1445 йил 24 шаввол | 2024 йил 03 май, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Fir'avnning tahdidi

09:30 / 13.03.2022 2010 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Fir'avnning jinniligi qo‘zidi. Fir'avn joyida o‘tirolmay qoldi. Momoqaldiroq bo‘lib guldiradi, yashin bo‘lib chaqnadi. Bechora Fir'avn! Bugun u kutmagan narsalar bo‘ldi. U Musoni sehrgarlar bilan mag‘lub qilmoqchi edi. Sehrgarlar esa endi Musoning qo‘shiniga aylandi. Fir'avn sehrgarlarni xalqni Muso alayhissalomga

ergashishidan qaytarishlari uchun yiqqan edi. Vaholanki, Musoga birinchi bo‘lib shu sehrgarlar iymon keltirishdi.

Fir'avn otgan o‘qlar uning o‘ziga kelib tegdi... Fir'avn o‘zini jismlarga hukmron bo‘lgani kabi kishilarning aqliga ham, qalblariga ham tillariga ham hukmron deb bilardi. Uningcha, Misrda hech kim Fir'avn iznisiz hech narsaga e'tiqod qilmasligi va iymon keltirmasligi kerak edi. Shu bois u kibru-havosi va kuch-qudratiga ishongan holda dedi;

- «Men izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi? Fir'avn podshohlar o‘qlaridan birini otib: Shak-shubhasiz u sizlarga sehr o‘rgatgan kattangizdir».

Ularga ikkinchi o‘qni otib: «Shubhasiz bu (

ilmishingiz) ushbu shahardan uning aholisini chiqarish uchun qilgan makringizdir. Endi yaqinda bilursiz».

Va nihoyat Fir'avn o‘zining sadog‘idagi so‘nggi-uchinchi Kinona podshohlarining zaharli o‘qini otdi.

- «Albatta oyoq-qo‘llaringizni qarama-qarshisiga (o‘ng qo‘l, chap oyog‘ingizni) kesurman, so‘ngra barchangizni dorga osurman».

Mo‘minlar Fir'avn otgan zaharli o‘qlarni iymon va sabr qalqoni bilan to‘sdilar.

- «Ular dedilar; «Zarari yo‘q. Zero, bizlar Parvardigorimizga qaytuvchidirmiz. Albatta bizlar (Musoga birinchi iymon keltirgan kishilar bo‘lganimiz sababli) Parvardigorimiz xato-gunohlarimizni mag‘firat etishini umid qilurmiz».

Ular iymonlari bilan sobit turib qizg‘inlik ila dedilar:

«Bizlar esa xatolarimizni va sen bizlarni majbur qilgan sehrgarlikdan iborat (gunohimizni) mag‘firat qilishi uchun Parvardigorimizga iymon keltirdik. Alloh(ning savobi) yaxshiroq va (azobi) uzunroqdir». Hech shubha yo‘qki, kimda-kim Parvardigorining (huzuriga) jinoyatchi-kofir bo‘lgan holda kelsa, u holda albatta uning uchun Jahannam bor bo‘lib, (u kofir) u joyda na o‘la olur va na yashay olur. Kim U zotga yaxshi amallar qilgan mo‘min holida kelsa, bas, ana o‘sha (kishilar) uchun yuksak darajalar - ostidan daryolar oqadigan, ular abadiy qoladigan jannatlar bo‘lur. Bu (shirku-kufrdan) pok bo‘lgan kishilarning mukofotidir!».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Firaposavn Musoning ishiga qattiq ahamiyat berganidan halovati yo`qoldi, uyqusi o`chdi. Yeganichgani o`ziga tatimay qoldi. Saroy aaposyonlari Firaposavn g`azabini yana alangalatdilar .Ey Firaposavn, Muso va qavmining yerda buzg`unchilik qilib yurishiga hamda seni va xudolaringni tark etishiga давоми...

2706 14:00 / 20.03.2022
Odning yebichish, bekorchilik va o`yinkulgudan boshqa ishlari yo`q edi. Birbirlariga, baland qasrlar va keng uylarni qurishda maqtanishar edi. Ularning mollari suvda, loyda va toshlarda zoe bo`lib ketar edi. Biror bo`sh joy yoki baland yerni ko`rsalar, u yerga baland qasr qurardilar. Uylarni, xuddi давоми...

1881 15:00 / 26.12.2020
Rostgo`ylik nimaRostgo`ylik bu so`z yoki amalning haqiqatga to`g`ri kelishidir. Masalan, o`qituvchingiz sizdan .Uyga vazifani bajardingmi, ndash deb so`raganda siz .Ha,, ndash deysiz. Haqiqatda ham uyga vazifani bajargan bo`lsangiz, rostgo`ysiz, gapingiz haqiqatga to`g`ri keldi, bo`lmasa, давоми...

5743 11:00 / 21.06.2023
Nuh qavmi ketidan Od qavmi kelganidek, Od qavmiga Samud qavmi voris bo`ldi. Samud qavmi od qavmining izidan borar edi, xuddi od qavmi Nuh ummatining izidan borganidek.Samudning yerlari ham yashil ko`kalamzor, chiroyli edi. Ularda bo`stonlar, buloqlar, tagidan anhorlar oqadigan bog`lar bor edi. давоми...

5254 19:00 / 20.02.2021
Аудиолар

120780 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42345 14:35 / 11.08.2021