kashf etdilar, ammo bu haqiqat 1400 yil ilgari nozil qilingan edi:

(Alloh) kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan zotdir. (Bularning) barchasi o‘z falak-fazosida suzurlar! (Anbiyo surasi, 33 oyat)

Bu oyatda ko’rinib turibdiki, Alloh bizga quyida aytilgan, yaqindagina kashf etilgan ilmiy dalil haqida ma’lum qilmoqda. Qur’on nozil qilingan paytda odamlar fazoviy jismlar muttasil o’z yo’llari bo’ylab harakat qilishini bilmas edilar. Ammo Alloh barcha narsalarni bilguvchi va U bandalariga nimani hohlasa shuni oshkor qiladi. 

Keling birga tekshirib ko’ramiz

Evolyutsiya nazariyasida ta’kidlanishicha, tirik mavjudod vaqt o’tib u o’zida boshqa hususiyatlarni rivojlantiradi va oqibatda boshqa bir tirik jonzotga aylanadi. Masalan, evolyutsiyachilarning ishonishicha, baliq bazi hodisalar natijasida sekin asta reptilyaga o’zgaradi.

Agar siz baliq qanday qilib reptilyaga aylanib qoladi deb so’rasangiz, ular shunday deb javob beradilar: Bir kuni baliq mutatsiya - irsiy buzilishni boshdan kechiradi, ya’ni u ham huddi Yaponiyadagi radiatsiya oqibatida zararlangan bolalar kabi hodisani boshdan kechiradi. Ushbu mutatsiya natijasida baliq bazi o’zgarishlarni boshdan kechiradi va qarabsizki bir kun kelib, million yillardan so’ng baliqni timsohga o’zgarib qolganini ko’rishingiz mumkin! Bu da’vo asossizdir. Bundan tashqari, mutatsiyalar jonzotlarga doim zararli ta’sir qiladi, ularni majruh yoki kasalmand qilib qo’yadi. Shunga qaramasdan, evolyutsiya nazariyasi hamon aynan mutatsiyalar baliqni evolyutsiya jarayonidan o’tib reptiliyalarga aylanishiga sabab bo’lgan deb o’zlarini o’qlab turaverishadi. Bu biron kishi ishonishi uchun noloyiq, o’ta ishonarsiz to’qib chiqarilgan g’oyadir.

Tabiiy seleksiya nima?

Sodda qilib tushuntirganda, tabiiy seleksiya - bu kuchliroq mavjudodlar tiriklari qolib zaifroqlari yo’qolib ketishidir.

Keling buni quyidagi misol orqali izohlasak: Aytaylik, masalan, kiyiklar to’dasi bor va yirtqichlar ularga doim hujum qiladilar. Bunday vaziyatda kiyiklar tez yugurishni boshlaydilar va ular orasidan eng tez yugurgani va eng chayirginasi jon saqlab qoladi. Vaqt o’tib zaif va sekin yuguradiganlari umuman yo’qolib boradi, chunki ular yirtqichlarning oviga ilinadilar. Shunda faqat sog’lom va baquvvat kiyiklar qoladi.  Natijada, bir qancha vaqt o’tgandan so’ng to’da faqatgina baquvvat kiyiklardan iborat bo’lib qoladi.

Endi siz Haqiqatni bilasiz

Shu vaqtgacha biz ta’kidlab o’tgan barcha hodisalar to’g’ri, lekin ularning evolyutsiyaga aloqasi yo’q.  Evolyutsiyachilar aytishicha, kiyik davomli evolyutsiya jarayonidan so’ng boshqa bir jonzotga aylanadi, masalan jirafaga. BU NOTO’G’RI, chunki kiyik qanchalik tez yugurishidan, yoki bo’ynini yuqoriga qanchalik uzun cho’zishidan  qat’iy nazar, u boshqa bir yaralmishga, misol uchun sherga yoki jirafaga  aylanaolmaydi.  Bu ertaklarda sodir bo’lishi mumkin halos. Aziz bolajonlar! Mana endi siz evolyutsiya nazariyasi tarafdorlari yolg’onchi ekanini bilib oldingiz. Shu ondan e’tiboran, o’zingiz guvoh bo’lgan barcha narsalar haqida fikr yuriting. Misol uchun, agar siz biron chivinni ko’rib qoldingiz deylik, o’ylab ko’rinchi, u qanday vujudga kelgan. Yoki meva yeyayotganingizda bu mevaga Alloh ta’am va hid bergani haqidagi asosni hayolingizdan o’tkazing. Osmonga qaragan chog’ingizda oy va yulduzlarni ko’rsangiz ularni osmonga terib qo’ygan Zot Yolg’iz Alloh ekanini hech qachon unutmang. Alloh haqida o’ylashni davom eting va do’stlaringizga ham Allohni doim eslatib turing. Shunda Alloh sizni chindan yahshi ko’rib qoladi va sizga o’zining go’zal ne’matlariga to’la hayot kechirishlikni nasib etadi, InshaAlloh.

(Evolyutsiya nazariyasi)

(Alloh yaratgan jonivorlar mo'jizasi)

HAYVONOT OLAMIGA SAYOHAT

BALIQLAR UCHADIMI?

Uchar baliqlar huddi qushlarga o’hshab qanotlari bilan uchmaydilar, balki  qushning qanotiga o’hshash qanotchalari bilan suzadilar. Ular soatiga 56 kilometr tezlikda suzadilar. Ushbu kichik baliqlar suvda qanotlarini yozib va dumlarini suvdan chiqarib tezroq harakatlanishlari mumkin. Shunday yo’l bilan ular suvda tez suzadilar.

Baliqchi qushlar

Baliqchi qushlar baliq tutishda katta mahoratga egadir. U qanotlaini yomg’irpo’sh shaklida boshi uzra keng yoyib yopib oladi. Natijada suv yuzasidan aks tushishidan to’sib soya qiladi.  Shunday qilib qush suv ostidagi o’ljasini bemalol ko’raoladi.  Uning qanotlari suv yuzasida aylana shaklda soya hosil qiladi va shu aylana ichida baliq ovlaydi.

TUYAQUSH

Tuyaqush judayam tez yuguradigan qushdir. U soatiga 70 km.gacha yuguraolishi mumkin. Tuyaqushning har bir oyog’ida ikki donadan barmoqlari bor va bu barmoqlarning biri ikkinchisidan ancha kattaroq.  Uning boshqalardan ajralib turadigan noyob qobiliyati - uning faqat shu katta barmog’ida yugurishidir.

KOLIBRI

Ko’rgan bo’lsangiz bu qush kichkinagina bo’lishiga qaramay juda uzoq masofalarga uchadi va ushbu parvoz mobaynida ular qanotlarini ikki yarim million marta atrofida  silkitadilar. Sizchi,  qo’llaringizni necha marotaba ko’tarib tushiraolasiz? Agar qo’llaringizni 50martacha yuqoriga pastga ko’tarib tushirib ko’rsangiz ertasi kuni ular og’rib qoladi.  Biroq ushbu nozik qushcha buni ikki yarim million marta barjarsa ham unga hech narsa qilmaydi.  Alloh bu qushlarni shunday o’ta qiyin vazifani uddalash qobiliyati bilan yaratgandir.

SUVDA SUZADIGAN QUSH

Bubilar shunday qushlarki, ular juda katta balandlikdan suvga sho’ngishadi va ularning oyoq barmoqlari orasini tutashtirib turuvchi pardalari bor. Alloh bunday suzishga moslangan oyoqlarni ularga dengiz yuzasida va tubida suzish uchun bergandir. Bubilar suvga sho’ng’ib baliq tutadilar va suv ostida uzoq masofalarga suzadilar.

Маърифат Акбарова

Муаллиф
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ислoмиятнинг шoнли тaриxи инсoният тaриxининг aжрaлaмaс бир бўлaги сифaтидa эътирoф қилинaди. Aлбaттa, бу тaриxнинг eнг нoдир жaвoҳири eсa ҳaзрaти Муҳaммaдс.a.в давоми...

3094 19:50 / 19.04.2017
Умар ибн Хаттоб розияллоҳу анҳу эслаганда .Абу Бакр бизнинг саййидимиз, саййидимизни озод қилган, дер эдилар. Кимсан ҳазрати Умардек зот .саййидимиз, деб давоми...

11995 19:54 / 19.04.2017
Бисмиллоҳ Ойижон Ойижон Артурларникига тушликка босам майлимиrdquo ndash Жамол шундай дея уйга югуриб кирди. Унинг ойиси сени таклиф қилдимиrdquo ndash меҳмонхонадан овоз давоми...

34346 20:12 / 19.04.2017
Ҳозирги кунда, кишиларнинг ҳаётига ҳам, атроф муҳитга ҳам кўп зиён келтиргувчи нарса бу шаробхўрлик, яъни алкоголизмдир. Қанчадан қанча мутахассислар бунга давоми...

5332 20:45 / 19.04.2017
Аудиолар

118727 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

40694 14:35 / 11.08.2021