1445 йил 19 шаввол | 2024 йил 28 апрель, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
16:02 / 20.10.2022 3531 Кўриш режими

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga berilgan eng katta mo‘jiza | «Allohning mo‘jizalari»

#Allohning_mojizalari

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi 
vasallamga berilgan eng katta mo‘jiza

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Alloh taolo bergan eng katta mo‘jiza nimaligini bilasizmi? 
Barmoqlaridan suv otilib chiqqanimi? Yoki oyning ikkiga bo‘linishimi? Yoki ozgina xurmoning juda ko‘p odamga yetishimi? Nima deb o‘ylaysiz? 
To‘g‘ri, hozir yuqorida sanab o‘tilgan hodisalar ham u zotga berilgan hissiy mo‘jizalar hisoblanadi. Lekin Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Alloh taolo bergan eng katta mo‘jiza – Qur’oni Karimdir.
Qur’oni Karim boshidan oxirigacha ilohiy kitobdir. Qur’oni Karimda ilmiy, tarixiy, tibbiy, ruhiy, g‘aybiy, lafziy va boshqa turdagi mo‘jizalar juda ko‘p. Bu mo‘jizalardan boxabar bo‘lgan inson musulmon bo‘lmasa, iymonga keladi, agar musulmon bo‘lsa, iymon nuri ziyoda bo‘ladi. 

Xalqimizning iymoni ziyoda bo‘lishiga, ibodatlarga rag‘bati ortishiga sababchi bo‘lish umidida Islom.uz portali hamda «Hilol nashr» nashriyoti siz aziz muxlislarning e’tiboriga «Allohning mo‘jizalari» ko‘rsatuvini taqdim etadi. 

Bu ko‘rsatuvda oyning bo‘linishi, suvning xususiyatlari, balandlikda kislorodning kamayishi, chumoli, asalari hayotidagi aqlni lol qoldiruvchi jihatlar kabi mavzular yoritib beriladi. Ko‘rsatuvlar fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning «Qur’on va Sunnatdagi ilmiy mo‘jizalar» kitobi asosida tayyorlandi. 

Sizga bu asar tanishmi? Uni o‘qiganmisiz? Agar hali o‘qishga ulgurmagan bo‘lsangiz, uni o‘qib chiqishni, haftaning har seshanba kuni soat 21:00 da ko‘rsatuvni tomosha qilib borishingizni tavsiya qilamiz.

Муаллиф
islom.uz
Манба
islom.uz
Калит сўзлар: Иймон Намоз