1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Shariat

16:00 / 13.11.2022 2904 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bani Isroil endi hayvoncha yashashdan odamlarcha yashashni boshladi. Ular cho‘lda hur, erkin edilar. Endi bu qavm ilohiy bir shariatga muhtoj edi. Toki ular mana shu shariat bilan hukm qilsinlar, hayot yo‘llarini yoritsinlar.

Inson faqat ilohiy shariat va Robbisi nuri ostidagina insondek yashashi mumkin. Olam tim qora zulmat. Bu yerda Parvardigor tomonidan berilgan mash’ala zarur.

U Payg‘ambarlar qo‘lidagi mash’aladir. Odamlar u sababli yo‘llarini topadilar. Kimda-kim mana shu nur ortidan ergashmas ekan, hayotda mudom ko‘r tuyadek adashib yuradi. Ilohiy nurdan tashqarida turib to‘qilgan aqidalar bolalarga ermak bo‘ladigan xurofotlardan boshqa narsa emas. Siz mushriku kofirlar - turli adashgan kimsalar aqidalari, xurofotlari va afsonalarini eshitmaganmisiz? Ularning ilmi jaholat, taxmin va shubha-gumon asosiga qurilgan. «Ular faqat gumon-taxminga ergashurlar xolos. Aniq-ki, gumon haqiqatdan biron narsaning o‘rniga o‘tmas!».

Johiliy axloq bu isrof, qosirlik, haddan oshishlik va sustkashlikdir. Payg‘ambarlar yo‘liga ergashmagan kimsalar o‘zgalar haq-huquqini bemalol hazm qilib yuborishganini ko‘rmaganmisiz. Ular havoi nafslariga ergashib o‘z chegaralaridan tashqariga chiqib ketishadi. Hukm yurgizish, siyosat esa zulm, istibdod va kishilar moli-yu haq-huqlarini toptashdan iborat bo‘ladi. Allohdan qo‘rqmaydigan, shariatga ergashmaydigan podshohlar o‘z fuqarolari qonini behuda to‘kishlari, haq-huquqlarini poymol etishlari, omanatlarga xiyonat qilishlarini nahot bilmasangiz?! Qancha-qancha kishilar qullik zanjiriga solindi. Insonlar guruh-guruhga ajratib yuborildi. Ayollar tirik qoldirilib erlar qilich tig‘idan o‘tkazildi Siz birinchi va ikkinchi jahon urushlarida necha million insonning yostig‘i quritilganini bilasizmi?! Dunyo tim qora zulmat. «(Ular) ustma-ust zulmatlardir. U o‘z qo‘lini chiqarib (qarasa) ko‘rishga yaqin bo‘lmas. Kimga Alloh nuri (iymon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur bo‘lmas». Payg‘ambarlar insonlarga qanday ibodat qilish kerakligini o‘rgatish bilan bir qatorda ularga o‘zaro muomala-munosabat haqida ham ta'lim bergan. Alloh taolo elchisi din odobidan ham, hayot odobidan ham ta'lim beruvchi muallimdir. U insonlarga barcha odoblarni – yeyish, ichish, o‘tirish, uxlash odoblarini o‘rgatadi. Go‘yo mehribon ota bo‘lib o‘zining aziz jigarbandlariga pandnasihat qiladi. Insonlar Payg‘ambarlar qarshisida go‘dak maqomida turadilar. Ular go‘daklikda otalari tarbiyasiga qanchalik muhtoj bo‘lgan bo‘lsalar, ulg‘aygan chog‘larida Payg‘ambar tarbiyasiga shunchalik muhtojdirlar. Nubuvvat ta’lim-tarbiyasidan bebahra qolgan mana shu kimsalar yovvoyi holda o‘sgan daraxtga o‘xshaydilar. Zero, parvarishsiz katta bo‘lgan o‘simlik qing‘ir-qiyshiq, tikonli va yaroqsiz bo‘lib o‘sadi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
16 Yusuf bilardiki, odamlarda omonatdorlik oz edi.Yusuf bilardiki, odamlarda xiyonat ko`p edi.Yusuf ko`rardiki, odamlar Allohning mollariga xiyonat qilardilar.Yusuf ko`rardiki, albatta yerda xazinalar ko`p, lekin ular zoe qilingan edi. Albatta ular zoe qilingan, chunki amirlar Allohdan qo`rqmas давоми...

2225 11:40 / 26.05.2019
Insonlar, Solihga kufr keltirib, unga iymon keltirmadilar. Solih ularga vaaposz qilib, butlarga ibodat qilishdan qaytarganida, shunday dedilar .Ey Solih Juda yaxshi bola eding, juda aqlli bola eding, biz seni, insonlarning boyi va ulug`laridan bo`ladi, deb o`ylardik. Biz seni, falonchi va давоми...

3816 14:30 / 08.05.2022
14 Podshoh bu tushning ta`biri va tadbirini eshitgach, juda shod bo`ldi va .Bu ta`birning egasi kim uni kim aytdi Bizga nasihat qilib, tadbir qilishga yo`llab qo`ygan kishi kim,, degan edi, suv tashuvchi soqiy .Bu rostgo`y Yusufdir. U menga podshohga suv tashuvchi bo`lishimni ham давоми...

2567 14:29 / 15.05.2019
12 Yusuf va`z aytishni tugatgach, ularga tushlarining ta`birini aytib berdi. Sizlardan biringiz xo`jasiga xamr soqiyligi qilur. Boshqasi bo`lsa, osilur va qushlar uning boshidan yeydirrdquo.Biriga Xo`jayining huzurida meni esga olrdquo, dedi.Ikkovi chiqib ketishdi, biri podshoh suv tashuvchisi давоми...

32874 17:00 / 05.05.2019
Аудиолар

223712 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142638 14:35 / 11.08.2021