1445 йил 23 шаввол | 2024 йил 02 май, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Besh oyat alomati

09:00 / 07.08.2022 2392 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Alloh taolo ularga ketma-ket balolar yubora boshladi. Parvardigor ular ustiga suv balosini yubordi. Osmondan yomg‘ir quydi. Nil to‘lib toshdi. Osmondan yomg‘ir yog‘averdi, yog‘averdi, yog‘averdi. Ekin maydonlari va dalalarni suv bosdi. Don va mevalarga qattiq talofat yetdi. Aslida rahmat bo‘lgan yomg‘ir ularga balo bo‘lib kelgandi. Avvallari misrliklar qurg‘oqchilikdan shikoyat qilgan bo‘lsalar, endi suv toshqinidan nolir edilar. So‘ng ular ustiga chigirtkalarni yubordi. Mo‘r-malaxday bostirib kelayotgan to‘lqin hech narsani qoldirmay ekinlar va daraxtlarni yeb, yo‘lda davom etar edi. Fir’avn qo‘shinlari Alloh qo‘shini oldida ojiz qolishdi. Axir ular chigirtkalarga qarshi qanday ham jang qilsinlar?! Chigirtkaga nayza sanchib, ularga qarshi qilich ko‘tarish ham befoyda edi. Hozir yana bir bor barchaning ko‘z oldida Fir’avnning zaifligi, Homonning ojizligi va mirshablarining hiylasi ozligi ochiq ko‘rinib qoldi. Lekin Misr ahli hali ham bu balolardan ibrat olmasdilar. G‘aflat uyqusida tosh qotib yotar edilar. Alloh ular ustiga yana bir qo‘shin yubordi. Bu son-sanoqsiz bitlar lashkari edi. Misrning hamma yog‘ini bit bosib ketdi. To‘shaklarda, kiyimlarda bitlar g‘ujg‘on o‘ynardi. Sochlar, badanlar bitlar bilan to‘ldi. Fir’avn qavmi tun bo‘yi uxlamasdan qashlanib, tirnoqlari bilan tonggacha bit o‘ldirib, so‘kib chiqishar edi. Odatdagidek Fir’avnning behisob qo‘shini va mirshablari bu yerda ham faqat tomoshabin bo‘lishga yarardi. Qilichlar, nayzalar, o‘q-yoylar bilan bitlarga qarshi hech nima qilib bo‘lmasdi. Keyin, Misr ahli ustiga Alloh qurbaqani yog‘dirdi. Ovqatlar ichi qurbaqa, suvlar qurbaqa, kiyimlar qurbaqa... Yashashning halovati qolmadi. Ushbu qurbaqalardan zerikishdi. Odamlar uylarining qay burchagiga qaramasin, baqrayib turgan qurbaqani ko‘rardilar. Uylar qurbaqalarning qurillashiyu vaqillashiga to‘lib ketdi. U yoqdan bu yoqqa sakrar edi. Odamlar bitta qurbaqani o‘ldirsalar, o‘rniga yana o‘ntasi paydo bo‘lardi. Uydan bitta qurbaqa irg‘itilmasdan turib, yana beshtasi ko‘rinar edi. Go‘yoki ular uyda bolalayotgandek. Qo‘riqchilar ham mirshablar ham qurbaqalardan charchashdi... Alloh taolo (bu kofir qavmga ibrat bo‘lsin deb) beshinchi oyat-alomatni – qon balosini yubordi. Odamlar burunlaridan tinimsiz qon kelishi oqibatida juda holsizlanib, charchab qolishdi. Hech qanday dori-darmon qonni to‘xtata olmasdi. Tabiblar bu g‘alati dard oldida ojiz edilar. Kofir qavm har gal boshiga balo kelganida Muso alayhissalomga yolvorardilar;

- Parvardigoringga duo qil. Bizdan bu baloni ko‘tarsin! Endi tavba etib biz ham mo‘minlardan bo‘lamiz. Bani Isroilni sen bilan qo‘shib yuboramiz... Lekin, boshlaridan balo arigach, yana ahdlaridan qaytar edilar.

«(Ular) ustiga to‘fon (sel), chigirtka, bit, baqa va qon (balolarini) ochiq oyat-mo‘'jizalar qilib yubordik. (Lekin) ular kibr-havo qildilar va jinoyatchiosiy qavm bo‘ldilar. Qachonki ularning ustiga bu azob tushgach; «Ey Muso, senga bergan va'dasi haqqi-hurmati, Parvardigoringa duo qil. Qasamki, agar bizlardan shu azobni ko‘tarsang, albatta senga (Payg‘ambarliginga) iymon keltirurmiz va Bani Isroilni sen bilan birga (O‘z vatanlariga) jo‘naturmiz,» dedilar. Endi ulardan bu azobimizni (ular) yetib borguvchi bo‘lgan muddatgacha (ya’ni, Qiyomat kunigacha) ko‘targanimizda esa, banogoh (ichgan qasamlarini) buzib turibdilar».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
15Elchi Yusufning oldiga kelib, .podshoh seni chaqiryapti,, ndash dedi. Yusuf qamoqdan mana shu ahvolda chiqib ketishga rozi bo`lmadi.Odamlar .Bu Yusuf Bu hokimga xiyonat qilgani uchun kecha qamoqda edi. Albatta, Yusufning nafsi katta kekkaygandir. Albatta, Yusuf aqlli, давоми...

1526 16:40 / 19.05.2019
Qadrli bolajonlar, bir kechakunduzda bir necha marta ovqatlanganimiz kabi uyqu ham kundalik zaruriy odatlarimizdandir. Uyqu sababli hordiq chiqaramiz, ko`zlarimiz va boshqa barcha aaposzolarimiz tiniqib dam oladi. Keling, endi baaposzi uyqu odoblarini o`rganamizImkon qadar xufton namozidan keyin давоми...

5540 15:10 / 22.05.2019
12Nuh qavmi orasida turib .Albatta, men siz uchun ochiqoydin ogohlantiruvchiman,, deganida, ba`zi odamlar .Bu qachon payg`ambar bo`lib qoldi, dedilar.Kecha o`zimizdan bo`lgan bir kishi edi, bugun esa men sizlarga Allohning elchisiman, deydi.Nuhning do`stlari .Bu biz bilan yoshlikda birga o`ynar давоми...

3797 19:50 / 26.11.2019
Маълумки, 1 июнь куни Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куниrdquo сифатида нишонланади. Ушбу байрам кўпчилик давлатларда Халқаро болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш давоми...

3751 20:25 / 01.06.2020
Аудиолар

120726 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42292 14:35 / 11.08.2021