1445 йил 21 шаввол | 2024 йил 30 апрель, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sahroda

19:00 / 04.09.2022 1839 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Fir’avn ta’qibidan sog‘-salomat qutulgan Bani Isroil bexavotir yerga yetganlarida sharafli ozod kishilardek yengil nafas oldilar. Bu yerda ularga na Fir’avn na Homon va na Fi’avn mirshablari xavf solardi. Endi qo‘rqmasdan emin-erkin, xotirjam, Allohdan boshqa biror kishidan qo‘rqmasdan yurishlari mumkin edi. Lekin, yam-yashil vodiyda o‘sgan Bani Isroil sahro quyoshidan ozor chekardi. Hozir Isroil farzandlari Allohning mehmoni edilar. Siz shohlarning o‘z mehmonlariga qanday izzat-ikrom ko‘rsatishni bilasizmi? Albatta, aziz mehmonlarni jazirama oftobdan ehtiyot qilib shohona chodirlar tikiladi...

Alloh izzat-ikromi esa har qanday mehmonnavozlikdan yuqori bo‘ladi. Pok Parvardigor amri bilan Bani Isroilga bulut soyabon qilindi. Isroil farzandlarini quyosh tig‘idan saqlovchi bu bulutlar ular bilan hamisha birga yurardi.

Musoning qavmi to‘xtasa, bulut ham to‘xtar, yursalar, u ham samoda suza boshlar edi.

Isroil bolalari chanqashdi. Sahroda na bir quduq va na bir ko‘l ko‘zga tashlanmasdi. Bani Isroil onasidan yordam kutgan go‘dak misoli Musoga tashnalik azobidan shikoyat qildi. Muso alayhissalom Parvardigoriga iltijo etdi. Axir undan o‘zga madadkor bormi?!

«Eslang (ey bani Isroil) Muso o‘z qavmi uchun suv tilaganida, «Asoingni toshga urgil», dedik. Bas, undan o‘n ikki chashma otilib chiqdi har bir qabilaga (ular o‘n ikki urug‘ edilar) o‘z suvi ma’lum bo‘ldi».

Qorni ochgan Isroil farzandlari yana Muso alayhissalom oldiga yugurishdi:

- Sen bizni turli laziz mevalarga boy bo‘lgan hushmanzara Misr yeridan olib chiqding. Endi, mana bu qup-quruq sahroda bizga kim biron yegulik beradi?! Muso yana Parvardigoriga duo-iltijolar qildi. Axir undan boshqa kimga ham iltijo qilinadi?! Alloh taolo ularga yeguliklar tushirdi. Holva kabi laziz shirinliklar daraxt barglariga quyilib tushirildi. Ularga qushlarni yubordi. Daraxtlar ustidagi qushlarni sira qiynalmasdan ushlar edilar. Mana shu Alloh tomonidan berilgan «shirinlik va bedanalar» edi. Mana shu – yaydoq sahroda Bani Isroilning Alloh tomonidan mehmon qilinishi edi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

 

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Гўзал тарбия олган фарзандларгина чинакамига .жаннат райҳонлари, деб мақталади. Инсонийликдан чекинган, тарбияси бузуқ болалар эса жамият зараркунандасига давоми...

2775 16:07 / 05.08.2019
Ey birodarlarim Nima uchun mendan qochyapsizlar Nimadan qo`rqyapsizlar Menga sizlarning moldunyolaringiz kerak emas. Sizlardan hech narsa umidvor emasman. Sizlarga nasihat qilib, robbimning yuborgan narsasini sizlarga yetkazyapman. .Men sizlardan buning uchun haqso`ramasman. Mening ajrim faqatgina давоми...

1582 13:00 / 02.05.2021
Хусейн Муҳаммад Тоҳир туғма кўзи ожиз бўлиб туғилган. 5 ёшида унинг отаси болага ҳафтада етти кун кун бўйи Қуръон ўқиладиган тўлқинга мосланган радио ҳадя этган давоми...

2130 19:08 / 13.06.2020
Misr taxtiga Bani Isroilni haddan ziyod yomon ko`ruvchi Misr firaposavnlari yaaposni, podshohlari kelishdi. Misr taxtiga o`ta zolim bir kishi bo`lib, bani Isroilning payg`ambarlar avlodidan ekanini hamda ularning ulug` Misr shohi Yusuf alayhissalomga qondoshligini tan olmasdi. Hatto ularga rahmat давоми...

3733 16:00 / 25.07.2021
Аудиолар

120645 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42229 14:35 / 11.08.2021