1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Payg‘ambarimiz ulovga o‘tqazgan bolalar

10:24 / 21.01.2019 10035 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Aziz bolajonlar, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sizning tengdoshlaringizga o‘ta mehribon bo‘lganlari haqida bilasizmi? Bu haqda juda ko‘plab hadislar rivoyat qilingan. Keling, ulardan biri bilan tanishamiz. 

Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam safardan kelsalar, o‘z ahli baytlarining bolalari ila qarshi olinar edilar. Bas, u zot bir safardan kelganlarida qarshilariga avval men olib borildim. Bas, u zot meni oldilariga o‘tirg‘izib oldilar. So‘ngra Fotimaning ikki o‘g‘lidan biri olib kelindi. U zot uni ortlariga mingashtirib oldilar. Biz – uch kishi bir ulov ustida Madinaga olib kirildik».

Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘ta bolajon zot ekanliklari ma’lum va mashhur. U  ishi qachon bolalarni ko‘rsalar, xursand bo‘lib ketar, ularni erkalar edilar. Shuning uchun ham safardan qaytganlarida u zotni xursand qilish maqsadida birinchi bo‘lib ahli baytlaridan bo‘lgan bolachalarni qarshilariga olib borib, kutib olinar edilar. Bu ishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda ham xursand bo‘lar edilar.

O‘shandoq safarlardan biridan qaytayogan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qarshilariga  birinchi bo‘lib, Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhu olib borilibdi. Bas, u zot uni ko‘tarib olib, o‘z oldilariga, egarga o‘tirg‘izib olibdilar. Bu Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhu uchun, albatta, katta baxt. Lekin u kishi o‘zlarining undan ham katta baxtga muyassar bo‘lganlarini keyingi jumlada bayon qilmoqdalar:

«So‘ngra Fotimaning ikki o‘g‘lidan biri olib kelindi. U zot uni ortlariga mingashtirib oldilar».

Bundan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning otasidan yosh yetim qolgan Abdulloh ibn  Ja’far roziyallohu anhuning ko‘ngli uchun o‘zlarining mahbub nabiralari Imom Hasan va Imom  Husaynlardan birlarini ortlariga mingashtirib, Abdulloh ibn Ja’farni oldilariga olib, Madinagacha kirib borganliklari ko‘rinib turibdi. Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhuning o‘zlari esa xuddi shu holatni o‘zlari uchun faxr va e’zozga arziydigan narsa deb bilmoqdalar.

 

«Hadis va hayot» kitobidan

Муаллиф
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Maktablarning birida muallim birinchi sinf o`quvchilariga shunday topshiriq berdi Har biringiz kelajakda kim bo`lishni xohlashini aytsinrdquo.Javoblar turlicha edi. O`quvchilar ichida uchuvchirdquo, tabibrdquo, mirshabrdquo, deb aytganlar bo`ldi. Boshqalarining javobi ham shu narsalar atrofida давоми...

4683 19:00 / 07.01.2019
12Nuh qavmi orasida turib .Albatta, men siz uchun ochiqoydin ogohlantiruvchiman,, deganida, ba`zi odamlar .Bu qachon payg`ambar bo`lib qoldi, dedilar.Kecha o`zimizdan bo`lgan bir kishi edi, bugun esa men sizlarga Allohning elchisiman, deydi.Nuhning do`stlari .Bu biz bilan yoshlikda birga o`ynar давоми...

5098 19:50 / 26.11.2019
Firaposavnning jinniligi qo`zidi. Firaposavn joyida o`tirolmay qoldi. Momoqaldiroq bo`lib guldiradi, yashin bo`lib chaqnadi. Bechora Firaposavn Bugun u kutmagan narsalar bo`ldi. U Musoni sehrgarlar bilan mag`lub qilmoqchi edi. Sehrgarlar esa endi Musoning qo`shiniga aylandi. Firaposavn sehrgarlarni давоми...

3054 09:30 / 13.03.2022
18 Yusuf gap boshlab, ularga shunday dedi Sizlar qaerdansiz Biz Kan`ondanmiz. Otangiz kim Ya`qub ibn Ishoq ibn Ibrohim ularga Allohning salavoti va salomlari bo`lsin. Sizlarning boshqa ukalaringiz ham bormi Ha, bizning yana Binyamin ismli ukamiz bor. U nega sizlar bilan birga kelmadi Otamiz uni давоми...

12393 12:40 / 05.06.2019
Аудиолар

223640 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142575 14:35 / 11.08.2021