1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Bani Isroilning balo-sinovga solinishi

14:00 / 27.06.2022 3514 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bani Isroilga nisbatan Fir’avnning adovatini ko‘rgan xalq ham Isroil farzandlariga zulm-zo‘ravonlik qilishda Fir’avnga yaqinlashdilar. Hatto yosh bolalar Isroil farzandlarini so‘kar, mahalla itlari esa oldiga solib quvlar edi. Har kuni yangi bir balo, har kuni tashvishli bir xabar Bani Isroil boshida hoziru nozir bo‘lardi.
 Muso alayhissalom qavmini sabr qilishga chorlab tasalli berar edi;
- «(Ey qavmim) Allohdan madad tilab, sabr-toqat qilingiz! Bu yer shak-shubhasiz Allohnikidir. Uni o‘zi xohlagan bandalariga meros qilib berur. Oqibat-natija esa taqvodorlarniki bo‘lur».
 Lekin Bani Isroil bu sinov va qiyinchilikni yomon qabul qildi. Ular Muso alayhissalomga «Sen bizga hech qanday foyda berolmading. Bizga yordaming tegmadi» deya malomat qilishdi.
 «Ular aytdilar: «Sen bizga (payg‘ambar bo‘lib) kelishingdan ilgari ham (ya’ni o‘shanda ham Fir’avn o‘g‘illarimizni o‘ldirib, ayollarimizni tirik qoldirib, zulm
qilgan edi), Sen kelganingdan keyin ham ozor ko‘rdik». Faqat Muso alayhissalom besabrlik ham qilmadi umidsizlikka tushmadi ham.
 «U (Muso) dedi: «Shoyad Parvardigoringiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni bu yerga xalifa qilsa va qanday amallar qilishingizni ko‘rsa».
«Ey qavmim, agar Allohga iymon keltirar ekansizlar, demak musulmon bo‘lsangizlar, Uning o‘zigagina suyaninglar-tavakkul qilinglar!»
«Bas, ular aytdilar: «Allohning o‘ziga tavakkul qildik. Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavmga maftunaldanuvchi qilib qo‘yma. Va o‘zing rahm aylab bizlarni bu kofir qavmdan qutqar».
Fir’avn Bani Isroilni Allohga ibodat qilishdan qattiq qaytarar, agar ular ibodat etsalar g‘oyatda darg‘azab bo‘lar edi. U Allohning yerida masjidlarning Alloh uchun bo‘lishini xohlamasdi. Allohning yerida Allohga ibodat qilinsa g‘azabi kelardi?!
Fir’avn bu darajada nodon bo‘lmasa?!
Axir yer – Fir’avnniki emas - Allohning mulki-ku!? Allohning qullarini Allohning yerida Allohga ibodat qilishdan to‘sgan kimsadan ham zolimroq kim bor?!!
 Alloh yerida turib bandalarni o‘ziga ibodat qilishga chaqirayotgan kimsa eng zolim kimsa emasmi?!!
 Lekin, Fir’avn baribir ojiz qoldi. U hech kimni o‘z uyida xohlagan ishini qilishdan qaytara olmasdi.
Alloh taolo Muso alayhissalom orqali Bani Isroilga quyidagicha amr etdi;
 «Bu uylaringizni qibla-namozgoh qilib (u uylarda) namozni to‘kis ado qilinglar». Fir’avn ham, uning jallodlari ham Bani Isroilni Alloh ibodatidan to‘sa olmadi.
 Axir banda bilan uning Parvardigori o‘rtasini to‘sib bo‘larkanmi?! Musulmonni Alloh ibodatidan kim to‘sa oladi?!

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

 

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandTahorat ushatish uchun hojatxonaga borsang, .Bismilloh, deb chap oyog`ing bilan kir. O`tirganda old yoki orqa tarafing qiblaga to`g`ri kelib qolmasin, bunga e`tibor ber. Katta hojat va bavlingga qarama. Hojatxona ichida so`zlama. Ehtiyojing tugamasdan turib ketma, bitgach, uzoq o`tirib давоми...

26828 15:26 / 26.10.2018
Solih .Bu Allohning tuyasi va bu Allohning mo`jizasi Sizlar so`radingiz va U O`z qudrati ila yaratdi. .Unga yomonlik yetkazmanglar, aks holda, sizni yaqin azob ushlaydi, Aaposrof surasi, 73oyat.Albatta bu tuya Allohning yerida yebichadi, xohlagan joyiga boribkeladi, uning yemi va suvi sizlarni давоми...

2645 13:30 / 27.05.2021
Fir`avn tug`yonga kelib g`aflat va qaysarligida qattiq turib olgach, Alloh taolo unga o`zini o`nglab olishi uchun tanbeh bermoqni iroda qildi. U zot bandalarining kofir holda yurishlariga aslo rozi bo`lmas Alloh taolo yer yuzida fasodning yoyilishini yaxshi ko`rmaydi. Fir`avn juda nodon podshoh давоми...

2672 11:00 / 01.08.2022
7 Bir kuni tunda Ibrohim a.s. yulduzni ko`rdilar va Bu mening robbimrdquo, dedilar. Yulduz g`oyib bo`lgach, Ibrohim a.s. Yo`q Bu Robbim emas dedilar.Ibrohim a.s. oyni ko`rganlarida Bu robbimrdquo, dedilar. Oy g`oyib bo`lgach, Ibrohim a.s. Yo`q Bu Robbim emasrdquo, dedilar.Quyosh chiqdi, Ibrohim давоми...

20111 18:15 / 09.10.2018
Аудиолар

223652 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142588 14:35 / 11.08.2021