1447 йил 9 шаъбон | 2026 йил 28 январь, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ya’qub Yusufning oldida

19:00 / 04.07.2019 3162 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ular (akalar) Yusufning ko‘ylagi bilan Kan’onga kelganlarida, Ya’qub Yusufning hidini sezdi va: “Albatta, men Yusufning hidini sezmoqdaman”, dedi. “Ular: «Allohga qasamki, sen eski adashuvingdasan”, dedilar.

Lekin Ya’qub rost gapirgan edi. “Xushxabarchi kelgan chog‘ida u (ko‘ylak)ni uning yuziga tashlaganida, yana ko‘radigan bo‘ldi. U: “Sizlarga men, “Allohdan sizlar bilmaydigan narsani bilaman”, demaganmidim?!” dedi. Ular: “Ey otamiz, gunohlarimiz uchun istig‘for ayt. Albatta, biz xatokorlardan bo‘lgan ekanmiz”, dedilar. U: “Sizlar uchun Robbimga istig‘for aytaman. Albatta, Uning O‘zi mag‘firat qilguvchi va rahmli Zotdir”, dedi”.

Ya’qub Misrga yetib kelganida, uni Yusuf kutib oldi. Ularning xursandligi va shodligi haqida so‘ramay qo‘ya qoling. Bu kun Misrda unutilmas va muborak kun edi.

Yusuf ota-onasini taxtga ko‘tardi. Barchalari Yusufga sajda qilib yiqildilar.

Yusuf: “Ey otajon, bu avval ko‘rgan tushimning ta’biridir, Robbim uni haqqa aylantirdi. Men o‘n bitta yulduzni ham quyosh va oyni ko‘rdim, ularning menga sajda qilayotganlarini ko‘rdim”, dedi.

Yusuf Allohga ko‘p, go‘zal hamd aytdi. Buning uchun Yusuf ulkan shukr qildi. Ya’qub va uning ahli Misrda uzoq vaqt qoldi. Ya’qub va uning ayoli Misrda vafot etdi.

Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandXastani ziyorat qilish dinimizda juda muhim ibodat hisoblanadi. Xasta ziyoratiga borishingizda eshikka yaqinlashgach, yo`talib yoki tomoq qirib ichkaridagilarni tashrifdan ogoh qilish kerak. Iloji bo`lsa, xasta boshidagilar ziyoratchi ichkari kirmasidan, uning kimligini bilishlari давоми...

5858 16:10 / 27.01.2019
2Yusufning Binyamin ismli tug`ishgan ukasi bor edi. Ya`qub u ikkovini juda yaxshi ko`rar edi. Hech kimni ulardek yaxshi ko`rmas edi. Akalar esa Yusuf va Binyaminga hasad qilardilar va g`azab bilan Nega otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`pa ko`proq yaxshi ko`radi Nega otamiz Yusuf va Binyaminni давоми...

3610 12:10 / 03.03.2019
Alloh taolo Bani Isroilni kitobsizhidoyatsiz qavmlar kabi adashibuloqib ketishni istamadi. Ularni kor tuyadek tentirab yuradigan ummatlardek bolib qolishdan asramoqni iroda etdi. Alloh taolo Muso alayhissalomga poklanib 30 kun roza tutishni, songra Tur togiga kelishni buyurdi. Alloh taolo Tur давоми...

3000 14:50 / 04.02.2023
Ey, farzandPayg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.Kim bir mo`min birodarini Alloh roziligi uchun ziyorat etib, qo`l ushlashib uch bora silkitib ko`rishsa, kuzgi daraxt barglari to`kilgandek, har ikkovining gunohlari to`kiladi,.Yana bir hadisi shariflarida Rasululloh sollallohu давоми...

5372 15:03 / 05.11.2018
Аудиолар

225928 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

144759 14:35 / 11.08.2021