1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ya’qubga jo‘natilgan jamoa

15:30 / 08.03.2019 6057 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

3

Yuqoridagi fikrga kelishib olgach, ular Ya’qubning oldiga kelishdi. Ya’qub Yusufdan xavotir olar edi. Inilari unga hasad qilishlarini va uni yoqtirmasliklarini bilar edi. Ya’qub Yusufni akalari bilan birga yubormas edi. Yusuf akalari bilan birga o‘ynar, ammo uzoqqa ketmas edi. Akalari buni bilishar edi, ammo ular yomonlikni qasd qilishgan edi. Ular: “Ey otamiz! Nima uchun sen Yusufni biz bilan birga yubormaysan? Nimadan qo‘rqasan?” deyishdi. “U biz uchun aziz va kichik ukamizdir. Biz bir otaning farzandlarimiz. Aka-ukalar doim birga o‘ynaydilar. Nega biz birga bormaymiz va birga o‘ynamaymiz”.

“Ertaga uni biz bilan yubor, yeb-ichib, o‘ynab keladir. Albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz”, (Yusuf, 12-oyat) dedilar.

Ya’qub keksa yoshli, oqil, halim inson edi. Ya’qub Yusufning o‘zidan uzoqlashishini yoqtirmas edi. U Yusuf haqida ko‘p qayg‘urar edi. U o‘g‘illariga: “Siz undan g‘ofil qolsangiz, uni bo‘ri yeb ketishidan qo‘rqaman”, (Yusuf, 14-oyat) dedi.

Ular: “Hech qachon! Biz turganimizda bo‘ri qanday yeydi? Qanday ham yesin, axir biz kuchli yigitlarmiz-ku?” deyishdi.

Shunday qilib Ya’qub Yusufga ruxsat berdi.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ular akalar Yusufning ko`ylagi bilan Kan`onga kelganlarida, Ya`qub Yusufning hidini sezdi va Albatta, men Yusufning hidini sezmoqdamanrdquo, dedi. Ular .Allohga qasamki, sen eski adashuvingdasanrdquo, dedilar.Lekin Ya`qub rost gapirgan edi. Xushxabarchi kelgan chog`ida u ko`ylakni uning yuziga давоми...

3155 19:00 / 04.07.2019
Ey, farzandAlloh Xoliqi Zul Jalol avval aqlni yaratdi. Bu haqda Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.Alloh aqlni yaratib, uni nur ichiga qo`ydi. Ilmni aqlning taniga kiydirdi. Fahm sezgini aqlning joniga berdi. Zuhd va taqvoni unga joylashtirdi. Ixlosni yuziga berdi. Xasislik давоми...

12097 18:01 / 25.11.2018
Ey, farzandQarindoshlarni ziyorat qilish eng go`zal ibodatlardan biridir. Bunga beparvo bo`lmaslik va uni unutmaslik kerak.Bir kishi qarindosh ziyoratidan, ikkinchi kishi haj ziyoratidan qaytayotganda uchrashib qolishdi. Hol so`rashgach, hojindash Qarindosh ziyorati savobini menga ber, men senga давоми...

6543 17:10 / 13.01.2019
12Nuh qavmi orasida turib .Albatta, men siz uchun ochiqoydin ogohlantiruvchiman,, deganida, ba`zi odamlar .Bu qachon payg`ambar bo`lib qoldi, dedilar.Kecha o`zimizdan bo`lgan bir kishi edi, bugun esa men sizlarga Allohning elchisiman, deydi.Nuhning do`stlari .Bu biz bilan yoshlikda birga o`ynar давоми...

5102 19:50 / 26.11.2019
Аудиолар

223730 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142656 14:35 / 11.08.2021