1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Haq va botil

13:00 / 27.02.2022 4368 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

«Muso ularga dedi: «Sizlar tashlaydigan narsangizni tashlangizlar».

«Bas (sehrgarlar) iplari va asolarini tashladilar va «Fir'avn izzatiga qasamki, albatta biz g‘oliblardirmiz», dedilar».

Shunda kishilar g‘alati narsaning guvohi bo‘ldilar. Maydonda ilonlar sudralib yurardi. Odamlar dahshatga tushdi. Hamma «Ilon, ilon» deya qichqirib o‘zini orqaga otdi.

Ayollar baqirdi, yosh bolalar yig‘ladi va maydonda “ilon, ilon”, degan qichqiriqlar baland bo‘ldi. Muso ham odamlar ko‘rayotgan narsani ko‘rib ajablanar edi. «(Ular qo‘llaridagi aso va iplarni tashlagan edilar) banogoh iplari va asolari sehr qilganlari sababli (Musoga) yurib ketayotgandek tuyuldi».

Musoning qalbiga qo‘rquv kirdi. Axir qanday qilib ham qo‘rqmasin?!

Bu kun yechim-sinov kunidir. Imtihon soatlarida kishi yo hurmat topadi va yo xorlanadi. Xudo ko‘rsatmasin, agar sehrgarlar g‘olib chiqsa-chi?! To‘satdan Muso mag‘lub bo‘lib qolsa-ya?! –Alloh bunga izn bermasin. Unda nima bo‘ladi?! Alloh asrasin!!!

Musoning g‘alabasi bir kishining g‘alabasi emas. Balki u podshoh Fir'avn ustidan qozongan g‘alabasidir. Balki botil oldidagi haqning g‘alabasidir. Mag‘lublikni Xudo ko‘rsatmasin va izn ham bermasin.

Lekin Alloh o‘z nabiysiga dalda berib: «Qo‘rqmagin. Albatta sen o‘zing g‘olib bo‘luvchisan. Qo‘lingdagi narsani (ya'ni asoyingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagan narsalari faqat bir sehrgarning makri-hiylasi xolos. Sehrgar esa qaerda bo‘lmasin zafar topmas».

Muso dedi: «(Mana shu) sizlar qilgan ish sehrdir. Albatta Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzg‘unchi kimsalarning ishini o‘nglamaydi. Va garchi jinoyatchi kimsalar istamasalar-da, Alloh o‘z so‘zlari (ya'ni amru farmonlari) bilan haqiqatni ro‘yobga chiqarur».

So‘ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u ularning uydirmalarini yuta boshladi. Bas, haqiqat qaror topdi, ularning qilgan harakatlari esa botil bo‘ldi».

Endi sehrgarlar dahshatga tushib, esankirab qolishdi:

- Bu nima o‘zi?! Sehr nimaligini, uning aslini va turlarini biz yaxshi bilamiz.

- Sehr qilishda bizning oldimizga tushadigani yo‘q! Biz shu sohaning ustozi va peshvolarimiz!

- Muso ko‘rsatgan narsa sehr emas!

- Sehr emas!

- Agar sehr bo‘lganida, biz ham unga qarshi sehr qilardik, sehrga sehr bilan javob berardik!

- Bizning hunarimiz uning oldida chilparchin bo‘ldi. Xuddi quyosh qarshisida namlik qurib bitganidek butkul yo‘qoldi.

- Bu qaerdan bo‘lishi mumkin?!

- Bu Alloh tomonidandir!

Sehrgarlar Muso alayhissalomning payg‘ambarligiga va Alloh tomonidan unga mo‘'jiza berilganiga to‘la amin bo‘ldilar. Hamda baqirgan va qichqirgan holda:

«Horun va Musoning Parvardigoriga iymon keltirdik», deyishdi.

«Sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga tashlanib«Barcha olamlarning Parvardigoriga – Muso va Horunning Parvardigoriga iymon keltirdik», dedilar».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

 

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Aziz bolajonlar Siz, albatta, bobobuvilaringizni, otaonangizni, akaopalaringizni, umuman, yoshi kattalarni hurmat qilish zarur ekanini bilasiz. Bu ishingiz tahsinga loyiq. Bu bilimingizga amal qilish esa ko`plab savob keltiradi.Musulmonlar o`z otaonalariga hurmat ko`rsatish borasida hammaga давоми...

9339 11:00 / 05.02.2019
Solih qavmiga nasihat qilib, ularni aql va hikmat ila Allohga daaposvat qilishdan to`xtamadi. U Ey birodarlarim Sizlar abadul abad mana shu yerda qolamiz deb o`ylayapsizlarmi Mangu muhtasham qasrlar ichida kayfsafo qilamiz degan o`ydamisizlar Sizlar bu bog`rog`lar va anhorlarda doim bo`lamiz, deb давоми...

2254 10:00 / 25.04.2021
22 Lekin Ya`qub inson edi, uning ko`ksidagi tosh bo`lagi emas balki inson yuragi edi.Unda zarracha bag`ri toshlik yo`q edi.U Yusufni eslab, yarasi mahzunligi yangilandi .Oh, Yusuf, dedi.Shunda o`g`illari uni malomat qilib .Halok bo`lguningizcha Yusufni zikr qilaverar ekansizda, deyishdi.Ya`qub давоми...

3053 15:00 / 19.06.2019
16Ibrohim a.s.ning yana Sora ismli ayollari ham bor edi. Ibrohim a.s.ning Soradan boshqa xotinlaridan Ishoq ismli o`g`illari ham bor edi. Ibrohim a.s. Ishoq bilan Shom hozirgi Suriyada yashardilar. Ishoq otasi va akasi Makkada qurganlari kabi Shomda Alloh uchun uy qurdi. Ishoq Shomda qurgan masjid давоми...

20855 12:30 / 18.10.2018
Аудиолар

223609 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142546 14:35 / 11.08.2021