1447 йил 1 шаъбон | 2026 йил 20 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Har kim o‘z oldidan yeydi

16:01 / 01.02.2019 3568 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Aziz bolajonlar, albatta, siz ovqatlanish odoblarini yaxshi bilsangiz kerak. Ularga rioya qilish, boshqalarga ham o’rgatish zarur ekanini ham unutmang. Eng asosiysi, bunday odob turlarini bizga Payg’ambarimiz alayhissalom o’rgatganini esda saqlang. Ularga asoslanib yashash savob ekanini doimo yodda tuting.

Keling, ana shunday islomiy odoblardan birini o‘rganamiz. Uni bizga Umar ibn Abu Salama roziyallohu anhu aytib beradilar. U kishi sizlar kabi bolalik paytlarida Rasululloh alayhissalom dasturxon madaniyatini o‘rgatgan ekanlar:  

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaramog‘idagi bola edim. Qo‘lim tovoqda borib-kelar edi. Shunda u zot menga: «Ey g‘ulom! «Bismillah», degin, o‘ng qo‘ling bilan yegin, o‘z oldingdan yegin!» dedilar. Shundan so‘ng yeyishim shunday bo‘ldi».

Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilganlar.

Demak, taom lagan kabi idishda keltirilsa, har kim o‘z oldidan yeydi, birovning oldidagi taomga qo‘l uzatmaydi. Chunki birovning oldidagi taomga qo‘l uzatish g‘irt beodoblikdir.

«Ijtimoiy odoblar» kitobi asosida tayyorlandi

Муаллиф
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandBirovga qarz berish sadaqa berishdan afzaldir. Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar.Bir kishining muhtojga qarz berishi sadaqa berishidan o`n sakkiz daraja afzalroqdir,. Ro`za tutish va sadaqa berishni o`ziga nazr qilish xavflidir. Chunki har ikkisini давоми...

36283 11:40 / 30.12.2018
1 РамазонБугун уйда ажойиб бир ҳолат. Ҳамма жимгина ишига, ўқишига кетмоқда. Ойижоним .Зайнаб, келақол қизим, сенга нонушта тайёрлаб берай,, ndash деди. Ҳеч ким ҳеч давоми...

4192 15:00 / 23.05.2020
Alloh taolo ularga ketmaket balolar yubora boshladi. Parvardigor ular ustiga suv balosini yubordi. Osmondan yomg`ir quydi. Nil to`lib toshdi. Osmondan yomg`ir yog`averdi, yog`averdi, yog`averdi. Ekin maydonlari va dalalarni suv bosdi. Don va mevalarga qattiq talofat yetdi. Aslida rahmat bo`lgan давоми...

3636 09:00 / 07.08.2022
Misrning keng yerlari Bani Isroil uchun torlik qilib qoldi. Axir, har kuni ming turli azob va xo`rlik ko`ruvchi Isroil farzandlariga Misrning yamyashil vodiylari qanday ham quvonch bag`ishlasin Bani Isroil tokaygacha sabr qiladi Ular ham joni og`riydigan odamlarku Alloh taolo Muso alayhissalomga давоми...

5375 14:00 / 14.08.2022
Аудиолар

223643 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

142578 14:35 / 11.08.2021