1445 йил 23 шаввол | 2024 йил 02 май, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Shariat

16:00 / 13.11.2022 1853 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bani Isroil endi hayvoncha yashashdan odamlarcha yashashni boshladi. Ular cho‘lda hur, erkin edilar. Endi bu qavm ilohiy bir shariatga muhtoj edi. Toki ular mana shu shariat bilan hukm qilsinlar, hayot yo‘llarini yoritsinlar.

Inson faqat ilohiy shariat va Robbisi nuri ostidagina insondek yashashi mumkin. Olam tim qora zulmat. Bu yerda Parvardigor tomonidan berilgan mash’ala zarur.

U Payg‘ambarlar qo‘lidagi mash’aladir. Odamlar u sababli yo‘llarini topadilar. Kimda-kim mana shu nur ortidan ergashmas ekan, hayotda mudom ko‘r tuyadek adashib yuradi. Ilohiy nurdan tashqarida turib to‘qilgan aqidalar bolalarga ermak bo‘ladigan xurofotlardan boshqa narsa emas. Siz mushriku kofirlar - turli adashgan kimsalar aqidalari, xurofotlari va afsonalarini eshitmaganmisiz? Ularning ilmi jaholat, taxmin va shubha-gumon asosiga qurilgan. «Ular faqat gumon-taxminga ergashurlar xolos. Aniq-ki, gumon haqiqatdan biron narsaning o‘rniga o‘tmas!».

Johiliy axloq bu isrof, qosirlik, haddan oshishlik va sustkashlikdir. Payg‘ambarlar yo‘liga ergashmagan kimsalar o‘zgalar haq-huquqini bemalol hazm qilib yuborishganini ko‘rmaganmisiz. Ular havoi nafslariga ergashib o‘z chegaralaridan tashqariga chiqib ketishadi. Hukm yurgizish, siyosat esa zulm, istibdod va kishilar moli-yu haq-huqlarini toptashdan iborat bo‘ladi. Allohdan qo‘rqmaydigan, shariatga ergashmaydigan podshohlar o‘z fuqarolari qonini behuda to‘kishlari, haq-huquqlarini poymol etishlari, omanatlarga xiyonat qilishlarini nahot bilmasangiz?! Qancha-qancha kishilar qullik zanjiriga solindi. Insonlar guruh-guruhga ajratib yuborildi. Ayollar tirik qoldirilib erlar qilich tig‘idan o‘tkazildi Siz birinchi va ikkinchi jahon urushlarida necha million insonning yostig‘i quritilganini bilasizmi?! Dunyo tim qora zulmat. «(Ular) ustma-ust zulmatlardir. U o‘z qo‘lini chiqarib (qarasa) ko‘rishga yaqin bo‘lmas. Kimga Alloh nuri (iymon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur bo‘lmas». Payg‘ambarlar insonlarga qanday ibodat qilish kerakligini o‘rgatish bilan bir qatorda ularga o‘zaro muomala-munosabat haqida ham ta'lim bergan. Alloh taolo elchisi din odobidan ham, hayot odobidan ham ta'lim beruvchi muallimdir. U insonlarga barcha odoblarni – yeyish, ichish, o‘tirish, uxlash odoblarini o‘rgatadi. Go‘yo mehribon ota bo‘lib o‘zining aziz jigarbandlariga pandnasihat qiladi. Insonlar Payg‘ambarlar qarshisida go‘dak maqomida turadilar. Ular go‘daklikda otalari tarbiyasiga qanchalik muhtoj bo‘lgan bo‘lsalar, ulg‘aygan chog‘larida Payg‘ambar tarbiyasiga shunchalik muhtojdirlar. Nubuvvat ta’lim-tarbiyasidan bebahra qolgan mana shu kimsalar yovvoyi holda o‘sgan daraxtga o‘xshaydilar. Zero, parvarishsiz katta bo‘lgan o‘simlik qing‘ir-qiyshiq, tikonli va yaroqsiz bo‘lib o‘sadi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Assalomu alaykum, azizlar Men odamzotning ajralmas dosti ndash Olov bolaman. Ha, qiyomatgacha inson bilan birgabirga yashash mening taqdirimga yozilgan. Odamzot ovqat pishirmoqchi bolsa otga aylanaman. Tunlarni yoritmoqchi bolsa, chiroqqa aylanaman. Sovqotib qolsa, isitib qoyaman. Bu dostlik давоми...

3390 16:30 / 21.01.2023
Solih qavmiga nasihat qilib, ularni aql va hikmat ila Allohga daaposvat qilishdan to`xtamadi. U Ey birodarlarim Sizlar abadul abad mana shu yerda qolamiz deb o`ylayapsizlarmi Mangu muhtasham qasrlar ichida kayfsafo qilamiz degan o`ydamisizlar Sizlar bu bog`rog`lar va anhorlarda doim bo`lamiz, deb давоми...

1347 10:00 / 25.04.2021
davomi10 Shaharda juda katta va juda zolim podshoh bor edi. Odamlar o`sha podshohga sajda qilardilar. Podshoh eshitdiki, Ibrohim a.s. Allohga sajda qiladilar va Undan boshqa hech bir zotga sajda qilmaydilar. Podshoh bundan g`azablandi va Ibrohim a.s.ni chaqirishni buyurdi. Ibrohim a.s. uning oldiga давоми...

6248 15:16 / 12.10.2018
9 Yusuf qamoqqa kirganda, qamoq ahli Yusufning oliyjanob yigit ekanini bildi. Haqiqatda Yusufda ulkan ilm bor edi.Haqiqatda Yusufning ko`ksida rahmdil yurak bor edi. Qamoq ahli Yusufni yaxshi ko`rib qolib, uni hurmat qildilar.Odamlar Yusufdan xursand bo`lib, uni hurmatladilar. U bilan birga qamoqqa давоми...

3049 15:00 / 20.04.2019
Аудиолар

120721 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42288 14:35 / 11.08.2021