1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sabrning ahamiyati

12:45 / 16.02.2019 6215 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Uch narsada sabr etgan kishi yuksak darajalarga yetadi:

1. Nafsining istaklariga sabrli bo‘lganning jannatda har nafasiga Alloh uch yuz daraja beradi.

2. Kim ibodat iztiroblariga sabr etsa, Alloh taolo o‘sha kishining sabri uchun olti yuz daraja ehson etadi.

3. Falokat qarshisida sabr etganga Alloh yetti yuz daraja ehson aylaydi!»

Muso alayhissalom Alloh taologa shunday dedilar:

«Allohim! Bandangga bir falokat yoki achchiq bir xabar kelsa, o‘sha quling: «Inna lillaha va inna ilayhi rojiun», deya sabr ko‘rsatsa, buning uchun unga nima ehson etasan?»

Alloh marhamat etdi:

«Ey, Muso! Men o‘sha qo‘limning har nafasiga qiyinchiligi ketguncha uch yuz daraja beraman.

O’sha falokatning ustiga yana bir falokat kelsa, qulim yana sabr qilsa, yana shunday darajalarni ato etaman!»

Ey, farzand!

Falokat, balo va musibatlarga sabr etish kerak. Bu haqda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

«Alloh taolo bir kishining molu joniga, farzandiga bir falokat bersa, o‘sha kishi bundan shikoyatchi bo‘lmay, Alloh taologa shukr etishda davom qilsa va ahvolidan birovga shikoyatda bo‘lmasa, Men o‘sha qulimni mahshargohda azoblashdan hayo qilaman!»

Kishi o‘zi uchun nima xayrli ekanini bilolmaydigan holga tushishi, hayot va o‘lim orasida qolib, birini tanlashi kerak bo’lganida shunday deyishi lozim:

«Allohim! Men uchun yashamoq xayrli bo‘lsa, sog‘lik va ofiyat ber. O’lmoq xayrli bo‘lsa jonimni ol. Mening har qanday holimni eng yaxshi bilguvchi o‘zingsan!»

Yashab, yurib turganda o‘limni orzu qilish to‘g‘ri emas. Hamda Allohdan har doim xayr-yaxshilik so‘rashi lozim.

O’limdan qochib qutilish mumkin emas. O’lmaslik uchun chiranish yoki o‘limni yoqimsiz ko‘rsatish foyda emas, zararlidir.

Janoza xizmatida bo‘lib, dafn paytida qabrga Alloh rizosi uchun loaqal bir kurak tuproq tashlash kerak. Bir valiy zot shunday rivoyat qiladi:

«Bir kishi avvalroq o‘lgan bir kishini tushida ko‘rdi. Ahvolini so‘radi. Marhum shunday dedi:

«Mezon (tarozu)da savobimni tortdilar, juda yengil keldi. Shunda bir kishi kelib, savob pallamga bir kosa qo‘ydi, savob tarafi og‘irlashdi. Shundan so‘ng Alloh taolo gunohlarimni afv etdi.

Men o‘sha kosa nimaligini u yerdagi farishtalardan so‘radim. Farishtalar shunday javob berdilar:

«Sen bir kun bir qabrga bir kurak tuproq tashlading, о’sha xizmatingni Alloh huzurida qabul qildi. Otgan bir kurak tuproq savobi tarozining savob pallasiga qo‘yildi va savob tarafi og‘ir kelishini ta’minladi».

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Avvalo ozimni tanishtirsam. Kamina doim xizmatingizga shay tarozi bolaman. Biz tarozilar Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islomni olib kelgunlaricha ham odamzod boshiga tushgan kopgina voqealarga guvoh bolganmiz. Halokatli bu hodisalarning sababini ham ozmikopmi bilamiz. Qaysiki yurtda ikki давоми...

1925 15:00 / 09.05.2025
Ey, farzandRasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.Sevimli sahobalarim Qiyomatga qadar keladigan ummatlarim Tongda to`shagingizdan turarturmas shu duoni o`qing.Subhanallohi va bihamdihi subhanallohil aziym,.O`sha kuni kechgacha qilgan gunohingizni Alloh kechiradi,.Bir boshqa hadisi давоми...

49298 10:00 / 15.12.2018
Alloh taolo Bani Isroilni kitobsizhidoyatsiz qavmlar kabi adashibuloqib ketishni istamadi. Ularni ko`r tuyadek tentirab yuradigan ummatlardek bo`lib qolishdan asramoqni iroda etdi. Alloh taolo Muso alayhissalomga poklanib 30 kun ro`za tutishni, so`ngra Tur tog`iga kelishni buyurdi. Alloh taolo Tur давоми...

2825 19:00 / 22.11.2022
Ey, farzandOlimlar suhbatida qatnashishga harakat qil, odobdan tashqari so`z va harakatlar qilma. Jamoat huzuriga salom berib kir. So`ngra o`zingga munosib o`rin tanla. Iznsiz to`rga va e`tiborli joyga borib o`tirma.Suhbatni diqqat bilan tingla. Biladigan narsangni so`rama. Bilmaganingni so`rab давоми...

4754 11:00 / 24.01.2019
Аудиолар

223675 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142609 14:35 / 11.08.2021