1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Qarindosh ziyoratining fazilati

17:10 / 13.01.2019 6542 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Qarindoshlarni ziyorat qilish eng go‘zal ibodatlardan biridir. Bunga beparvo bo‘lmaslik va uni unutmaslik kerak.

Bir kishi qarindosh ziyoratidan, ikkinchi kishi haj ziyoratidan qaytayotganda uchrashib qolishdi. Hol so‘rashgach, hoji:

– Qarindosh ziyorati savobini menga ber, men senga haj savobini berayin, – dedi. Bu orada g‘ayb olamidan ilohiy ovoz keldi:

«Zinhor qarindosh ziyoratining savobini berma. Biz sening bu ziyorating uchun qabul bo‘lgan yetmish haj savobini berdik».

Buni eshitgan ziyoratchi qarindosh ziyorati savobini haj savobiga almashmoqdan voz kechdi.

Haj qilgan kishi – Ka’bayi Muazzamani ziyorat etdi, u esa ko’ngil ziyoratida bo‘ldi.

Bir qudsiy hadisda Alloh marhamat etadi:

«Meni azamatim bilan arsh sig‘dirolmas, mo‘min qulimning qalbi sig’dirur».

Ey, farzand!

Kishi o‘g‘il-qizini kichik yoshdan tarbiyalab, odob bermog‘i kerak. Ma’lum yoshga yetgach, ba’zi narsalarni bolaga qabul qildirish qiyin bo‘ladi. Oila raisi oila a’zolarining ba’zi ayblarini kechirishi kerak bo‘ladi. Chunki oila raisidan a’zolar qo‘rqishadi. Zaif va kichiklar ayb qilishi mumkin. Shuning uchun ularni qo‘rqitishdan ko‘ra kechirish yaxshiroq.

Sadaqalarning eng afzali yaqinlarga va yaqin atrofga berilganidir. Xizmat mavqeida bo‘lganlar ham sadaqa va hadyalardan mahrum etilmasligi kerak. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyuradilar:

«Bir kishi oila a’zolarini yaxshi ko‘rgan taomlarini olib taomlantirsa, Alloh o‘sha kishiga ming savob berib, darajasini ming barobar ko‘taradi. O’sha kishini jannatda yaxshi ko‘rgan ne’matlariga yetkazadi».

Bir boshqa hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Kishining jufti haloliga, bolalariga va xizmatida bo‘lganlarga sadaqa berishidan va ularni qo‘llashidan savobliroq bir ish yo‘q. Alloh ham o‘sha qulini ehsonga g‘arq aylaydi va har turli falokatlardan asraydi».

Bolalarga birinchi o‘rgatiladigan narsa-kattalarga hurmat. Bu odob o‘rgatilayotganda ularga shafqat qanotlarini tutish kerak. O’g‘il bolalarning behuda qiz bolalar bilan yaqin bo‘lishi aqlga kelmagan yomonliklarga olib kelishi mumkin. Ularni xafa qilmasdan, bezor etmasdan foydali ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishiga diqqatlarini tortish kerak.

Bolalarni yetti yoshdan e’tiboran, namoz o‘qishga to‘qqiz yoshga kirgach, ro‘za tutishga odatlantirish, mahram va nomahram mavzularini ularga o‘rgatish kerak. Bolalarning ta’lim-tarbiyasi nihoyatda muhim va nozik mavzudir.

Bilmaganni bilimdon va samimiy bir mutaxassisdan o‘rganish kerak.

Qiz bolani kamolga yetkazadigan atrof-muhit, o‘quv yurti va maktabni yaxshilab o‘rganish lozim. To‘g‘ri kelgan joyda o‘qitish, tarbiyasiga e’tiborsizlik oqibati yaxshi bo‘lmaydi.

Kelin-kuyov masalalarida iffat tuyg‘usidan, Alloh qo‘rquvidan yiroq oilalar bilan zo‘raki qarindoshlik iplarini bog‘lasa chigal, zararli natijalarga olib keladi.

Eng buyuk martaba – ilm, eng ulug‘ fazilat – Allohdan qo‘rqish, eng ulkan boylik – salomatlik. Uylanishda bo‘lganidek, kasb tanlashda ma’lum yoshga kirgan navqiron yigit-qizlarga ishonch bildirish lozim. Zo‘rlash yo‘lidan bormasdan ishontirish yo‘lidan borish afzal.

Yoshlarni yetuklik, hayot yo‘liga yo‘llashda islom va zamon shartlari muvofiqligiga e’tibor berish foydalidir.

Go‘zal bir oila qurishda tadbirlar ko‘rib, Allohga tavakkal etish kerak.

"Ey, farzand!" kitobidan

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
16Nuh, qavmini daaposvat qildi, va nasihatgo`y bo`lishga harakat qildi..Ey qavmim, albatta men siz uchun ochiqoydin ogohlantiruvchiman. Allohga ibodat qilinglar, Unga taqvo qilinglar va menga itoat qilinglar. U sizlarning gunohlaringizdan mag`firat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qo`yib давоми...

3300 13:55 / 23.12.2019
Lekin uzoq davom etgan qullik Bani Isroilga o`z ta`sirini o`tkazgan, ularning xulqatvori va hayotdan zavq olish hissini buzgan edi.Bani Isroil bola tabiatli bo`lib qolgandi. Ular hech bir narsada uzoq vaqt tura olmasdilar. Besabr, beqaror kishilarga aylanishgan edi. Shukri kam, nolishi ko`p, давоми...

1882 16:13 / 24.10.2022
17Nuh ko`p harakat qilib, qavmini uzoq vaqt daaposvat qildi. Nuh o`z qavmida ellik yil kam ming yil, yaaposni to`qqiz yuz ellik yil turib, ularni Allohga daaposvat qildi. Lekin Nuhning qavmi iymon keltirmadi. Butlarga ibodat qilishni tark etib, Allohga qaytmadilar. Nuh qachongacha kutadi давоми...

7548 19:03 / 29.12.2019
Hajarul asvad nima ekanini bilasizmi Hajarul asvad .qora tosh, degani. Aslida mening nomim hajarul asad, yani baxt toshi bolgan. Men jannatdan tushganman. U paytda nuqradek shaffof oq tosh edim. Oh... jannat qanday joyki Shu desangiz men yerga tushgandan keyin arab sahrosida yana bitta oy paydo давоми...

5239 13:26 / 01.12.2024
Аудиолар

223709 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142635 14:35 / 11.08.2021