1447 йил 23 жумадис сони | 2025 йил 14 декабрь, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Supraning hikoyasi

16:52 / 31.03.2024 2078 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Assalomu alaykum, kamina supra bo‘laman. Ha, sira ham ajablanmang, onajoningiz un elab, xamir qorib, zuvala yasaydigan, ugra kesadigan o‘sha supraman. Men ham ikki olam sarvari Muhammad alayhissalom haqlarida hikoya qilmoqchiman. Guvohiga aylanganim u muborak zotning ajoyib va g‘aroyib mo‘jizalari haqida sizga gapirib bersam.


Bu voqea juda g‘aroyib bo‘lgan. Aslida payg‘ambarlarning mo‘jizalariga hech hayron qolmaslik kerak. Ha, bariga ishonish, rost deb qabul qilish kerak, chunki payg‘ambarlarga mo’jizalar Alloh tomonidan beriladi. Ana shunaqa oddiy odamlar qilolmaydigan ishlarni payg‘ambarlar qilishadi.
O‘shanda Payg‘ambarimiz bir yarim ming chog‘liq kishi bilan Madinadan haj qilish uchun Makka shahriga kelgan edilar. Bu muborak kunni ular ko‘pdan orziqib kutishardi. Biroq Makka kofirlari Payg‘ambar boshliq kishilarni Baytullohga qo‘yishmadi. Ha, benomuslarcha ish tutishdi. «Kelgusi yili kelsalaring, biz Makkadan chiqib turamiz, bemalol Baytullohni haj qilib ketaverasizlar», degan shartni o‘rtaga qo‘yishdi. Yo‘q deyishsa, ikki o‘rtada qon to‘kilish xavfi tug‘ildi. Bunday bo‘lishini Payg‘ambarimiz alayhissalom xohlamadilar va kofirlar bilan Islom tarixida o‘chmas iz qoldirgan Hudaybiya sulhi tuzildi. Keyinchalik bu sulh musulmonlarning to‘la g‘alabasi bilan yakun topdi.


Shunday qilib, madinaliklarga bu safar muborak haj amali nasib etmadi. Haj qilmagan bo‘lsalar ham o‘zlari bilan olib kelgan qurbonliklarini Alloh yo‘lida so‘yib, faqirlarga tarqatishdi. Ziyoratni kelgusi yilga qoldirib, Madinaga qaytishdi.


Arab sahrolari qadimdan o‘zining jazirama issig‘i, yog‘ingarchilikning kamligi bilan mashhur. Ha, bu yerlarning qumlariga tuxum ko‘msa pishadi. Odamlar chuqurligi qirq quloch, oltmish qulochlik quduqlardan suv tortib jon saqlashardi. Makka bilan Madina shahrining oralig‘i besh yuz chaqirimlik masofa. Yo‘l olis, sahro cheksiz. Odamlar niyatlari amalga oshmaganidanmi, ruhiyatlari past, g‘amgin edilar. Buning ustiga oziq-ovqat ham tugab borardi. Chor atrofda na bir o‘tov, na bir quduq ko‘rinardi. Bor quduqlardan ham suv qochgan edi. Oxiri odamlarning sillasi qurib, yurishga ham madorlari qolmadi. Suvsizlik yoniga ochlik ham qo‘shildi.


Shunda bir necha kishi Payg‘ambarimiz yonlariga kelib, arzi hol qilishdi:
– Ey Allohning Rasuli, ruxsat eting, hech bo‘lmasa tuyalarimizni so‘yib yeylik. Bu ahvolda ochlikdan halok bo‘lamiz.


– Ha, shunday qilaylik, sal bo‘lsa-da quvvatlanib olaylik. Tuyalarning yog‘i ham dori, ham darmon bo‘ladi bizga. Buning ustiga ko‘pchilikning oyoq kiyimi to‘zib bitdi, so‘yilgan tuyalarning terisidan choriqlar tikib olardik.


Muhammad alayhissalom bu arzlarni tinglab, o‘ylanib qoldilar va hazrat Umarga qaradilar. Hazrat Umar bu taklifga qarshilik bildirdi:
– Yo Rasululoh, bu ishga hargiz ruxsat etmang, ha-ha, rozi bo‘lmang. Biz bilan sulh tuzgan dushmanlarimizga ishonib bo‘lmaydi. Ular xohlagan joydan: orqadanmi, oldindanmi hujum qilib qolishi mumkin. Unda tuyalarsiz holimiz nima bo‘ladi? Siz, Allohning haq Payg‘ambarisiz, tuyalarni so‘ymaylik-da, bor yeguligimizni olib kelaylik. Siz duo o‘qib, osh-ovqatimizga barakot kiritib bering, shunda biz ochlik balosidan qutulamiz.


Bu taklif Payg‘ambarimizga ma’qul tushdi va tekis pokiza maydonga meni yoydirdilar. Odamlar to‘plangan oziq-ovqatni ustimga keltirib qo‘yishdi. Bunga o‘n kishi ham to‘ymas edi. Shunda Rasululloh alayhissalom duo o‘qidilar. Men ustimdagi ne'matga hozir barakot kirib, tog‘dek ko‘tarilib ketsa kerak deb o‘yladim. Aslo unday bo‘lmadi, qanday bo‘lsa, shundoqligicha turaverdi. Rasulluloh esa odamlarni taomlanishga taklif qildilar. Odamlar to‘rt tarafdan kelib yeyishyapti, yeyishyapti... Ey voh, qani endi mendagi taom tugasa. Bir emas, ikki emas, o‘n emas, yuz emas bir yarim mingga yaqin odam taomlanib oldi hamki, mendagi yegulik zarracha ham kamaymadi. Oxiri hamma to‘ygach, Payg‘ambarimiz:
– Endi hammangiz Madinagacha yetadigan qilib, yegulikdan g‘amlab oling, – dedilar.


Qarang, bir yarim ming kishi xurjunlarini noz-ne’matga to‘latib oldi. Shunda ham ortib qoldi. Payg‘ambarimiz bu ishdan ko‘p mamnun bo‘ldilar va muborak yuzlarida tabassum balqib: 
– Guvohlik beraman, Allohdan o‘zga hech bir iloh yo‘qdir, yana guvohlik beraman, men Allohning barhaq payg‘ambariman, – dedilar va turganlarga qarab: – Har kishi shu kalimani tilida aytib, dilida tasdiqlab dunyodan o‘tsa, u kishi do‘zax o‘tidan omonlik topadi, – deb marhamat qildilar.


Albatta, odamlar ovqatlanish barobarida suvsadilar ham. Shundoq ham oftob jazillatib turgan edi-da, yeyilgan taom tashnalikni battar oshirdi. Buni sezib turgan Payg‘ambarimiz suv keltirishni so‘radilar. Sahobalar idishlarni silqitib, ozginagina suv topib kelishdi. Uni bir xumchaga quyib, Payg‘ambarimizning qo‘llariga tutqazishdi. U zot «Bismillah» deb suv idishga muborak qo‘llarini solgan edilar, barmoqlari orasidan suv toshib-toshib chiqa boshladi. Ha, shunday bo‘ldi, men suvning muzdekkina ekanini, odamlar bo‘lsa uni shoshib-shoshib, huzurlanib ichishayotganini ko‘rib turardim. Bir yarim ming kishi suv ichib tashnaligini qondirdi. Qanchadan-qancha suv idishlarini to‘latib ham olishdi, hatto tuyalarini ham sug‘orishdi. Tahoratlanib, poklanib, namozlarini o‘qishdi.


Allohning suygan quli, haq Payg‘ambari ana shunaqa mo‘jizalarni sodir qilganlar. Bu mo‘jizalarni ko‘rganlar umrlarining oxirigacha hayrat bilan gapirib yurishdi. Endi mening bu hikoyam sizlarning ham esingizdan chiqmasligiga ishonaman. Nega desangiz hech bir xonadon yo‘q-ki, u yerda supra bo‘lmasin. Oyijoningiz kunora supra yozib, sizlarga shirin-shirin kulchalar yopib berganida meni ham eslab qo‘ying!

Erkin bobo

 

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
14Nuh alayhissalom qavmini, iymon keltirib, Allohga ibodat qilishlari va butlarni tark qilishlari uchun ko`p harakat qildi. Lekin qavmidan baaposzilaridan boshqa hech kim Nuh alayhissalomga iymon keltirmadi. Unga baaposzi bir qo`l mehnati bilan mashg`ul bo`lgan, halol luqma yeydiganlardan boshqa давоми...

3472 11:08 / 08.12.2019
Muso alayhissalom Allohga duo qildi. Pok Parvardigor Bani Isrol qavmiga bir sigir so`yishni vahiy orqali buyurdi. Xuddi mana shu yerda masala chigallashdi. Bani Isroil yana masxaraomuz savollarini boshlagandi. .Eslang Muso o`z qavmiga .Alloh bir sigir so`yishlaringni buyurdi, deganda ular давоми...

5349 15:00 / 02.01.2023
Ular suratlardan haykallarga o`tdilar. Solih kishilarga ko`plab haykallar yasadilar. Ularni, uylariga va masjidlariga qo`ydilar. Ular, Allohga ibodat qilar va unga hech narsani sherik qilmasdilar. Bu haykallar, solih kishilar ekanini bilardilar. Albatta, bular bir tosh bo`lib, ularga foyda ham давоми...

2385 17:38 / 06.10.2019
Siz men haqimda kop eshitgansiz. Mening makonim ndash Allohning uyi Kabatullohdir. Shuning uchun haj va umra safariga borgan hojilar meni ozlari bilan olib kelishadi, yaqinlari va qoniqoshnilariga, ayniqsa, siz bolajonlarga bir hoplamdan bolsada ulashishadi. Meni shunchaki emas, qiblaga qarab, давоми...

2949 10:13 / 04.11.2024
Аудиолар

213382 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

132601 14:35 / 11.08.2021