1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Shayx Zunnuni Misriyning o’giti

14:08 / 08.12.2018 5201 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Zunnuni Misriy hazratlari deydilarki: Shu o‘gitlarni tutgan kishining dunyosi va oxirati obod bo‘ladi.

Me’dasi ovqat bilan to‘la kishining ko‘nglidan ilmu hikmat joy olmaydi.

Gunoh qilishdan saqlangan kishilarga mujdalar bo‘lsin!

Gunohlardan saqlanmoq yo‘li – kam yemoqdir.

Oz yemoq, ko‘p zikr etmoq Alloh rizosiga yaqinlashtiradi.

Allohdan qo‘rqish alomati – quyidagilardir:

1. Har bir ishni yaxshi niyatda boshlamoq.

2. Nafs bilan kurashib, uni yengish.

3 O’limni juda yaqin bilib, so‘nggi nafasida imon bilan ketish uchun diqqat-e’tibor va andishali bo‘lish.

4. Har narsadan Alloh rizosini ustun qo‘ymoq. U rozi bo‘lmaydigan narsalardan uzoq turmoq.

5. Bid’atlarni, dinga keyinchalik suqilib qolgan narsalarni tashlab, sunnat bo‘lgan amallarni bajarish.

6. Hech bir gunohni kichik hisoblamaslik.

Alloh rizosini ko‘zlaganlar va izlaganlar bu olti narsaga amal qilsin!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Bir kishi zikr va duo majlisida bo‘lib, birga zikr etib, duolar qilsa, Alloh o‘sha kishini zikr va duo ahli sifatida qabul qilib, himoyasiga oladi. Alloh himoyasi ostiga olgan kishini esa aslo jazolantirmaydi».

Yana Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Aksirgan kishi «Alhamdulillah» deganida Alloh u kishini yetmish xil g’am-qayg‘u va falokatdan saqlaydi».

Alloh huzurida shu to‘rt kalimadan sevimliroq bir narsa yo‘q. Bir kishi bu to‘rt kalimani shomu sahar yuz martadan o‘qisa, barcha xohishu istaklariga yetadi. Alloh shu duo hurmatidan o‘sha kishining oxirat murodini ham beradi. Mana o‘sha to‘rt kalima:

«Subhanallohi val hamdu lillahi. Va la ilaha illallohu vallohu akbar. va la havla va la quvvata illa billahil aliyyil aziym.

Yana bir tasbeh mana bunday tarzda:

«Subhanallohi va bi hamdihi subhanallohil aziym».

Bir kishi ixlos bilan shu tasbehni shomu sahar yuz martadan aytsa, Alloh o‘sha kishiga qabul bo‘lgan yuz haj savobini beradi.

Iymon besh burchli qal’aga o‘xshaydi.

Birinchi burji oltindan, ikkinchi burji kumushdan, uchinchi burji po‘latdan, to‘rtinchi burji tunj (bronza, ruh) dan, beshinchi burji misdan.

Qal’a ichiga o‘g‘ri kirsa, qimmatli narsalarni o‘maradi. Iymon qal’asining o‘grisi – shayton.

Mis burji – adabdir. Adab bo‘lmagan joyga shayton kiradi. Adab burjiga shayton yo‘llay olmaydi. U zotning iymoni ozod, najot topadi. Po‘lat deganimiz vujud, temir deganimiz tandir. Tunj deganimiz farzdir. Kumush deganimiz – ixlos. Oltin deganimiz – Allohga yaqinlik.

Kimning adabi bo‘lsa, sunnatga yo‘l topadi.

Sunnatga amal qilgan ixlosga yo‘l topadi. Ixlosli kishi Allohga yaqinlashadi. Yaqinlikka erishgan esa Allohga vosil bo‘ladi.

Adabga e’tibor etmagan sunnatdan uzoq qoladi. Sunnatga ahamiyat bermaganning farzi qusurli bo‘ladi. Farzi qusurli bo‘lganning samimiyati bo‘lmaydi.

Berganini Alloh roziligi uchun bergan, sevganini Alloh rizosi uchun sevgan, sevmaganini tag‘in Alloh rizoligi uchun sevmagan kishining iymoni komildir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Ey, sevimli ashobim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Odobi, xulq-atvori, tarbiyasi, tabiati go‘zal bo‘lib, insonlarga yaxshilik qiluvchingiz sizlarning iymonda mukammalingizdir».

Haqiqatan bu to‘g‘rida Alloh marhamat etadi:

«Va albatta, sen buyuk xulqdasan» (Qalam surasi, 4-oyat).

Bu oyatda Alloh Habibini vasf etmoqda, maqtamoqda. Agar bir kishi go‘zal axloqqa ega bo‘lsa,

Мавзуга оид мақолалар
12 Yusuf va`z aytishni tugatgach, ularga tushlarining ta`birini aytib berdi. Sizlardan biringiz xo`jasiga xamr soqiyligi qilur. Boshqasi bo`lsa, osilur va qushlar uning boshidan yeydirrdquo.Biriga Xo`jayining huzurida meni esga olrdquo, dedi.Ikkovi chiqib ketishdi, biri podshoh suv tashuvchisi давоми...

32872 17:00 / 05.05.2019
Aziz bolajonim Bobongiz, buvingiz, otaonangiz yoki boshqa kimdir sizni erkalasa, mahkam quchoqlasa, sayr qildirsa, o`ynatsa, yuzlaringizdan o`psa, chimchilasa, bilingki, ularning qalbiga Alloh mana shunday mehrmuhabbat joylagan. Sizni ko`rganda ichichidan quvonchga, zavqu shavqqa to`ladi.Mehr давоми...

7072 11:03 / 29.01.2019
Ey, farzandBoylikka havas qalbni qattiqlashtiradi.Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.Sabrli faqir, din jihatidan boydir. Qirq kun ilmiga amal etguvchi olimlar majlisida davomli qatnashgan kishining qalbi nurlanadi. Chunki ilm ndash qalb jilosidir,.Alloh bir kishiga давоми...

3953 11:39 / 02.01.2019
Hud qavmi ichida turib, daaposvat qilgan holda .Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q,, Aaposrof surasi, 65oyat dedi. Qanday qilib, yaratgan zotga ibodat qilmay, toshlarga ibodat qilasizlar Ey qavmim Bu toshlarni sizlar kechagina yasagan bo`lsangiz va bugun давоми...

3397 15:00 / 09.01.2021
Аудиолар

223694 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142621 14:35 / 11.08.2021