1445 йил 19 Рамазон | 2024 йил 29 март, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Inson vujudi – Allohning omonati

12:30 / 01.01.2019 7557 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

 Ey, farzand!

Vujud insoniyatga Alloh bergan bir omonat hisoblanadi. Demak, vujuddagi a’zolar ham Allohning omonatidir. Omonatga xoinlik, ya’ni xiyonat qilinmaydi. Bu xususda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Ummatim ustiga shunday bir zamon keladiki, omonatlar saqlanmaydi (himoya qilinmaydi)».

Bu hadisi sharifni eshitganlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan «Omonatdan murod nima?» deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etdilar:

«Qo‘l – insonga Alloh (tomonidan berilgan) omonatidir. U bilan harom narsaga yopishmaslik kerak.

Oyoq – Allohning bir omonati. U bilan haromga yurmaslik, haromga bormaslik kerak. Tanosil a’zolari omonat. Ular bilan zino qilmaslik lozim. Barcha a’zolar Allohning omonatidir. Ularni bandalik xizmatida, foydali ishlarda qo‘llash kerak. Shunday ish tutgan kishi kafolat ostida bo‘lganidek, o‘zi ham ishonchli, eminlardan bo‘ladi. Aks holda xoinlardan bo‘ladi».

Ey, farzand!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etdilar:

«Bir kishi Luqmondan:

– Siz Luqmonmisiz? – deb so‘radi.

Luqmon:

– Ha, men Luqmonman, – dedilar. O’sha kishi:

– Men bilganimda siz zaif bir odam edingiz, bunday darajaga qanday erishdingiz? – dedi.

Luqmon:

– Shu uch narsa bilan.

1. Omonatga xiyonat qilmaslik.

2. To’g‘ri gapirish.

3. Keraksiz so‘z va ishlarni tark etish, ko‘p va foydasiz so‘zlashishni tashlamoq bilan erishdim, – dedilar».

Ey, farzand!

Inson a’zoga omonatga xiyonat qilmasin.

Hazrati Muso alayhissalom Allohdan so‘radilar:

«Allohim! Omonatni yaxshi saqlab, ko‘rib, haqqini berganga, haqqiga rioya etganga, joyiga, o‘rniga topshirganga qanday ehsonda bo‘lgaysan?»

Alloh marhamat etdi:

«Ey, Muso! Omonatni yaxshi ko‘rgan va uni joyiga, o‘rniga topshirgan qulimni qiyomat kuni xavfdan emin etib, jannatimga kiritaman!»

 Ey, farzand! kitobidan

Мавзуга оид мақолалар
13Insonlar butlarga ibodat qilishni haq va sog`lom fikr deb bilardilar. Ular butlarga ibodat qilmaydiganlarni, zalolatda va ahmoqlikda, deb bilishar edi.Ular .Otalarimiz butlarga ibodat qilishganku Nega bu ibodat qilmaydi, deyishdi.Nuh alayhissalom butlarga ibodat qilishni zalolat va ahmoqlik, deb давоми...

4792 11:05 / 01.12.2019
Ey, farzandBu qismda masjidlarga aloqador odoblardan so`z ochamiz. Masjidga borayotgan kishining har qadamiga savob yozilib, gunohlari afv etiladi.Masjidga o`ng oyoq bilan kiriladi. Shu onda .Allohim Bizga rahmat eshiklarini ochgaysan, deya duo qilinadi. Keyin chap oyoq ichkari olinadi. Agar masjid давоми...

14589 16:30 / 01.11.2018
Nil daryosi sohillarida Firaposavnning ko`p qasrlari bor edi. Firaposavn qasrdan qasrga ko`chib, nil sohilidagi qasrlarida sayr qilar edi. Bir kun u oyoqlari tagida shovillayotgan daryoga tikilib o`tirardi. U bilan birga Misr malikasi ham bor edi.U podshoh bilan birga sayr qilib yursa, banogoh давоми...

2799 15:00 / 29.08.2021
Assalomu alaykum, men ozimni sizlarga qanday qilib tanishtirsam ekana Sizlarning kopchiligingiz meni kormagansiz. Meni Arab diyorlarida Zab deb atashadi. Asosan sahrolarning qum barxanlari orasida yashayman. Ikkinchi nomim ham bor ndash Qumbaliq. Korinishim baliqqa oxshasa kerakda, shuning uchun давоми...

1984 09:57 / 23.10.2023
Аудиолар

118782 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

40732 14:35 / 11.08.2021