1445 йил 23 шаввол | 2024 йил 02 май, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Qumbaliqning hikoyasi

09:57 / 23.10.2023 2071 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Assalomu alaykum, men oʻzimni sizlarga qanday qilib tanishtirsam ekan-a? Sizlarning koʻpchiligingiz meni koʻrmagansiz. Meni Arab diyorlarida Zab deb atashadi. Asosan sahrolarning qum barxanlari orasida yashayman. Ikkinchi nomim ham bor – Qumbaliq. Koʻrinishim baliqqa oʻxshasa kerak-da, shuning uchun Qumbaliq deyishadi. Baliq, bilasiz, suvda yashaydi. Men boʻlsam qumda. Odamlar suvdagi baliqlarni ovlashgani kabi meni ham ovlashadi. Ha, pishirib yeyishadi.


Mayli, gap bu haqda emas, gap Allohning haq Paygʻambari Muhammad alayhissalomning shafoatlariga yetishmoq haqida. U kishini bir bor koʻrishni, muborak soʻzlarini eshitishni nafaqat odamlar, biz jonivorlar ham orzu qilar edik. Shunday moʻjiza yuz berishini Allohdan yolvorib soʻrardik. Qani endi u zoti muborakning biron-bir moʻjizalariga biz ham guvoh boʻlsak, der edik.
Bir kuni gʻayridin bir odam meni tutib oldi. U sahroda yashaydigan kattakon bir qavmdan edi. Bu qavmda yashovchilar Lot, Manot degan butlarga sigʻinishardi. Ana shu arobiy yoʻlda keta turib bir qancha odamlarning toʻplanib turganiga koʻzi tushdi. Odamlar kimningdir gapini diqqat bilan tinglashar edi. Arobiy odamlarga yaqinlashib «Bu yerda nima boʻlyapti?» deb soʻradi. «Allohning haq Paygʻambari Muhammad Rasululloh va`z aytayaptilar», deyishdi unga. Arobiy qiziqib, davraga kirdi, bundan men juda quvonib ketdim. Chunki Muhammad alayhissalomning muborak ovozlarini eshita boshlagan edim-da! U kishi Alloh yuborgan din – Islom dini haqida gapirardilar. Bu yorugʻ dunyo sinov dunyosi ekanligini, oxirat kunida qayta tirilish borligini, bu dunyoda savob topganlar jannatga doxil boʻlishlarini, gunohkorlar esa doʻzax azoblariga duchor boʻlishlarini uqtirardilar.


Arobiy oʻta andishasiz, qoʻpol, qoʻrs, ammo qoʻrqmas odam edi. U Paygʻambarimizning muborak soʻzlarini eshitar ekan bir qadam oldinga chiqdi-da, jahl bilan dedi:
– Ey Muhammad, qanchalar yolgʻon soʻzlarni demoqdasan. Odam bolasi chirib tuproqqa aylangandan keyin yana qayta tirilishiga qaysi ahmoq ishonardi. Meni odamlar zolim deb malomat qilishmaganida hoziroq seni oʻldirgan boʻlardim. Sen yolgʻonchisan!

 


Toʻplanib turganlar uning bu soʻzlaridan bir toʻlgʻanib tushishdi va arobiyga qahr bilan qarashdi.
– Yo Rasululloh, – dedi ulardan biri, qilichiga qoʻl yuborib, – ruxsat eting, bu kofirning boshini olay.
Shunda Rasululloh u kishini qaytarib:
– Bilurmisan, ey Umar, sabrli kishining darajasi Paygʻambar darajasiga yaqindur, ogʻir boʻl, – dedilar.


Shunda arobiy qoʻyniga qoʻl soldi-da, meni olib, oʻrtaga tashladi va dedi:
– Ey Muhammad, sening haq Paygʻambar ekanligingga shu jonivor guvohlik bersa, Lot, Manot xudolarimiz bilan qasam ichib aytamanki, shu zahoti ulardan yuz oʻgirib, iymon keltiraman. Va sening diningga kiraman.


Turganlar endi nima boʻlarkin, deb bir menga, bir Paygʻambarimizga qarab qolishdi. Men esa Muhammad alayhissalomning muborak amrlarini kutardim. Shunda ul zot dedilar;
– Ey Zab!
– Labbayka va saʻdayka yo Rasululloh, – dedim. 
Ha, Ollohning qudrati bilan menga arobiy zabon ato boʻlgan edi. Turganlar gur etib chayqalib ketdilar, ba’zilari «La ilaha illalloh», deb shu zahoti iymon keltirishdi. 


Paygʻambarimiz davom etdilar:
– Ey Zab, kimga ibodat qilursan?
– Yer-u-koʻkda hukmi bor, doʻzaxda esa azobi bor – ulugʻ qudrat Egasi Allohga ibodat qilurman, – dedim.
– Ey Zab, meni kim deb bilursan?
– Barcha olamni yaratgan Allohning haq Paygʻambari deb bilurman. Siz Allohga yetishgan jamiki insonlarning va paygʻambarlarning sarvaridursiz. Sizga iymon keltirganlar ikki dunyo saodatini topgay. Sizdan yuz oʻgirganlar esa abadiy doʻzax azobida qolgay, – dedim.


Shu payt butparast arobiyning avzoyi oʻzgardi, yuzlari nurlanib ketdi va shu zahoti iymon keltirib:
– Laa ilaha illalloh-u Muhammadur Rasululloh. Ey ulugʻ zot, hozirgina sizni dushman bilgan edim. Siz Allohning haq Rasuli, moʻminlarning doʻsti ekansiz, – dedi.
Muhammad alayhissalom bu voqeadan keyin Allohga hamd-u sanolar aytdilar va arobiyga qarab dedilar:
– Musulmon boʻlishdek ulugʻ ne`matni Alloh senga nasib etdi. Islomning chirogʻi namozdir.
Shunday deb Muhammad alayhissalom arobiyga «Fotiha» bilan «Ixlos» suralarini oʻrgatdilar. Arobiy musulmon boʻlib, oʻz qabilasi tomon yoʻlga tushdi. U meni hamon qoʻynidan qoʻymas, biroq endi menga oʻlja deb emas, balki doʻst oʻrnida qarar, hali zamon qumliklarga yetishimiz bilan qoʻyib yuborishi haqida oʻylardi. Shu payt bizning roʻparamizdan ming chogʻlik qurollangan dargʻazab kishilar chiqib qolishdi.
– Ha, – dedi arobiy ularning yoʻlini toʻsib, chunki u shu qabiladan edi.
– Biz, – dedi haligi kishilarning boshligʻi, – bir yolgʻonchi Paygʻambar chiqqanligini eshitdik, uni yoʻq qilmoq uchun bormoqdamiz. Lot va Manot butlarimiz haqqi qasam ichdik.


– Bu ishingiz xato, men ul hazratning huzurlarida boʻldim va iymon keltirdim, – deya voqeani hikoya qilib berdi. Niyati buzuq odamlarning qalbi birdan yumshadi va ular ham musulmon boʻldilar. Paygʻambarimizni ziyorat qilish uchun yoʻlga tushdilar...

Erkin bobo


«Ҳилол» журналининг 6(51) сонидан


 

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Bir kuni hazrati Hasan Basriyning huzurlariga bir ayol kelib, shunday dedindash Ey, Allohning do`sti Sizga savollarim bor, javob berishingizni istayman,ndash So`rang, ndash dedilar Hasan Basriy hazratlari.ndash Ey.. Imom Din pokligi, din javhari, din xazinasi nima ndash dedi ayol.Hasan Basriy давоми...

22364 18:05 / 02.12.2018
Ey, farzandBu qismda masjidlarga aloqador odoblardan so`z ochamiz. Masjidga borayotgan kishining har qadamiga savob yozilib, gunohlari afv etiladi.Masjidga o`ng oyoq bilan kiriladi. Shu onda .Allohim Bizga rahmat eshiklarini ochgaysan, deya duo qilinadi. Keyin chap oyoq ichkari olinadi. Agar masjid давоми...

14856 16:30 / 01.11.2018
12 Yusuf va`z aytishni tugatgach, ularga tushlarining ta`birini aytib berdi. Sizlardan biringiz xo`jasiga xamr soqiyligi qilur. Boshqasi bo`lsa, osilur va qushlar uning boshidan yeydirrdquo.Biriga Xo`jayining huzurida meni esga olrdquo, dedi.Ikkovi chiqib ketishdi, biri podshoh suv tashuvchisi давоми...

24144 17:00 / 05.05.2019
11 Yusuf dedi Bu ish menga Robbim o`rgatgan narsalardandirrdquo. Lekin Alloh ilmini hammaga ham beravermaydi. Albatta Alloh ilmini mushriklarga bermaydi. Nega Robbim bularni menga o`rgatganini bilasizlarmi Chunki men shirk ahlining yo`llarini tark etdim. Va otalarim Ibrohim, Ishoq va Ya`qubning давоми...

2666 19:00 / 28.04.2019
Аудиолар

120726 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42291 14:35 / 11.08.2021