1447 йил 15 жумадис сони | 2025 йил 06 декабрь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Otа-onаngizni e'zozlаng!

11:30 / 06.04.2019 4259 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qadrli bolajonlar! Barchamiz bizni dunyoga keltirgan, tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onamizni hurmat qilishimiz, e'zozlashimiz lozim. Quyida shu haqda ba'zi tavsiyalarni keltiramiz:

Har kun ertalab uyqudan turgach, maktabdan kelganingizda, ota-onangiz ishdan yoki boshqa biror joydan kelganlarida ularga salom bering.

Biror joyga chiqmoqchi bo‘lsangiz yoki biror ish qilmoqchi bo‘lsangiz, ota-onangizdan ruxsat so‘rang. Ular ruxsat bersalar yaxshi, ruxsat bermasalar xarxasha qilib ularni ranjitmang. Shuningdek, ularning xonalariga ham hamisha ruxsat so‘rab kiring.

Ota-onangiz buyurgan har bir yaxshi ishni bajaring. Dangasalik qilib «Yo‘q» demang. Ularga quloq soling.

Ovqatlanganda avval ular ovqatni boshlab berishlarini kuting. Ulardan oldin dasturxonga qo‘l uzatmang, beodoblik bo‘ladi.

Yo‘lda yurganda ota-onangizdan oldinda yurmang. Ularning ortida yoki yonida yuring.

Ota-onangiz biror ish qilganda ularga yordamlasha olsangiz yordamlashing. Bo‘lmasa, ularga xalal bermang.

Ota-onangiz sizga qilgan yaxshiliklari uchun ularga rahmat ayting. Ularni yaxshi ko‘rishingizni tez-tez aytib turing. Yuzlaridan, qo‘llaridan o‘pib ularga mehringizni izhor qiling.

Ulardan tez-tez hol so‘rab turing. «Dadajon, yaxshimisiz?», «Oyijon, yaxshimisiz?», «Sog‘ligingiz yaxshimi?», «Ishdan yaxshi keldingizmi? Charchamadingizmi?» deb ularning holidan xabardor bo‘ling.

Ularni ko‘p duo qiling. Аyniqsa, namoz o‘qiganingizdan keyin, Qur'on tilovat qilganingizdan keyin ularni ko‘p-ko‘p duo qiling. «Аllohim, ular bizni kichikligimizdan to hozirgacha tarbiyalagani kabi O‘zing ularga rahm qil. Ularga yaxshiliklar ber, umrlarini uzoq qil. Hamisha xursand, baxtli bo‘lsinlar», – deng.

Ota-onangiz charchagan vaqtda sho‘xlik qilib, shovqin solib ularni battar qiynamang. Biroz dam olgunlaricha o‘z xonangizda bo‘lib turing.

Kech bo‘lganda ota-onangiz bilan xayrlashib, ularga yaxshi tilaklar bildirib, o‘z o‘rningizga borib yoting.

Ota-onaning yaqinlari – buvi-buva, amma-xola, tog‘a-amakilarni hurmat qilish ham ota-onani hurmat qilishdek muhimdir. Ota-onasini hurmat qilgan bola ularni ham hurmat qiladi. Shuningdek, aka-ukalar, opa-singillar bilan ham ahil-inoq bo‘lish lozim. Bir-biriga yaxshi muomala qilib, ishlarida yordamlashish kerak. O‘zaro urishmang. Bundan ota-onangiz xafa bo‘ladilar.

G‘iyosiddin Yusuf

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Qadrli bolajonlar, bir kechakunduzda bir necha marta ovqatlanganimiz kabi uyqu ham kundalik zaruriy odatlarimizdandir. Uyqu sababli hordiq chiqaramiz, ko`zlarimiz va boshqa barcha aaposzolarimiz tiniqib dam oladi. Keling, endi baaposzi uyqu odoblarini o`rganamizImkon qadar xufton namozidan keyin давоми...

8294 15:10 / 22.05.2019
Assalomu alaykum, kamina supra bo`laman. Ha, sira ham ajablanmang, onajoningiz un elab, xamir qorib, zuvala yasaydigan, ugra kesadigan o`sha supraman. Men ham ikki olam sarvari Muhammad alayhissalom haqlarida hikoya qilmoqchiman. Guvohiga aylanganim u muborak zotning ajoyib va g`aroyib mo`jizalari давоми...

2060 16:52 / 31.03.2024
Ey, farzandZuhd va taqvo sohibi bo`lmoq kerak.Yahyo ibn Muoz deydilarki.Zuhdning ma`nosi ndash dunyo ziynatini tark etmoqdir,.Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.Dunyo sevgisi barcha xatolarning boshidir. Dunyoni zohidlardan boshqasi tark etolmaydi,. Yana Rasululloh давоми...

9594 11:03 / 03.01.2019
13 Misr podshohi bir ajoyib tush ko`rdi. U tushida yettita semiz sigir yettita oriq sigirni yeyayotganini hamda yettita yashil boshoqni va shuncha qurug`ini ko`rdi.Podshoh bu g`aroyib tushdan ajablandi va uning ta`biri haqida a`yonlardan so`radi. Ular Bu hech narsa emas, uxlovchi ko`p narsalarni давоми...

4577 12:30 / 09.05.2019
Аудиолар

211090 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

130349 14:35 / 11.08.2021