1445 йил 23 шаввол | 2024 йил 02 май, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Kishining pand-nasihati

17:02 / 06.06.2022 1898 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Mo‘min kishi qavmdoshlariga astoydil va do‘stona pand-nasihatlar qilardi.

«Iymon keltirgan kishi dedi: Ey qavmim! Sizlar menga ergashinglar, men sizlarni to‘g‘ri yo‘lga yetaklayman». To‘g‘ri yo‘ldagi kishi bildiki, qavmdoshlari hali dunyo hayoti bilan mast-alast yurishibdi.

Fir’avn molu davlati va kuch quvvati bilan mag‘rur, aldangan. Lekin bu hayot shirin hayollar olami va bu dunyo zavol topib, yo‘q bo‘luvchidir. Mana shu dunyo mastligi odamlarni Muso alayhissalomga ergashishdan to‘sib turganini u kishi bildi. Chunki ular dunyo mastligi bilan mast-alast edilar.

Zero, mast kishilarning hushi o‘zida bo‘lmaydi. Ular na eshitadilar va na his qiladilar. Mana shu sabab ular Musoning ovozini eshitishmadi.

Mo‘min qavmini mana shu g‘aflatdan uyg‘otishga qasd qildi: «Ey qavmim, bu hayoti dunyo faqat bir (arzimas) matodir. Albatta oxiratgina (mangu) qarorgoh bo‘lgan diyordir».

Johil odamlar mo‘min kishini kufr va shirkka chorladilar. Ota-bobolari dininga qaytishni maslahat berdilar. Ularga «Allohga qaytingiz!», deyilsa, ular «Ota-bobolarimiz dinini ushlaylik», deya javob berishdi.

Qavmdoshlari hadeb zalolatga chaqiravergach, mo‘min kishi dedi:

«Ey qavmim, nega men sizlarni najotga-jannatga chorlasam, sizlar meni do‘zaxga chaqirmoqdasizlar-a? Sizlar meni Allohga kofir bo‘lishga va (o‘zim iloh ekanligini) bilmaydigan narsalarni U zotga sherik qilishga chaqirmoqdasizlar. Men esa sizlarni qudratli, benihoya mag‘firatli zotga chaqirmoqdaman».

- Sizlarning olihalaringiz tarafidan biron bir payg‘ambar keldimi? Qaysi kitob nozil bo‘ldi? Kim unga da’vat qildi. Ular faqat sizlar hamda otalaringiz o‘zlaricha to‘qib olgan nomlar xolos. Alloh taolo hech qachon but-sanamlar haqida hujjat tushirmagan. Mana bu Ibrohim, Yusuf va mana bu Allohning nabiysi Muso... faqat Allohga davat etganlar. Zero, har bir narsa Alloh taloning borligiga dalolat qiladi. Borliqning hamma burchagidan yolg‘iz unga da’vat keladi.

«Shak-shubha yo‘qki, albatta sizlar meni (ibodat qilishga) chaqirayotgan butlaringiz (jonsiz narsalar bo‘lgani sababli) na dunyoda va na oxiratda (biron kimsani o‘zlariga ibodat qilish uchun) da’vat qila olmas».

Qavmining hidoyatga kelishidan butkul noumid bo‘lib, ularni beaqlliklaridan zerikkan mo‘min kishi ularni tark qildi. Va dediki:

«Hali (boshlaringizga azob tushganida albatta hozir) men sizlarga aytayotgan so‘zlarni eslaysizlar. Men o‘z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko‘rib turguvchidir».

Darg‘azab bo‘lgan Fir’avn malaylari mo‘minni o‘ldirishga qaror qildilar. Lekin Alloh taolo uni saqlab qoldi. Dushmanlarini esa halok qildi.

«Bas, Alloh u (iymon keltirgan kishi)ni ularning makr-hiylalaridan saqladi va Fir’avn xonadonini yomon azob o‘rab oldi».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
22Alloh xohlagan narsa sodir bo`lganidan keyin kofirlar g`arq bo`ldi, osmon suvini ushladi va suv singib ketdi. Kema Juvdiy tog`ida turib qoldi va Zolim qavmlar yo`qolsinrdquo, Hud surasi, 44oyat deyildi. Ey Nuh Salomatlik bilan kemadan tush, deyildi. Nuh va kema ahli tushishdi va quruqlikda давоми...

2605 15:02 / 02.02.2020
Nil daryosi sohillarida Firaposavnning ko`p qasrlari bor edi. Firaposavn qasrdan qasrga ko`chib, nil sohilidagi qasrlarida sayr qilar edi. Bir kun u oyoqlari tagida shovillayotgan daryoga tikilib o`tirardi. U bilan birga Misr malikasi ham bor edi.U podshoh bilan birga sayr qilib yursa, banogoh давоми...

2858 15:00 / 29.08.2021
Misr taxtiga Bani Isroilni haddan ziyod yomon ko`ruvchi Misr firaposavnlari yaaposni, podshohlari kelishdi. Misr taxtiga o`ta zolim bir kishi bo`lib, bani Isroilning payg`ambarlar avlodidan ekanini hamda ularning ulug` Misr shohi Yusuf alayhissalomga qondoshligini tan olmasdi. Hatto ularga rahmat давоми...

3748 16:00 / 25.07.2021
Aziz bolajonlar, Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sizning tengdoshlaringizga o`ta mehribon bo`lganlari haqida bilasizmi Bu haqda juda ko`plab hadislar rivoyat qilingan. Keling, ulardan biri bilan tanishamiz. Abdulloh ibn Ja`far roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.Nabiy sollallohu alayhi давоми...

7596 10:24 / 21.01.2019
Аудиолар

120764 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42330 14:35 / 11.08.2021