1447 йил 17 жумадис сони | 2025 йил 08 декабрь, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ko‘zlar uni idrok qilolmas

19:00 / 22.11.2022 2688 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Alloh taolo Bani Isroilni kitobsiz-hidoyatsiz qavmlar kabi adashib-uloqib ketishni istamadi. Ularni ko‘r tuyadek tentirab yuradigan ummatlardek bo‘lib qolishdan asramoqni iroda etdi. Alloh taolo Muso alayhissalomga poklanib 30 kun ro‘za tutishni, so‘ngra Tur tog‘iga kelishni buyurdi. Alloh taolo Tur tog‘ida Muso alayhissalomga xitob qilishi va aynan shu yerda unga kitob nozil etishi kerak edi.
Muso alayhissalom qavmidan 70 kishini guvoh bo‘lsin deb o‘zi bilan birga olib ketdi. Chunki Bani Isroil o‘jar, hadeb har narsani kavlashtiraveradigan qavm edi. «Muso akasi Horunga dedi: «Qavmim ustida mening o‘rinbosarim bo‘lgin va (agar yomon amal qilsalar) tuzatgin».
«Buzg‘unchi kimsalar yo‘liga ergashmagin».
Chunki, jamoatga yo‘lboshchi kerak. Muso alayhissalom Robbilariga nisbatan shavq kuchli bo‘lganidan va’dalashilgan joy, Tur tog‘iga hammadan ilgari yetib keldilar.
Shunda Alloh dedi;
- «Qavmingdan munchalar ko‘p ilgarilab ketding, ey Muso!»
U aytdi:
- «Ular ana izimdan kelurlar. Men esa sen rozi bo‘lishing uchun shoshdim, Parvardigorim!».
Alloh taolo Muso alayhissalomga ahdlashilgan qirq kunni to‘liq qilishni buyurdi. Muso Tur tog‘iga yetib kelgach Parvardigori bilan gaplashdi. Alloh taolo uni O‘ziga yaqin kishilardan qildi. Bundan to‘lqinlanib ketgan Muso Allohdan jamolini ko‘rsatishni so‘radi. Lekin Muso bunga dosh berolmasdi. Zero, «Ko‘zlar uni idrok qilolmas, U esa ko‘zlarni idrok etar! U mehribon va (har narsadan) ogoh zotdir».
Hatto buyuk tog‘lar Alloh jamolini qo‘ya turing, Uning kalomini ko‘tarishga dosh bera olmaydi:
«Agar biz ushbu Qur’onni biron tog‘ga nozil qilganimizda albatta siz u (tog‘)ni Allohning qo‘rquvidan egilib, yorilib ketgan holda ko‘rgan bo‘lur edingiz».
- «Sen Meni (bu dunyoda) hargiz ko‘rolmaysan. Ammo mana bu toqqa boq (Men unga ko‘rinurman). Bas, agar u (Men ko‘ringanimda) o‘rnashgan joyida tura olsa, sen ham meni ko‘rajaksan».
Qachonki, Parvardigori u toqqa ko‘ringan edi, uni mayda-mayda qilib tashladi va (bu holni ko‘rgan) Muso hushsiz holda yiqildi. O‘ziga kelganidan keyin esa dedi:
- «Pok Parvardigor (noo‘rin savol so‘rashdan) O‘zingga tavba qildim. Endi men (sening naqadar buyuk zot ekanligingga) iymon keltiruvchilarning avvali peshqadamiman».
Alloh aytdi:
- «Ey Muso, haqiqatan men seni odamlar ustida Payg‘ambarim bo‘lishingga va (bevosita) kalomimni eshitishingga tanlab oldim. Bas, senga ato etgan narsamni (ya'ni, Payg‘ambarlikni) olgin va shukr qilguvchilardan bo‘lgin!».
Muso alayhissalom Bani Isroilga zarur bo‘lgan batafsil bayon va ma'ruzalar bitilgan lavhlarni oldi. Alloh taolo uni quvvat bilan olib, qavmini o‘sha narsalardan eng yaxshilarini olishga amr qilgan edi.
Muso tanlab olgan 70 kishi yoniga qaytib Alloh in'omi haqida so‘z boshlaganida ular surbetlik bilan shunday dedilar:
- «Ey Muso, Allohni ochiq ravshan ko‘rmagunimizcha hargiz senga ishonmaymiz!».
Alloh bu surbetliklaridan g‘azablandi. Shunda ularni qarab turgan hollarida chaqmoq urdi.
Alloh taolo yaratgan chaqmoqni ko‘tara olmagan kishilar u zotning nuriga bardosh bera olarmidilar?!
Muso alayhissalom Parvardigoriga iltijo qilib dedi:
- «Parvardigorim, agar xohlasang ularni ham, meni ham ilgari halok qilsang bo‘lur edi. Oramizdagi aqlsiz kimsalarning qilmishlari sababli (endi) bizlarni halok qilasanmi?!
Alloh taolo Payg‘ambarining iltijolarini qabul qildi. Ularga qaytadan hayot baxsh etdi. Shoyad endi shukr qilsalar?!


Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
20Nuhning bir o`g`li bo`lib, u kofirlar bilan birga edi. Nuh o`z o`g`lini to`fon ichida ko`rib .Ey o`g`lim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga bo`lmagin, desa, u o`g`il .Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi,, dedi. U esa .Bugun Allohning amridan saqlovchi yo`qdir. Faqat rahm давоми...

5070 15:05 / 19.01.2020
Solih .Bu Allohning tuyasi va bu Allohning mo`jizasi Sizlar so`radingiz va U O`z qudrati ila yaratdi. .Unga yomonlik yetkazmanglar, aks holda, sizni yaqin azob ushlaydi, Aaposrof surasi, 73oyat.Albatta bu tuya Allohning yerida yebichadi, xohlagan joyiga boribkeladi, uning yemi va suvi sizlarni давоми...

2543 13:30 / 27.05.2021
Bir qibtiy folbin Firaposavn huzuriga kelib shunday dedi .Bani Isroilda bir bola tug`iladi. Sening mulking uni qo`liga o`tadi,. Firaposavnning jinniligi qo`zidi. Jallodlariga buyurdiki, Bani Isroilda tug`ilgan har bir go`dak qilichdan o`tkazilsin Firaposavn o`zini mutloq shoh deb hisoblagani давоми...

3788 14:00 / 08.08.2021
Lekin Samud qavmi haddan oshdi, kibrga ketdi. Ular .Nega endi mollarimiz har kuni sug`orilmas ekan, deb tuyaga qo`pol munosabatda bo`la boshladilar. Solih alayhissalom Alloh taolo mo`jizasi bo`lmish tuyaga nisbatan yumshoq muomalada bo`lishni eslatsalarda, qavm sira quloq solmasdi. Kim shu tuyani давоми...

4150 15:40 / 06.06.2021
Аудиолар

211636 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

130886 14:35 / 11.08.2021