1445 йил 26 шаввол | 2024 йил 05 май, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Misrdan Madyanga safar

15:29 / 07.11.2021 1895 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Lekin Muso qaerga borsin! Axir Misrning barcha yeri Fir'avn mamlakati-ku? Fir'avn jallodlari hamma joylarda qarg‘a ko‘z va chumoli belgi bo‘lib, uni izlab izg‘ib yurishibdi! Alloh Musoga arab shahri Madyanga ketishni ilhom qildi. Chunki u yerga Fir'avnning qo‘li yetmasdi. Sahroda joylashgan bir qancha qishloqlardan iborat bu arab diyorida Misr madaniyatidek hashamatli saroylar, katta-katta bog‘lar yo‘q edi. Shunday bo‘lsa-da, Fir'avn zulmidan ozod Madyan baxtli hayot kechirardi. Baxtli edi, chunki hur o‘lka edi. U yer Fir'avn hukmi ostida emas edi.

Adolat va erkinlik hukm surgan qoloqlik naqadar yaxshi!

Xorlik va qullik bilan bo‘lgan madaniyat kimga ham kerak?

U yerda har-bir kimsa Fir'avnning bosqini va qahridan qo‘rqmaydi. Madyanda bolalar so‘yilmasdi! Muso «Orqamdan hech kim quvib kelmayaptimikan» degan xavotir bilan qo‘rqa-pisa Misrdan chiqib, Madyanni qasd qilgan holda yo‘lga tushdi. Lekin jallodlar uyquga ketgan edi. «Bismillah» deb Allohdan madadlar so‘rab Misrdan chiqib ketdi. Va qachonki Madyan (shahri) tomonga yuzlangach, dedi: «Shoyad Parvardigorim meni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilsa...».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Od qavmi bularning barchasini eshitdilaru, lekin iymon keltirmadilar. Hudning nasihati va hikmati ular ichida zoe bo`ldi.Ular .Ey Hud dalil va isboting yo`qku Axir, sening yangi so`zingni deb eski ilohlarimizni tark qilmaymizku Otalarimiz ibodat qilib kelgan ilohlarni, bitta so`z bilan tark давоми...

2821 15:00 / 06.02.2021
Aziz bolajonim Bobongiz, buvingiz, otaonangiz yoki boshqa kimdir sizni erkalasa, mahkam quchoqlasa, sayr qildirsa, o`ynatsa, yuzlaringizdan o`psa, chimchilasa, bilingki, ularning qalbiga Alloh mana shunday mehrmuhabbat joylagan. Sizni ko`rganda ichichidan quvonchga, zavqu shavqqa to`ladi.Mehr давоми...

5543 11:03 / 29.01.2019
Muso kelishilgan muddatni o`tab bo`lgach, ahli oilasi bilan Misr tomon yo`lga tushdi. Qizning otasi bilan xayrxo`shlashdilar. Chol ularni kuzatib Allohning barakoti ey bolam Safaringiz bexatar bo`lsin ey qizimQopqorong`u, sovuq bir kechada Muso ahli oilasi bilan yo`lga chiqdi. Sahroda milt etgan давоми...

1998 16:16 / 12.12.2021
Hud qavmiga nasihat qilib, ularni hikmat va muloyimlik bilan daaposvat qilishda davom etdi.Hud .Ey qavm Men sizlarni akangiz va kechagi do`stingizman. Meni tanimayapsizlarmi Ey birodarlarim Nimaga mendan qo`rqib, qochib, uzoqlashyapsizlar Men sizlarni molingizdan biror narsa nuqsonga давоми...

1792 15:00 / 23.01.2021
Аудиолар

120908 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42474 14:35 / 11.08.2021