1445 йил 19 Рамазон | 2024 йил 29 март, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ibratli hikoya

15:35 / 10.01.2019 9957 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Rivoyatga ko‘ra, Hasan Bisriy hazratlari bir haj mavsumida ortida zambil bilan tavof etayotgan bir kishini ko‘rdilar:

– Orqangizdagi zambilni qo’yib, bemalolroq tavof etsangiz bo‘lmaydimi? –dedilar.

– Orqamdagi zambil yuk emas, og’irligini men sezmayman. U otam (bittasida onam deyilgan)dir.

Yetti galdan beri Shom tomondan ko‘tarib kelib, haj qildirib ketyapman, – dedi u kishi.

Hasan Basriy hazratlari aytdilarki:

– Ey, aziz birodar. Umringiz yetib qiyomatgacha shunday qilsangiz ham, ota-onaning bir martagina: «Sendan roziman, farzandim!» degan roziligiga teng bo‘lolmaydi. Hech bir ibodat ularni xursand qilishning o‘rniga o‘tmaydi!»

Ey, farzand!

Sahobalardan biri Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, shunday dedi:

«Yo Rasululloh! men ota-onamni sevintirmoq istardim, ammo ular ilgariroq vafot etishgan. Endi ular uchun ne qilishim mumkin?»

Janob Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etdilar:

«Ular o‘lgach ham, ularga xizmat qilish mumkin. Barcha duolaringda ularni esla, doim haqlariga duo qil. Ular uchun Qur’on o‘qi, tavba va istig‘for ayt!»

Boshqa bir sahoba so‘radi:

«Yo Rasululloh! Ular uchun bundan boshqa yana qilishimiz zarur bo‘lgan yaxshiliklar bormi?»

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etdilar:

«Ular uchun sadaqa bering, yaxshiliklar qiling, haj qiling! Ular uchun qilajagingiz bir hajdan ularga bir haj savobi, sizga esa yetti haj savobi beriladi. Sadaqa va boshqa yaxshiliklarga ham shunday!»

Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:

«Yo Rasululloh! Mening ota-onam juda shafqatsizlar. Ularga qanday yaxshi muomala qilishim mumkin», dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

«Onangiz sizni to‘qqiz oy qorinlarida ko‘tarib yurdilar. Ikki yil emizdilar. Ulg‘ayguningizcha bag‘rilarida saqladilar. Quchoqlarida katta qildilar. Otangiz esa ulg‘ayguningizgacha qancha-qancha jafolar chekdilar. Onangiz bilan birga ulg’ayishingizga yordam berdilar. Buncha ishlarni siz uchun qilganlarni siz beshafqat deysizmi?!»

Ey, farzand!

Ota-onaga yaxshilik bilan bog‘liq shunday bir hikoya bor:

Hazrati Muso alayhissalom Alloh taolodan so‘radilar:

«Allohim! Jannatdagi qo‘shnim kimligiga qiziqayapman. Shundan menga xabar ber».

«Ey, Muso! Sening jannatdagi qo‘shning falon manzildagi qassob».

Muso alayhissalom turib, o‘sha qassob yashaydigan shaharga jo‘nadilar va qassobning manzilini topdilar. Qassob go‘sht sotish bilan mashg‘ul edi. Kutib turdilar.

Qassob ishini tugatdi. Muso alayhissalom salom berib, qassobning yoniga bordilar. Musofir ekanliklarini aytib, mehmon qilishini so‘radilar. Qassob: «Xush kelibsiz!» deb, Musoni alayhissalom uyiga boshlab keldi.

Taom tayyorlab, izzat-ikromda bo‘ldi. Qiladigan ishlari bo‘lgani uchun kutmasdan ovqatlanishlarini o‘tinib, o‘choq boshiga keldi. Bir parcha go‘sht pishirdi. Xonasiga bir zambilni keltirdi. Ichida faqat suyaklari qolgan zaif bir kampir bor edi. Kampirning ovozi ham shu qadar bo‘g‘iq va zaif ediki, xuddi pashshaning g‘ing‘illashiga yoki chivinning vizillashiga o‘xshab chiqardi.

Zambil ichidagi kampirni avaylab, ranjitmasdan chiqardi. Tayyorlagan go‘shtni maydalab qo‘llari bilan bir-bir yedirdi. Suvini ichirdi. Taglarini almashtirib, yuvib, pokladi, artib, quruqladi. Ostlariga yumshoq to‘shak to‘shab, yumshoq bo‘z bilan o‘rab yana zambil ichiga ranjitmasdan joylashtirdi.

Zambilni yana avvalgi joyiga ilib qo‘ydi.

– Bu zambil ichidagi kim? – deb so‘radilar Muso alayhissalom.

– Onam. Qarib shu holga kelib qoldilar. Shomu-sahar xizmatlaridaman, – dedi qassob.

Bir narsa Musoning alayhissalom diqqatlarini tortdi. Keksa ayol:

«Allohim! Men o‘g‘limdan mamnunman, roziman! Iloho! Uni jannatda hazrati Musoga qo‘shni ayla!» – deya nozik, zaif ovozda tinimsiz duo qilardi. Muso alayhissalom chiday olmadilar:

«Ey, baxtiyor kishi! Alloh taolo sizning o‘tgan, avvalgi gunohlaringizni kechirdi. Onangizning duolarini qabul qilib, sizni oxiratda, jannatda Musoga qo‘shni ayladi! – dedilar.

Alloh ota-onaning farzand uchun qilgan yaxshi duolarini ham, badduolarini ham rad etmaydi. Farzand uchun ikki dunyo saodati, ota-onaning ikki labi orasidadir.

Amaki, xola, tog‘a va amma ham ota-ona kabidirlar. Ularni ham sevintirib, duolarini olish zarur!

"Ey, farzand!" kitobidan

Мавзуга оид мақолалар
Imom G`azzoliy haqlarida bir necha so`zHujjatul islom Imom G`azzoliy hazratlari bir necha asrlarda bir keladigan buyuk islom mutafakkirlaridan biri sanaladi. Hijriy 450 m.1058 yilda Eronning Xuroson viloyati, Tus shahrida dunyoga kelib, hijriy 505 m. 1111 yilda shu yerda vafot etganlar. Hayratda давоми...

5336 17:39 / 22.10.2018
.Muso ularga dedi .Sizlar tashlaydigan narsangizni tashlangizlar,..Bas sehrgarlar iplari va asolarini tashladilar va .Firaposavn izzatiga qasamki, albatta biz g`oliblardirmiz,, dedilar,.Shunda kishilar g`alati narsaning guvohi bo`ldilar. Maydonda ilonlar sudralib yurardi. Odamlar dahshatga tushdi. давоми...

2842 13:00 / 27.02.2022
Assalomu alaykum, hikoya qilish navbati nihoyat menga ham yetib keldi. Qadimgi paytlarda yuk tashishda mening oldimga tushadigani yoq edi. Mashinalar, poezdlar, samolyotlar paydo boldiyu, odamlar meni eslaridan chiqarib qoyishdi. Meni ilgari uluglashib .Sahro kemasi, ham deb atashardi. Mening давоми...

1161 09:19 / 11.11.2023
Alloh taolo aynan Firaposavn qo`rqib ogohlantirayotgan hodisaning amalga oshishini iroda qildi. Kelajakda Firaposavn mulkini yo`q qiladigan ana o`sha go`dak dunyoga keldi. Bani Isroilning Firaposavn qo`lidan ozod bo`lishiga, taqdir qilgan ana o`sha go`dak dunyoga keldi. Insonlarni insonlarga давоми...

2059 13:30 / 15.08.2021
Аудиолар

118781 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

40730 14:35 / 11.08.2021