1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Misr sari

16:16 / 12.12.2021 2957 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Muso kelishilgan muddatni o‘tab bo‘lgach, ahli oilasi bilan (Misr tomon) yo‘lga tushdi. Qizning otasi bilan xayr-xo‘shlashdilar. Chol ularni kuzatib:

- Allohning barakoti ey bolam! Safaringiz bexatar bo‘lsin ey qizim!

Qop-qorong‘u, sovuq bir kechada Muso ahli oilasi bilan yo‘lga chiqdi. Sahroda milt etgan olov ko‘rinmasdi. Ular yo‘lni yoritishga, isinishga olov topa olmasalar nima qiladilar? Ikkovlari yo‘lda ketaturib, Muso olov qidira boshladi. Banogoh: «U ahli oilasiga: «Sizlar kutib turinglar. Aniqki men bir olovni ko‘rib qoldim. Shoyad sizlarga biron xabar yoki isinib olishlaringiz uchun u olovdan cho‘g‘ olib kelsam», dedi».

Muso uzoqda ko‘rinayotgan olov tomon ketdi. «Endi qachonki uning oldiga yetib kelgach u muborak joydagi vodiyning o‘ng tarafidan - daraxtdan unga nido qilindi: «Ey Muso, albatta, Men barcha olamlarning Parvardigori Allohdirman». «Men seni (Payg‘ambarlikka) tanladim.

Bas, (o‘zingga) yuboriladigan vahiyga quloq tut: Darhaqiqat Men Allohdirman.(hech qanday) Iloh yo‘q, faqat Men bordirman. Bas, sen Mengagina ibodat qil va Meni zikr qilish uchun namozni to‘kis ado qil! Toki har bir jon qiladigan sa'y-harakati sababli jazolanishi uchun (qiyomat) soati albatta kelguvchidir».

Muso alayhissalomning qo‘lida aso bor edi, u uni foydalanish maqsadida ko‘tarib yurar edi. Alloh taolo dedi:

- «Ana u - qo‘lingdagi narsa nimadur. Ey Muso?».

Muso alayhissalom soddadillik bilan «U asoyim (hassam)» dedi. So‘ng u Alloh taolo bilan iloji boricha uzoqroq suhbatlashmoq niyatida asoning foydalari haqida batafsil gapirib ketdi: «U asoyim. Unga tayanurman va u bilan qo‘ylarimga barg qoqib berurman. Yana unda boshqa ishlarim ham bor».

«(Alloh) aytdi: «Uni yerga tashlagin, Ey Muso.

Bas, (Muso) uni tashlagan edi, banogoh u yuradigan-jonli ilon bo‘lib qoldi. (Alloh) dedi: «Uni ushla! qo‘rqmagin, Biz uni avvalgi holiga qaytarurmiz». Alloh taolo Muso alayhissalomga yana bir oyat-alomat berdi: «Qo‘lingni qanoting-qo‘ltig‘ingga tiqqin, u hech qanday ziyon-zahmatsiz oppoq-nurli bo‘lib chiqur. Bu ikkinchi mo‘'jiza (bo‘lur)».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
18Alloh, Nuhning duosini qabul qildi va uning qavmini g`arq qilishni xohladi. Alloh u bilan Nuh va mo`aposminlarga najot berishni xohladi. Nuhga, katta kema yasashni buyurdi. Nuh, katta kema yasashni boshladi. Qavmi, uni shu ishda ko`rib, uning ustidan kulishga mashg`ulot topib oldilar.Ular Ey Nuh, давоми...

3596 12:05 / 05.01.2020
Muso Madyan yerlariga yetib keldi. U biror kishini tanimas, biror kishi ham uni tanimas edi. Tunda Musoga kim boshpana beradi U qaerda uxlaydi Mana shu kabi savollar Musoning boshidan kechsada Allohning O`zi madadkor ekaniga zarracha shubha qilmasdi. Muso bir quduqdan molhollarini sug`orayotgan давоми...

3545 15:00 / 21.11.2021
Ey, farzandFaqir va muhtojlarga yordam bergan, taomlantirgan kishini Alloh jannat ne`matlari bilan siylaydi. Ming gunohini o`chirib, ming savob yozadi. Muhtojlarga har jihatdan madadyordam berish zarur. Oila a`zolariga, qarindoshurug`larga, qo`niqo`shnilar, do`stu birodarlarga xasislik qilmaslik давоми...

25776 13:01 / 31.12.2018
11Alloh, Nuhni oaposz qavmiga elchi qilib yuborishni xohladi. Qavmda boylar va boshliqlar bor edi, lekin Alloh oaposz risolati topshirigaposini bajarishga Nuhni tanladi. Ulardan birortasini tanlamadi. Alloh, Oaposz topshirigaposini kim koapostara olishini biladi. Alloh omonatini kim koapostara давоми...

3057 14:03 / 17.11.2019
Аудиолар

223712 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142638 14:35 / 11.08.2021