1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Podshohning tushi

12:30 / 09.05.2019 4729 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

13 

 Misr podshohi bir ajoyib tush ko‘rdi. U tushida yettita semiz sigir yettita oriq sigirni yeyayotganini hamda yettita yashil boshoqni va shuncha qurug‘ini ko‘rdi.

Podshoh bu g‘aroyib tushdan ajablandi va uning ta’biri haqida a’yonlardan so‘radi. Ular: “Bu hech narsa emas, uxlovchi ko‘p narsalarni ko‘radi va ularda haqiqat yo‘q”, dedilar. Suv tashuvchi soqiy: “Yo‘q, men sizlarga bu tushning xabarini beraman”, dedi-da, qamoqqa bordi va Yusufdan podshoh tushining ta’birini so‘radi. Yusuf juda ochiqqo‘l va saxovatli hamda Alloh yaratgan narsalarga rahmli, baxillikni bilmas edi. U tush ta’birini aytib berdi. Yusuf ta’birni aytib, tadbir ko‘rishni tayinladi. “Ketma-ket yetti yil ziroat ekasizlar, yig‘ishtirib olgan hosilingizni boshog‘ida qoldiring. Faqat ozgina yeydiganingizni (qoldirmang). Undan keyin qahatchilik yili keladi, ularda oldindan tayyorlab qo‘yganingizni yeysizlar, faqat ozgina asrab qo‘yganingizgina qoladi. Bu qahatchilik yetti yilga cho‘ziladi. Undan keyin nusrat keladi va odamlar mo‘l hosil oladilar. Suv tashuvchi podshoh xuzuriga kelib, tushining ta’birini aytib berdi.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Aziz bolajonlar Siz, albatta, bobobuvilaringizni, otaonangizni, akaopalaringizni, umuman, yoshi kattalarni hurmat qilish zarur ekanini bilasiz. Bu ishingiz tahsinga loyiq. Bu bilimingizga amal qilish esa ko`plab savob keltiradi.Musulmonlar o`z otaonalariga hurmat ko`rsatish borasida hammaga давоми...

9340 11:00 / 05.02.2019
12 Yusuf va`z aytishni tugatgach, ularga tushlarining ta`birini aytib berdi. Sizlardan biringiz xo`jasiga xamr soqiyligi qilur. Boshqasi bo`lsa, osilur va qushlar uning boshidan yeydirrdquo.Biriga Xo`jayining huzurida meni esga olrdquo, dedi.Ikkovi chiqib ketishdi, biri podshoh suv tashuvchisi давоми...

32872 17:00 / 05.05.2019
9Alloh ularga o`zlaridan bir kishini elchi qilib yuborishni va ularga nasihat qilishini xohladi. Albatta Alloh birmabir gaplashmaydi, albatta Alloh, harbir kishiga xitob qilib, unday qil, bunday qil, demaydi. Albatta podshohlar, birmabir gaplashmaydilar. Albatta podshohlar, harbir kishining oldiga давоми...

2824 13:05 / 26.10.2019
2Yusufning Binyamin ismli tug`ishgan ukasi bor edi. Ya`qub u ikkovini juda yaxshi ko`rar edi. Hech kimni ulardek yaxshi ko`rmas edi. Akalar esa Yusuf va Binyaminga hasad qilardilar va g`azab bilan Nega otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`pa ko`proq yaxshi ko`radi Nega otamiz Yusuf va Binyaminni давоми...

3597 12:10 / 03.03.2019
Аудиолар

223669 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142605 14:35 / 11.08.2021