1445 йил 22 шаввол | 2024 йил 01 май, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Bani Isroilning Misrdan chiqib ketishi

14:00 / 14.08.2022 3409 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Misrning keng yerlari Bani Isroil uchun torlik qilib qoldi. Axir, har kuni ming turli azob va xo‘rlik ko‘ruvchi Isroil farzandlariga Misrning yam-yashil vodiylari qanday ham quvonch bag‘ishlasin?! Bani Isroil tokaygacha sabr qiladi? Ular ham joni og‘riydigan odamlar-ku!? Alloh taolo Muso alayhissalomga tunda Bani Isroilni olib Misrdan chiqib ketishni vahiy qildi. Lekin shohning chumolidek sezgir, qarg‘adek o‘tkirko‘z ayg‘oqchilari bu xabarni Fir’avnga yetkazdilar.

Muso alayhissalom Bani Isroilni olib muqaddas zamin - Shom tomon tunda yo‘lga chiqdi. Bani Isroil 12 guruhga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruhning o‘z amiri bor edi.

Shom yo‘li Muso alayhissalomga ma’lum va aniq bo‘lib, ikki quruqlik orasidagi yo‘l edi. Muso alayhissalom u yerdan avval ham ikki marta yurgan edilar. (Bir gal Madyanga borishda, ikkinchisi Misrga qaytishda). Lekin Musoning xohlagani emas, Allohning xohlagani bo‘ladi.

Muso alayhissalom taqdiri azalda yozilganidek, bilgan yo‘lidan adashib ketdi. U Bani Isroil bilan shimol tomonga ketyapman, deb o‘ylasada, tun qorong‘usida o‘zining sharqqa qarab yurayotganligini sezmasdi. Kutilmaganda ular mavj urib yotgan qizil dengiz qarshisidan chiqib qoldilar.

- Yo Alloh, yo Parvardigor! Biz qaerdamiz o‘zi?!!

Bizlar dengiz oldidamiz, deya javob bo‘ldi.

Bani Isroil ortlariga burilib uzoqdan ko‘tarilgan qalin g‘uborni ko‘rdilar. Orqadan ufqni to‘sib Fir’avnning katta qo‘shini ta’qib qilib kelardi. Isroil farzandlari umidsizlikka tushib dod-faryod ko‘tarishdi. Ey Imronning o‘g‘li! Biz senga nima yomonlik qiluvdik? Fir’avn bizni xuddi sichqon bolasidek o‘ldirib tashlashi uchun dengiz qirg‘og‘iga olib keldingmi? Axir bu yerdan hech qayoqqa qochib ketib bo‘lmaydi-ku!? Nima uchun bizdan intiqom olyapsan? Senga biron yomon so‘z dedikmi? Shu paytgacha sen sababli ko‘rgan jabru sitamlarimiz kammidi? Endi shu yerga boshlab keldingmi? Oldinda pishqirgan dengiz, ortda esa quturgan dushmanlar. Bu kun biz aniq halok bo‘lamiz. Bani Isroil ko‘ziga dunyo qorong‘u bo‘ldi. Ko‘zlar dahshatdan dum-dumaloq bo‘lib qoldi. Ovozlar bo‘g‘ildi. Umidsizlik Isroil qavmini to‘la qamrab oldi. Bugun sarosimaga tushmagan odam qolmadi. Ha, hatto azim tog‘lar ham bu qo‘rquv qarshisida larzaga kelishi mumkin. Lekin Musoning Parvardigoriga bo‘lgan iymoni zarracha

susaymadi – larzaga kelmadi. Insonlar nubuvvat nuri yog‘ilib turgan so‘zni eshitdilar. «Yo‘q, aniqki men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta u meni (najot) yo‘liga boshlar». Alloh taolo Musoga asosi bilan dengizni urishga amr qildi. Muso Parvardigori amrini bajarib, asosini urdi. Shunda dengiz yorilib suv xuddi tog‘dek bo‘laklanib qoldi. O‘n ikki guruh uchun o‘n ikki yo‘l paydo bo‘ldi. Demak har-bir guruhga alohida yo‘l. Bani Isroil qavmi dengizdan eson-omon yeriga yetib oldi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

 

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzand Tahorat oladigan joy toza bo`lishi kerak. Bu xususda janob Payg`ambarimiz sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar.Tahorat ushatgan joyingizda tahorat olmangiz. Tahorat suvining har tomchisiga bir yillik namoz savobi beriladi,.U zot sallollohu alayhi vasallam yana bir давоми...

28248 14:03 / 30.10.2018
Ey birodarlarim Nima uchun mendan qochyapsizlar Nimadan qo`rqyapsizlar Menga sizlarning moldunyolaringiz kerak emas. Sizlardan hech narsa umidvor emasman. Sizlarga nasihat qilib, robbimning yuborgan narsasini sizlarga yetkazyapman. .Men sizlardan buning uchun haqso`ramasman. Mening ajrim faqatgina давоми...

1584 13:00 / 02.05.2021
Alloh taolo Bani Isroilni kitobsizhidoyatsiz qavmlar kabi adashibuloqib ketishni istamadi. Ularni kor tuyadek tentirab yuradigan ummatlardek bolib qolishdan asramoqni iroda etdi. Alloh taolo Muso alayhissalomga poklanib 30 kun roza tutishni, songra Tur togiga kelishni buyurdi. Alloh taolo Tur давоми...

1744 14:50 / 04.02.2023
Aziz bolajonlar, Payg`ambarimiz alayhissalomning naqadar bolajon bo`lganlarini bilasizmi Bu haqda sizga aytib berishganmi Keling, quyidagi hadisni birgalikda o`rganamiz. Shunda o`zimiz bilib olamiz Rasulimiz bolalarni qanchalar yaxshi ko`rganini.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat давоми...

3300 12:30 / 26.01.2019
Аудиолар

120715 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42284 14:35 / 11.08.2021