1447 йил 9 шаъбон | 2026 йил 28 январь, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Buzoqqa sigʻinish

09:00 / 12.02.2023 2524 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bani Isroil Misrda ancha vaqt mushriklar bilan birga yashagan edi. Qibtiylar Misrda juda koʻp narsaga sigʻinishlarini Bani Isroil oʻz koʻzlari bilan koʻrardilar. Shu bois Isroil farzandlari asta-sekin shirkdan nafratlanmay qoʻydilar. Xuddi eski uy devorlaridan suv sizib kirganidek ular qalbiga ham shirk muhabbati uy qura boshladi. Ozgina fursat topilishi bilanoq misli pastlikka yugurayotgan suvdek shirkka qarab chopishardi. Qalblar buzilgan, xohish-istaklar notoʻgʻri yoʻnalishga burilgan edi. Haq yoʻlni koʻra-bila turib tashlab ketardilar. Zalolatga mudom quchoq ochardilar. Bani Isroil Firʼavn taʼqibidan qochib Qizil dengizdan oʻtib ketdi. «Soʻng ular butlarga sigʻinib turgan bir qavm oldidan oʻtdilar va: «Ey Muso, bizlarga ham ularning ilohlari kabi xudo qilib (yasab) ber», dedilar».


Ularning bu nooʻrin tilaklaridan Musoning jahli chiqdi.
- «Albatta sizlar bilmaydigan qavmdirsizlar!».
Vo ajab! Bu ne zulm?! Axir Alloh hali dunyoda hech kimga bermagan neʼmatlarini sizlarga bermadi-mi?
Axir Alloh taolo ularni butun olamlardan afzal qilib qoʻymadimi?!


Muso dedi:
- «Men, sizlarni butun olamlardan afzal qilib qoʻygan Allohdan oʻzgani (yaʼni jonsiz butni) sizlarga xudo qilib beramanmi?».
Muso Parvardigori bilan soʻzlashmoq uchun Tur togʻiga qarab ketdi. Bani Isroil Muso ketganidan soʻng shaytonning ovi va shirkning oʻljasiga aylandi. Ularning orasida Somiriy degan bir badbaxt kimsa ham yashardi.
«Soʻng (Somiriy oʻsha zeb-ziynatlarni olovda eritib, xuddi tirik buzoq kabi) ovozi bor haykal-buzoq (yasab) chiqarib berdi. Soʻng (Somiriy va uning sheriklari): «Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi, (Muso) unutib, (uni boshqa yerdan izlagani ketibdi»), dedilar».


Bani Isroil qavmi mana shu buzoq bilan fitnalandi. Ular koʻr va karlarcha buzoqqa sigʻina boshladilar. «Axir uning oʻzlariga biron soʻz qaytara olmayotganini va biron ziyon ham, foyda ham yetkazishga qodir emasligini koʻrmaydilarmi?! Axir ular oʻsha (buzoq) oʻzlariga soʻzlay olmasligini va hidoyat ham qila olmasligini bilmadilarmi?!


Holbuki (buzoqqa sigʻinishlaridan) ilgari Horun ularni qattiq manʼ qilib:
- «Ey qavmim, sizlar bu bilan faqat imtihon qilindinglar xolos, (bas, u buzoqqa sigʻinmanglar!) Shak-shubha yoʻqki, sizlarning. Parvardigoringiz yolgʻiz Rahmon Marhamatli Allohdir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!»- degandi».


Lekin Somiriyning sehri bilan aldanib, qalbi buzoq muhabbatiga yoʻgʻrilgan Bani Isroil bu zalolatidan qaytmadi.
«Ular: «To bizlarga Muso qaytmagunicha, unga (shu butga) ibodat qilib–sigʻinishdan hargiz ajralmaymiz», degan edilar».


Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
25 Bu buyuk boylik Yusufni Allohdan mashg`ul qilib ham qo`ymadi o`zgartirmadi ham.Yusuf hamisha Allohni zikr qilar va Unga ibodat qilib, Undan qo`rqar edi.Yusuf Allohning hukmi bilan hukm qilar va Allohning buyruqlarini ijro qilar edi.Yusuf mulkka ko`p e`tibor bermas va uni katta narsa deb давоми...

3266 20:00 / 12.07.2019
Solih .Qaysi oyatni xohlaysizlar, desa, ular .Agar rostgo`y bo`lsang, biz uchun shu tog`dan homilador tuya chiqargin, deyishdi. Odamlar tuyani tosh emas, tuya tug`ishini yaxshi bilardilar, Tuyaning yerdan o`sib chiqmasligi yoki toshdan paydo bo`lmasligi hammaga maaposlum edi. Ular Solihni ojiz давоми...

5767 15:00 / 09.05.2021
Solih, qavmi oldida turib, ovozi boricha .Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q,, Aaposrof surasi, 62oyat dedi. Boylar yebichish va befoyda, o`yinkulguda edi. Butlarga ibodat qilib, ulardan boshqani iloh deb bilmasdilar. Solihning daaposvati ularni ajablantirmadi.Samud давоми...

3670 16:00 / 03.04.2021
Misrning keng yerlari Bani Isroil uchun torlik qilib qoldi. Axir, har kuni ming turli azob va xo`rlik ko`ruvchi Isroil farzandlariga Misrning yamyashil vodiylari qanday ham quvonch bag`ishlasin Bani Isroil tokaygacha sabr qiladi Ular ham joni og`riydigan odamlarku Alloh taolo Muso alayhissalomga давоми...

5401 14:00 / 14.08.2022
Аудиолар

225873 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

144708 14:35 / 11.08.2021