1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ya’qub va uning bolalari

13:00 / 06.06.2019 2885 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

19 

Ular otalarining oldiga qaytib kelib, bo‘lib o‘tgan voqeani aytib: “Biz bilan birga ukamizni yubor. Agar qo‘shib yubormasang, hokimning huzurida yaxshilikka erisha olmaymiz”, dedilar.

Ya’qubdan Binyaminni talab qilib: «Albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», deyishdi.

Ya’qub esa: «Uni sizlarga xuddi akasini ishonganimdek ishonib topshiraymi?». Sizlar Yusuf qissasini unutdingizmi? Sizlar Binyaminni xuddi Yusufni himoya qilgandek himoya qilasizlarmi? «Allohning O‘zi eng yaxshi muhofazachi va Uning O‘zi rahmlilarning eng rahmlisidir», dedi.

Ular (yuklarini ochib qaraganlarida) o‘zlarining mollari qaytarilganini ko‘rib, otalariga: «Hokim saxovatli kishi ekan. U bizning molimizni shundog‘icha qaytarib, bir chaqa ham olmabdi. Biz bilan Binyaminni yuboring, biz uning ham haqqini olamiz», deyishdi.

Ya’qub ularga: «Toki menga, albatta huzurimga qayta keltirishingiz haqida Allohdan vasiqa bermaguningizcha, uni zinhor siz bilan yubormasman. Magar (halokatga) o‘ralib qolsangiz boshqa gap», dedi.

Ular Alloh nomiga qasam ichib, Ya’qubga: «Aytgan gaplarimizga Alloh vakildir», deyishdi.

Ya’qub bolalriga: «Ey o‘g‘illarim, bitta eshikdan kirmanglar, turli eshiklardan kiringlar», dedi.

 

Мавзуга оид мақолалар
Ular akalar Yusufning ko`ylagi bilan Kan`onga kelganlarida, Ya`qub Yusufning hidini sezdi va Albatta, men Yusufning hidini sezmoqdamanrdquo, dedi. Ular .Allohga qasamki, sen eski adashuvingdasanrdquo, dedilar.Lekin Ya`qub rost gapirgan edi. Xushxabarchi kelgan chog`ida u ko`ylakni uning yuziga давоми...

3155 19:00 / 04.07.2019
16 Yusuf bilardiki, odamlarda omonatdorlik oz edi.Yusuf bilardiki, odamlarda xiyonat ko`p edi.Yusuf ko`rardiki, odamlar Allohning mollariga xiyonat qilardilar.Yusuf ko`rardiki, albatta yerda xazinalar ko`p, lekin ular zoe qilingan edi. Albatta ular zoe qilingan, chunki amirlar Allohdan qo`rqmas давоми...

2225 11:40 / 26.05.2019
7Bular olamdan o`tdi. Bolalar, otalarini o`sha haykalni tabarruk qilib, qattiq hurmatlash ila ulug`lashlarini va bu haykallarni o`pishayotganini hamda ularni ushlab, huzurida duo qilishayotganini ko`rardilar.Va yana bolalar, otalarini butlar oldida boshlarini egib, rukuapos qilishayotganini ham давоми...

2824 19:30 / 12.10.2019
Hud qavmiga nasihat qilib, ularni hikmat va muloyimlik bilan daaposvat qilishda davom etdi.Hud .Ey qavm Men sizlarni akangiz va kechagi do`stingizman. Meni tanimayapsizlarmi Ey birodarlarim Nimaga mendan qo`rqib, qochib, uzoqlashyapsizlar Men sizlarni molingizdan biror narsa nuqsonga давоми...

2411 15:00 / 23.01.2021
Аудиолар

223730 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142656 14:35 / 11.08.2021