1445 йил 6 зулқаъда | 2024 йил 14 май, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Yer xazinalarining ustida

11:40 / 26.05.2019 1571 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

16 

Yusuf bilardiki, odamlarda omonatdorlik oz edi.

Yusuf bilardiki, odamlarda xiyonat ko‘p edi.

Yusuf ko‘rardiki, odamlar Allohning mollariga xiyonat qilardilar.

Yusuf ko‘rardiki, albatta yerda xazinalar ko‘p, lekin ular zoe qilingan edi. Albatta ular zoe qilingan, chunki amirlar Allohdan qo‘rqmas edilar. Ularning itlari ovqat yer edi, ammo odamlar yeyishga narsa topa olmas edi.

Ularning uylari bezatilar edi, lekin odamlar kiyishga kiyim topa olmas edi.

Yerning xazinalari odamlarga foyda bermas edi, faqat ularni bilib, saqlab (g‘amlab), muhofaza qiluvchilar bilan foyda olar edi.

Kim muhofaza qila olsa-yu yer xazinalari qayerdaligini bilmasa, ulardan qanday foydalansin?

Kimdir (xazinani) bilsa-yu, uni muhofaza qila olmasa, uni yeb, xiyonat qilar edi.

Yusuf bilib, muhofaza qiluvchilardan edi.

Yusuf odamlarning molini yeydigan podshohlarning (ishlariga) ko‘z yumib ketishni xohlamas edi.

Yusuf odamlarning ochlikdan o‘lishlarini ko‘rishga toqat qila olmas edi.

Yusuf haqdan uyalmas edi. U podshohga: «Meni yerning xazinalari ustiga qo‘y. Albatta, men muhofaza qiluvchi va biluvchiman», dedi.

Shunday qilib Yusuf Misr xazinalarining (ishonchli) odami bo‘ldi. Odamlar bundan juda rohatlanib, Allohga hamd aytdilar.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandTo`y va shunga o`xshash ko`ngilxushlik joylariga borilganda oshkor gunoh qilayotganlar guruhiga qo`shilib, ular bilan birga gunoh orttirmaslik, borarbormas oldingi safda ko`rinishga harakat qilmaslik ma`qul.Jamoat holida bo`lgan yig`inlarda xizmatdan qochmaslik, atrofdagi yebichiladigan давоми...

5021 18:40 / 03.02.2019
4Lekin shayton insonlarni miyalariga kiradigan eshikni topdi. Kishilar Allohdan qo`rqardilar va Allohga kechayu, kunduz ibodat qilardilar, uni ko`p zikr qilardilar. Ular Allohni yaxshi ko`rardilar, Alloh ham ularni yaxshi ko`rar va duolarini qabul qilar edi. Insonlar ham ularni yaxshi ko`rar va давоми...

4986 17:45 / 25.09.2019
14 Podshoh bu tushning ta`biri va tadbirini eshitgach, juda shod bo`ldi va .Bu ta`birning egasi kim uni kim aytdi Bizga nasihat qilib, tadbir qilishga yo`llab qo`ygan kishi kim,, degan edi, suv tashuvchi soqiy .Bu rostgo`y Yusufdir. U menga podshohga suv tashuvchi bo`lishimni ham давоми...

1751 14:29 / 15.05.2019
Odning yebichish, bekorchilik va o`yinkulgudan boshqa ishlari yo`q edi. Birbirlariga, baland qasrlar va keng uylarni qurishda maqtanishar edi. Ularning mollari suvda, loyda va toshlarda zoe bo`lib ketar edi. Biror bo`sh joy yoki baland yerni ko`rsalar, u yerga baland qasr qurardilar. Uylarni, xuddi давоми...

1890 15:00 / 26.12.2020
Аудиолар

121340 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42848 14:35 / 11.08.2021