1445 йил 16 шаввол | 2024 йил 25 апрель, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Tuyani bog‘lab qo‘yib tavakkul qil

09:30 / 05.01.2019 4371 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Chol va uning nabirasi bir kuni baliq ovlagani bordilar. Ko‘lning yaqiniga chodir tikdilar. To‘r-qarmoqlarini suvga tashlab chodirga qaytdilar. Bir soatdan keyin qarmoqdan xabar oldilar. Qarasalar, to‘rt-besh baliq ilingan ekan. Bolakay cholga qarab:  

– Bobo, men baliqlarni to‘rga ilinishini bilgandim, – dedi.

­– Qayerdan bilgan eding, ayt-chi?

– Qarmoqqa baliq ilinsin, deya duo qilgan edim.

To‘r-qarmoqni qaytadan tayyorladilar va tutgan baliqlarini pishirib, tanovul qilish uchun chodirga qaytdilar. Bobo va nabira qarmoqni nazorat qilish uchun suv yoniga bordilar. Qarashsa, yana baliqlar ilingan ekan.

Bolakay:

– Men yana baliqlar to‘rga ilinishini bilardim, – dedi.

Chol:

­– Endi qayerdan bilding?

Bolakay:

– Yana duo qilganim uchun baliqlar ilindi.

Qarmoqni suvga otib, chodir tomonga yurdilar. Yotishdan avval kelib, yana to‘rga qaradilar. Ammo unga birorta baliq tushmagan edi.

Bolakay:

– Baliqlar to‘rga ilinmasligini bilardim, – dedi.

Chol:

­– Qayerdan bilding?

Bolakay:

– Chunki bu safar duo qilmadim, shuning uchun baliqlar ilinmadi.

Chol:

­– Nega duo qilmading?

Bolakay:

– Negaki qarmoqqa xo‘rak qo‘yishni unutdingiz, shuning uchun duo qilmadim, baliqlar esa ilinmadi.

Bolaning oqilligini qarang, ne’matga erishish uchun duoning o‘zi emas, sa’y-harakat ham zarurligini anglagan edi.

Abdurahmon ibn Abu Laylo aytadi:

Bir kishi Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga kelib: “Ey Allohning rasuli, tuyamni qo‘yib yuborib tavakkul qilayinmi yoki bog‘lab qo‘yibmi?” – deb so‘radi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Uni bog‘lab, keyin Allohga tavakkul qil”,  ­– dedilar.


islom.uz portali tahririyati

Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandAlloh Xoliqi Zul Jalol avval aqlni yaratdi. Bu haqda Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.Alloh aqlni yaratib, uni nur ichiga qo`ydi. Ilmni aqlning taniga kiydirdi. Fahm sezgini aqlning joniga berdi. Zuhd va taqvoni unga joylashtirdi. Ixlosni yuziga berdi. Xasislik давоми...

9985 18:01 / 25.11.2018
Musoning mehribon onasi Musoning singlisiga dedi Qizim, bor, ukangni qidir, shoyad u tirik bo`lsa. Alloh taolo uni saqlashni va sog`omon qaytarishni menga vaaposda qilgandi.Musoning opasi ukasini daraklab ketdi. Atrofdagilar shoh qasridagi chiroyli go`dak haqida gaplashishardi. Qiz saroy ayollarini давоми...

1617 14:00 / 03.10.2021
Bani Isroil endi hayvoncha yashashdan odamlarcha yashashni boshladi. Ular cho`lda hur, erkin edilar. Endi bu qavm ilohiy bir shariatga muhtoj edi. Toki ular mana shu shariat bilan hukm qilsinlar, hayot yo`llarini yoritsinlar. Inson faqat ilohiy shariat va Robbisi nuri ostidagina insondek yashashi давоми...

1839 16:00 / 13.11.2022
Assalomu alaykum, hikoya qilish navbati nihoyat menga ham yetib keldi. Qadimgi paytlarda yuk tashishda mening oldimga tushadigani yoq edi. Mashinalar, poezdlar, samolyotlar paydo boldiyu, odamlar meni eslaridan chiqarib qoyishdi. Meni ilgari uluglashib .Sahro kemasi, ham deb atashardi. Mening давоми...

1272 09:19 / 11.11.2023
Аудиолар

120383 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42013 14:35 / 11.08.2021