1445 йил 25 зулқаъда | 2024 йил 02 июнь, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Misr fir'avni

16:00 / 25.07.2021 3889 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Misr taxtiga Bani Isroilni haddan ziyod yomon ko‘ruvchi Misr fir'avnlari ya'ni, podshohlari kelishdi. Misr taxtiga o‘ta zolim bir kishi bo‘lib, bani Isroilning payg‘ambarlar avlodidan ekanini hamda ularning ulug‘ Misr shohi Yusuf alayhissalomga qondoshligini tan olmasdi. Hatto ularga rahmat va insofga haqli bashar sifatida qaramas edi. Misrning taxtiga juda ham zolim bo‘lgan bir podshoh keldi. Fir'avn o‘z qavmi qibtiylar bilan Bani Isroil orasida katta farq ko‘rardi. Uningcha, qibtiylar – shohlar avlodi va hukmronlik qilish uchun yaratilganlar. Bani Isroil esa qullar bo‘lib, ular faqat xizmatkor bo‘lmoqlari kerak. Fir'avn Bani Isroilga eshak va hayvonlar sifatida qaradi. Inson u hayvonlarni faqat ishlatadi (yiqilib qolmasliklari uchun) ozgina narsa berganidek. Fir'avn o‘zini hammadan yuqori qo‘yadigan mutakabbir shoh edi. Alloh taologa iymon keltirmagan bu zolim: «Men sizlarning eng Oliy Parvardigoringizman» derdi. O‘zining mol-davlati, qasrlari va kuch-qudrati bilan mag‘rurlanib: «Misr mulki va (oyoqlarim) tagidan oquvchi mana bu daryolar meniki emasmi?! Ko‘rmaysizlarmi?!», der edi. U Bobil shohi Namrudga o‘rinbosar bo‘la olardi. Agar kimdir undan o‘zgani oliy sanaydigan bo‘lsa, darg‘azab bo‘lardi. Fir'avn odamlarni o‘ziga ibodat qildirdi. Xalq Fir'avn qarshisiga tiz cho‘kib, sajdalar etardi. Lekin Bani Isroil Allohga va Uning rasullariga mo‘min bo‘lganliklari bois, Fir'avnga sajda qilishdan bosh tortishdi. Fir'avnning g‘azabi Yaqub avlodi ya'ni, Bani Isro ustidan kuchaydi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Хусейн Муҳаммад Тоҳир туғма кўзи ожиз бўлиб туғилган. 5 ёшида унинг отаси болага ҳафтада етти кун кун бўйи Қуръон ўқиладиган тўлқинга мосланган радио ҳадя этган давоми...

2182 19:08 / 13.06.2020
Ey, farzandPayg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.Kim bir mo`min birodarini Alloh roziligi uchun ziyorat etib, qo`l ushlashib uch bora silkitib ko`rishsa, kuzgi daraxt barglari to`kilgandek, har ikkovining gunohlari to`kiladi,.Yana bir hadisi shariflarida Rasululloh sollallohu давоми...

4150 15:03 / 05.11.2018
Bani Isroil Misrda ancha vaqt mushriklar bilan birga yashagan edi. Qibtiylar Misrda juda kop narsaga siginishlarini Bani Isroil oz kozlari bilan korardilar. Shu bois Isroil farzandlari astasekin shirkdan nafratlanmay qoydilar. Xuddi eski uy devorlaridan suv sizib kirganidek ular qalbiga ham shirk давоми...

1324 19:00 / 10.12.2022
Lekin Samud qavmi haddan oshdi, kibrga ketdi. Ular .Nega endi mollarimiz har kuni sug`orilmas ekan, deb tuyaga qo`pol munosabatda bo`la boshladilar. Solih alayhissalom Alloh taolo mo`jizasi bo`lmish tuyaga nisbatan yumshoq muomalada bo`lishni eslatsalarda, qavm sira quloq solmasdi. Kim shu tuyani давоми...

2778 15:40 / 06.06.2021
Аудиолар

122300 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

43645 14:35 / 11.08.2021